Reja:
2.Izotoplar
3.OʻzME
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi (boshqa nomlari: Davriy jadval, Mendeleyev davriy sistemasi) — kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, elektron konfiguratsiyasi va davriytakrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda s-blok, oʻngda p-blok, oʻrtada d-blok va pastda f-bloklarga boʻlinishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval taʼrifiga binoan u davriy qonunga koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval kimyoda keng qoʻllanilib, muhim asos boʻlib xizmat qiladi
Izotoplar (izo... va yun. topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlari teng , atom massasilari har xil boʻlgan atom turlari. I.ning atom yadrosidagi protonlar soni teng , ney-tronlar soni esa har xil (atom qobi-gʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning I. i yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, atom massasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning I.i kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Mas, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar I.dan farq qilib izobara-l a r , yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, atom massasi 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir su v olinadi.
Deyteriy yadrosiga bitta neytron qoʻshilsa, oʻta ogʻir vodorod — tritiy, uning kislorod bilan reaksiyasi natijasida suv hosil boʻladi. Deyteriy va tritiy vodorodning ogir I.i, ulardan hosil boʻlgan suvlar kimyoviy xossalari jihatdan oddiy suvdan farq, qilmasada, fizik xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Tabiatdagi kupchilik kimyoviy elementlar aralash I.dan iborat, deyarli hamma elementlarda I. mavjud. Mas, simob 7 ta, qalay 10 ta, uran esa 3 ta izotopga ega. Hozirgacha 280 ga yaqin barqaror va 2000 dan ortiq radioaktiv I. maʼlum. Sunʼiy I.dan tinchlik va harbiy maqsadlarda yonilgʻi sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |