MAVZU: «QUSh VA JONZOTLARGA GʻAMXOʻRLIK».
Taʼlimiy maqsad:
Bolalarni gramatik jixatdan, soʻz boyliklarini oshirish, tovush madaniyatini toʻgʻri shakllantirish, muloqotda oʻz nutqini toʻgʻri foydalana olish kunikmasini mustaxkamlash. Qush va jonizotlarni bolasi xaqida tasavvurlarni kengaytirish.
In palopon, uchib keluvchi, uchub ketuvchi, qishlovchi qushlar, mayna, chumchuq, qaldirgʻoch, qizil kitobga kiritilgan, kaklik, bedana, laylak, turna kabi qushlar nomini bolalar lugʻatiga kiritish.
Tarbiyaviy maqsad:
Bolalarni tabiat xaqidagi bilimlarni aniqlab undagi har bir jonzotga mexr–muxabbat ruxida tarbiyalash. Ularga ozor yetkazish yomon odat ekani xaqida tasavvurlarni mustaxkamlash.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Nutqini gramatik jixatdan shakllantiish. Bolalar idrokini mustaxkamlash qush va jonzotlar xaqida tasavvurini mustaxkamlash.
Kerakli jixozlar:
AKT sanoq, choʻpi, maxsus tayor xamir, somon, boʻsh qopqoqli shaffof idish plastilin, gul qogʻoz qush va uning bolasi tasvirlangan suratlar oq mato, salfetka uy xayvonlarining surati, AKT.
Mashgʻulotning borishi:
Kirish qismi: 3–5 daqiqa.
Bolalar yarim doira shaklida turishadilar.
Tarbiyachi:
Salom bilan boshlanar
Bilsang odob va axloq.
Salom bilan begona
Bilar tezda doʻst inoq.
Qani bolajonlar salomlashib olamiz. Kim aytadi xozir oʻlkamizda qaysi fasl xukum surmoqda.
Bolalar:
Qish fasli.
Tarbiyachi:
Hafta kunlari, bir yilda nechta fasl va oy mavjudligi xaqida savol–javob oʻtkazildi. Keling bolajonlar xozir siz bilan bir birimizga koptokni uzatishimiz orqali uy xayvonlarini eslab oʻtamiz.
Mana bolajonla uy xayvonlarini ham eslab oldik.
Bolalar uy xayvonlariga atab sheʼr aytishadi. Savol–javob qilishadi.
Asosiy qism:10–12 minut.
Tarbiyachi:
Bolajonlar bugun faoliyatimiz davomida biz siz bilan «Qushlar va jonivorlar» mavzusida suhbatlashamiz.
Ekranda slayd orqali maxaliy xududda yashovchi qushlar va uy hayvonlari vedeo rolik qoʻyib koʻrsatiladi.
«Qaldirgʻoch» - ular chumchuqlar turkumiga kiradi. Biz yashab turgan oʻlkadi koʻproq uchraydi. Qaldirgʻoch inini yarim doira shaklida quradi. Inini loydan xas–chuplardan mustaxkam qilib quradi. Qaldirgʻoch bolalarini palopon deb ataymiz.
«Musicha» - kartarsimonlar oilasiga mansub boʻlib, biozor qush. Musicha oʻziga har xil joylarga xas choʻplardan in quradi.
«Mayna» - chumchuqsimonlar tarkumiga mansub qush, u ham doimiy qishlab qoluvchi qushlardan xisoblanadi. Bolalarni ogʻizlari bilan oziqlantiradi.
«Kaklik va bedana» - togʻ zonalariga uchraydigan sayroqi qush xisoblanadi. Qaldirgʻoch, turna, laylak kabi qushlar oʻlkamizda erta bahordan uchib kelib avgust oylarining oxriga kelib uchib ketadila. Bizning oʻlkamizda doimiy yashab qoluvchi qushlarga esa mayna, chumchuq, musichalar kiradi. Qushlar biz uchun juda foydali ular asosan zararli xashoratlarni terib yeb ona tabiatimizga foyda keltiradigan. Shuning uchun ham biz «Qushlar bizning doʻstimiz» deb ataymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |