16-gruppacha elementlari va ularning birikmalari Reja: Elementlar atomlari xossalarining umumiy tavsifi va elektron formulalari Kislorod va uning olinishi


Suvning ahamiyati va ishlatilishi



Download 0,67 Mb.
bet14/15
Sana09.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#764755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
16 gruppacha elementlari va ularning (1)

Suvning ahamiyati va ishlatilishi
O’simliklar dunyosining va hayvonat olamining hayoti uchun suvning ahamiyati beqiyos kattadir. Suv bor yerda hayot bor. Hosilning otasi quyosh bo’lsa, onasi suvdir deb bejiz aytishmaganlar ota-bobolarimiz.
Tabiatda sodir bo’ladigan aksariyat hamma jarayonlarda suv ishtirok etadi. Odam tanasining ≈65 % i suvdir, sabzavot va polizlarda 90-95% gacha suv bo’ladi (bodringda 97 % suv bo’ladi).
Tirik organizmlardagi barcha biokimyoviy jarayonlar suv ishtirokida va suv muhitida boradi. Suv nafaqat insonlar uchun, balki kimyo sanoatida ham, qishloq xo’jaligida ham, xalq xo’jaligining barcha sohalarida eng muhim xom-ashyodir. Sanoatda olinadigan barcha moddalar va qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlar uchun suvning roli juda muhimdir. Bu jarayonlar uchun juda katta miqdordagi suv sarf bo’ladi. Ichimlik (chuchuk) suv muammosi, ya’ni insonlarni chuchuk suv bilan ta’minlash insonlar hayotidagi eng hayotiy zaruryat bo’lib kelgan.
Tabiatda chuchuk suv zahirasi ≈1% ga to’g’ri keladi. Chuchuk suvni isrof qilmay sarflash va kerakli joyga ishlatish har bir insonning asosiy vazifasidir.
Vodorod peroksid -
Vodorod peroksidi rangsiz qiyomsimon suyuqlik 0,48 C da qotadi. U beqaror birikma bo’lib, portlash bilan suv va O2 ga parchalanadi.

Vodorod peroksid molekulasida peroksid gruppa -O-O- bo’ladi va elementlarning oksidlanish darajalari
H2O2-molekulasi chiziqli emas, O-H bog’lari simmetrik emas, ikkita tekislikda 1200 burchak ostida, suvga nisbatan dipol momenti katta.
-O-O-peroksid gruppadagi -bog’ O-H bog’ga nisbatan uch marta kuchsizroq. Suyuq va qattiq vodorod peroksid hamda uning suvdagi eritmasi barqaror vodorod bog’lanish bilan xarakterlanadi. Vodorod bog’lanish H2O2 molekulalarini assosiasiyalanishiga olib kelganligi uchun, vodorod peroksid yopishqoq och-havo rang suyuqlik, hidsiz. Suvga nisbatan 1,5 marta og’ir, uning qaynash temperaturasi yuqori, sirt tarangligi katta.
Bariy peroksidga sulfat kislota ta’sir ettirib (laboratoriya usuli):
BaO2 + H2SO4 = BaSO4 +H2O2
O’rtacha konsentrasiyadagi sulfat kislota eritmasini yoki uning tuzini yuqori tok zichligida va keyinchalik hosil bo’lgan dipersulfat kislotasini gidroliz qilib olish (eski sanoat usuli): Bunda ko’p issiqliq chiqadi. ni 30% li suvdagi eritmasi pergidrol deyiladi. ni katalizator ta’sirida tez parchalash mumkin. Hatto ni suvdagi eritmasiga ozgina tashlanganda ham parchalanadi. Sanoatda elektrokimyoviy usulda olinadi. Masalan; eritmasini anodli oksidlash bilan so’ngra hosil bo’lgan persulfat kislota ( ) ni gidrolizlab olinadi.
;



Peroksidini struktura formulasi H–O–O– H dir. Peroksidda kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga teng.
Yuqori konsentrasiyadagi (85-90%) vodorod peroksid kuchli portlovchi. Sotuvga chiqariladigan vodorod peroksid konsentrasiyasi 30% li bo’ladi, unga pergidrol deyiladi yoki uning 3 % li eritmasi bo’ladi. Bular ancha barqaror. Yorug’likda, katalizatorlar ishtirokida (chang, MnO2, Pt, katalaza fermenti, K2Cr2O7, Fe2O3, Cr2O3…….) vodorod peroksid oson parchalanadi.
2H2O2 2H2O + O2
Kislotali muhitda uning oksidlovchilik xossasi kuchli nomoyon bo’ladi:
H2O2 + 2H+ + 2e- = 2H2O;
Ammo kuchli oksidlovchilar ishtirokida qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi:
H2O2 -2e- = O2+ 2H+
Masalan: 2KMnO4 + 5H2O2 + 3H2SO4 = K2SO4 + 2MnSO4 + 5O2 + 8H2O
Suvli eritmada vodorod peroksid juda kuchsiz ikki negizli kislota xossasini namoyon qiladi:
H2O2 ↔ H+ + HO ,
HO ↔ H+ + O
Ikkinchi bosqichdagi dissosiasiyasi deyarli bormaydi. Vodorod peroksidi ishqorlar bilan ta’sirlashib tuzlar – peroksidlar hosil qiladi.
Ba(OH)2 + H2O2 = BaO2 + 2H2O
BaO2 va Na2O2 peroksidlari quyidagicha tuzilishga ega:
O-Ba-O Na – O – O - Na
Vodorod peroksidning sof holda yoki uning konsentrlangan eritmasi bilan ishlanganda juda ehtiyot bo’lish zarur, aks holda teriga tegsa kuchli kuyadi va oq dog’lar paydo bo’ladi (ancha vaqtdan keyin yo’qoladi). U asosan oqartiruvchi vosita sifatida (soch, paxta, qog’oz), dezinfiksiyalovchi sifatida, raketa yonilg’ilarida oksidlovchi, organik va anorganik peroksobirikmalar olishda xom ashyodir.
molekulasida vodorod va kislorod orasidagi bog’ qutblidir. (elektron juftlari kislorodga tomon siljigan bo’ladi).
Vodorod peroksid ham oksidlovchi ham qaytaruvchidir. Oksidlovchi sifatida masalan va KJ ni oksidlanish reaksiyasini ko’rsatish mumkin.

Qaytaruvchi sifatida esa quyidagi reaksiyalarni ko’rsatish mumkin.


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish