16-gruppacha elementlari va ularning birikmalari
Reja:
1.Elementlar atomlari xossalarining umumiy tavsifi va elektron formulalari 2.Kislorod va uning olinishi
3.Kislorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari
16- guruh elementlariga kislorod (O), oltingugurt (S), selen (Se), tellur (Te) va poloniylar (Po) kiradi. Bu gruppaga xalkogenlar nomini berishgan "xalkogen" atamasi grekcha "chalkos"-mis va "genos"- tug’ilgan ), ya’ni "mis rudalaridan paydo bo’lgan", ya’ni tabiatda ular asosan mis birikamalari holida uchraydi (sulfidlar, oksidlar, selenidlar va h.k.). Xalkogenlarning elektron konfigurasiyalari ns2np4 bo’lib ularda ikkita bog’lanmagan p-elektronlar bo’ladi. Ular juft elementlarga kiradi. Xossalari 1-jadvalda ko’rsatilgan. Kisloroddan poloniyga tomon atomlarining o’lchamlari va koordinatsion sonlari oshadi ionlanish enerrgiyasi (E ion) va elektromanfiyligi (EO) kamayadi. Kislorod elektromanfiyligi jihatidan ftordan keyin turadi. Oltigugurt, selen va tellurlar kislorod va galogenlar bilan birikkanda +6, +4 va +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ko’pchilik qolgan elementlar bilan xalkogenidlar hosil qiladi va -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikmalarda +4, +2 tellurdan poloniyga tomon barqarorligi oshib boradi (M, PoCl4, PoCl2, PoO2). Bunga sabab 6s2 elektronlarning yadro bilan relativ effekt hisobiga tortilishining barqaror bo’lishidir. Buning ma’nosi shundan iboratki, yadro zaryadi (Z>60) yuqori bo’lgan elementlarda elektronlarning harakat tezligi va o’z navbatida massasi oshadi. Elektronlarning "og’irlashishi" radiusning kamayishiga va 6s elektronlarning yadro bilan bog’lanish energiyasining oshishiga olib keladi. Bu asosan V guruh elementlarida vismutda yorqin namoyon bo’ladi. Kislorodning xossalari qolganlaridan farq qiladi. Undagi E-E bog’lanish mustahkamligi oltingugurtdan kam. M-O bog’ ionli M-S va M-Se ga nisbatan kislorodning radiusi kichik bo’lganligi uchun barqaror -bog’ (r - r ) hosil qiladi, ozonda boshqa kislorod atomi bilan, uglerod, azot, fosforlar bilan kisloroddan oltingugurtga o’tganda ulardagi elektronlarning itarilishi kamayishi hisobiga yakka - bog’ hosil bo’lish barqarorligi ortadi, bunga sabab elektronlar orasidagi itarilish kamayaishidir, - bog’ barqaroroligi esa kamayadi chunki radiuslar oshishi hisobiga p-atom orbitallarining qoplanishlari kamayadi. Shundy qilib kislorodga qo’sh boglar ( + ) xarakterli bo’lsa, uning analoglari yakka zanjirli bog’lar hosil bo’lish xarakterlidir - E- E- E. Shunday qilib manfiy oksidlanish darajalarida oltigugurtdan tellurga qaytaruvchilik xossalari oshadi, musbat oksidlanish darajalari bo’lsa oksidlovchilik xossalari oshib boradi. Xalkogenlarning tipik metallmaslikdan metallikka o’tishi ionlashish energiyasining kamayishiga va tuzulishining o’ziga xosligiga bog’liq. Kislorod va oltingugurt tipik dielektrik-tok o’tkazmaydi, Selen va tellur yarim o’tkazgich poloniy esa metall bo’lib hisoblanadi. Xalkogenlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning o’zlari boshqa atomlari bilan doira yoki zanjir hosil qilib birikishidir. Bu hodisa katenasiy deb ataladi. Buning sababi yakka va qo’sh bog’larning har xil barqarorlikga ega ekanligidir. Buni oltingugurt misolida ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |