Tadbir bo’ladigan joy mustaqillik sharofati bilan qo’lga kiritilgan yurtimiz tasvirlangan suratlar bilan bezatilgan. “Mahalla”, “Nuroniy” jamg’armalaridan vakillar, faxriy ustozlar taklif qilingan.
Mayin kuy sadolari ostida sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.
1-boshlovchi: - Assalomu-alaykum, qadrli mehmonlar, munis onalar va aziz otalar, muhtaram ustozlar, tengdoshlar!
2-boshlovchi: - Tilimda, dilimda eng ezgu kalom,
Azizlar sizlarga salom, assalom.
1-boshlovchi: -Hurmatli mehmonlar, bugungi “Xotira – aziz, qadr-muqaddas” nomli tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
2-boshlovchi: - Istiqlol tufayli ko’pgina an’ana va urf-odatlarimiz tiklandi, o’tmishda millat ozodligi, xalq farovonligi yo’lida jonbozlik ko’rsatgan ajdodlarimiz nomi abadiyatga muhirlandi.
Shamol tegib ko’krakka,
O’zimizni tanidik.
Malham bo’lgan yurakka
So’zimizni tanidik.
1-boshlovchi: -1999-yil 3-martdagi O’zbrkiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 9-may “Xotira va qadrlsh kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
-Xalq orasida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qarisi bor uyda Baraka bo’ladi” degan ibratomiz gaplar ham o’tmishi buyuk ajdodlarmizning boy ma’naviy merosi bilan g’ururlanishi mumkin bo’lgan millat ekanligimizdan dalolat beradi.
- O’tganlar ruhini yod olish, tiriklarga mehr-oqibat ko’rsatish kabi qadryatlar har bir insonning burchi va vazifasi sanaladi.
2-boshlovchi: -Xotira va qadrlashdek ulug’ kun haqida gap borar ekan, avvalo, xotira nima ekanligini tushunib olishimiz kerak. Bunda Yurtboshimizning so’zlari diqqatga sazovor: “Xotira bu-foniy dunyodan o’tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog’ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirish”dir.
1-boshlovchi: -Ha, xotira bugungi tinch va baxtiyor kunimiz uchun jonini fido etgan bobolarimizning nomini yodga olish, qadr esa yonimizdagi mo’ysafid otaxon-u onaxonlarimizni e’zozlab, qadriga yetish desak mubolag’a bo’lmaydi.
( Musiqa yangraydi, sahnaga bob ova nabira chiqib keladi ).
-Bobojan qayerga ketayapsiz, axir bugun dam olish kuni -ku?
- Bolam, sen bilan bir yerga borishimiz kerak. Ko’nglimni yozib, olis xotiralarimni yodga olmoqchiman. Borasanmi, bolajonim?
-Boraman, bobojon boraman. Faqat qayergaligini ayting.
-Xotira maydoniga, o’g’lim.
-Mayli bobojon, yuring.
Ular “Motamsaro ona” haykali qarshisiga kelishadi.
-Bobojon, bu kimning haykali?
-Bu – farzandni urishga jo’natgan va uning kelishini intizorlik bilan kutayotgan ona haykali, bolam. Maskur yodgorlik yurt tinchligi yo’lida jonini fido qilgan mard o’g’lonlar va ularni kutib yashagan mushtipar onalar xotirasini abadiyatga muhirlash maqsqdida qurilgan.
-Bobojon odamlar motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo’yishyapti, men ham qo’ysam maylimi?
Mayli bolam, mayli.
Qo’llarida gul ko’targan bolalar chiqib, yodgorlik atrofida tizilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |