Suvning holat diagrammasi
AC -egri chizig’i suyuq suv bosimiga muvofiq keladi;
AB -egri chiziq muz bosimi;
AD- muzning suyuqlanish temperaturasini bosimga boqliqligini ko’rsatadi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, diagrammaning hamma yuzasi uch qismga bo’lingan, ularning har bir qismi suvning ma’lum bir barqaror agregat holatiga to’g’ri keladi. Bu diagramma uch fazali sistema: muz-suv-bug’ holatini bildiradi. Bu sohalarni bo’luvchi chiziqlar qaysi temperatura va bosimda ikkita barqaror faza sharoitlarini ko’rsatadi.
AC chizig’i ….. suv bug’ muvozanatini;
AB chizig’i……muz suv muvozanatini;
ADchizig’i……muz -suv’ muvozanatini ifodalaydi.
Hamma uchta chiziq A nuqtada kesishadi. Ushbu nuqtaga mos keladigan temperatura (+0,010C) va bosim (4,6 mm.sim.ust.) da suvning uchta fazasi ham (muz, suv, bug’) muvofiq keladi. Shu sababli bu nuqtaga uchlamchi nuqta deyiladi. Holat diagrammasidagi uchlamchi nuqta ayni moddaning odatdagi bosimda agregat holatlarning o’zgarish yo’lini bildiradi. Agar bu nuqta 760 mm.sim.ust. dan pastda tursa, qattiq modda qizdirilganda avval suyuqlik holiga o’tadi keyin esa gaz (bug’) holiga o’tadi. Aksincha, bu nuqta 760 mm.sim.ust.dan yuqori tursa qattiq modda qizdirilganda birdaniga gaz (bug’) holiga o’tadi (sublimasiyalanadi). Sublimasiyalanadigan moddani suyuqlik holiga o’tkazish uchun qizdirishni ancha yuqori bosim ostida olib borilishi lozim. Suvning holat diagrammasiga o’xshash diagrammani har qanday modda uchun olish mumkin va undan moddaning agregat holatlarini aniqlash qulay.
Suvning kimyoviy xossalari
Suv kimyoviy faol modda, ko’pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishib vodorod ajraladi:
2Na + 2H2O = H2 + 2NaOH (shiddatli)
2K + 2H2O = H2 + 2KOH (shiddatli)
Ba +2H2O=Ba(OH)2+H2↑
Har ikkala holda ham shiddatli reaksiya boradi, ajralgan vodorodni quruq probirkaga yig’ib sinab quriladi. Eritmaga bir necha tomchi fenolftalein tomizilsa binafsha rangga kiradi. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari suv bilan ta’sirlashganda tegishli ishqorlar hosil bo’ladi.
Suv ayrim metallar bilan bir muncha yuqoriroq temperaturada reaksiyaga kirishadi.
Mg + 2H2O Mg(OH)2 +H2↑
Demak, suv aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralib chiqadi va asos hosil bo’ladi. Asoslarning hosil bo’lishi aktiv metallar suv bilan reaksiyaga kirishganda dastlab hosil bo’ladigan metall oksidlari suvda eruvchan bo’lsa, keyingi bosqichda asos hosil bo’ladi.
Masalan, I. Ca + H2O = CaO + H2↑
II. CaO + H2O = Ca(OH)2
Umumiy reaksiyasi: Ca + 2H2O = Ca(OH)2 +H2↑
Agar birinchi bosqichda hosil bo’ladigan oksid suvda erimaydigan bo’lsa, vodorod va tegishli metall oksidi hosil bo’ladi.
3Fe + 4H2O Fe3O4 (FeO . Fe2O3) +4 H2↑
Bu reaksiya kimyoda “temir-bug’” usuli nomi bilan ma’lum bo’lib sanoatda vodorod olish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |