MAVZU: XONA OʻSIMLIKLARINI YuVISh
Maqsad: Qizlarimizga oʻsimliklarni parvarish qilishni oʻrgatish, oʻsimliklarniyuvish qoidalarini tushintirish ona tabiatga mehr uygʻotish.
Kerakli jixozlar: oʻsimliklar, xona gullari, chelak, suv, salfetka.
Bolalarga mehnatsevarlikni, xona oʻsimliklarini parvarish qilishni avaylashni urgatish, ularni tabiatga nisbatan mehr muxabbat ruhida tarbiyalash. Boalalarning xona oʻsimliklari haqidagi bilimlarini takomillashtirish. Nam sochiq bilan oʻsimliklarning barglarini ehtiyotkorlik bilan avaylab artishga oʻrgatish. Bolalarning oʻsimliklarga bulgan qiziqishlari va ularni parvarishlashga, oʻstirishga bulgan ishtiyoqlarini rivojlantirish. Xona oʻsimliklarini oʻstirish, parvarish qilish va ularni yuvishda qizlarga nam sochiqlardan, turli xil vositalardan foydalanish mumkinligini aytib bundan tashqari ularni tabiiy usullar bilan yuvishni aytib va bu xaqida qizlarga batafsil tushuncha berdim. Bu tabiiy usul tabiat xodisasi bulgan yomgʻirdan ham foydalanish mumkinligini aytib utdim. Buning uchun yomgʻir yogʻayotganda xar bir xona oʻsimliklari shu jumladan xona gullarini ham yomgʻirga quyib yuvishni takidlab utdim. Xona oʻsimliklarini yuvishni va parvarishlashni amaliyotda ham sinab kurdik. Qizlar guldondagi gullarni nam sochiqlar bilan artishdi.
MAVZU:KOʻChADA YuRISh ODOBI
Buvijon : Qizlarim agar biror yumush yuzasida uydan koʻchaga chiqayotganda Allox nomi bilan Alloxga tavakkal qildim . Undan boshqa kuch – qudrat yoʻq deb chiqilsa uyga qaytguncha balo ofatlardan omonda boʻlinadi .
Sabrina : Buvijon koʻchaga kamtarona, tezlashmay yoki sustlashmay ohsita toʻgʻri yurish musulmon odobidir toʻgʻrimi buvijon
Buvijon: Barakalla qizim toʻppa toʻgʻri aytding
Jasmina : Buvijon men ham koʻchaga yurish qoidalaridan birini bilaman . Koʻchaga u yoq-bu-yoqqa anqayib alanglab, taom yeb, pista chaqib yalangoyoq yurish, tuflash burun qoqish, iflos joylarni bosish odobimizga toʻgʻri kelmaydi.
Buvijon: juda ham toʻgʻi qizim.
Dilfuza . Buvijon men ham kucha odobi haqida gapirsam boʻladimi.
Bivijon : Mayli qizim . Yoʻga yurgan odamlarga salom beruvchi poʻchoq, tosh, sim, shox-shabba kabi narsalarni bir chetga olib tashlash ham odobimizdan. Tupuk va balgʻam koʻrilsa usti tuproq bilan yopib oʻtiladi.
Buvijon - barakalla qizlarim koʻchaga yurish odobi haqida ancha harsa bilar ekansizlar. Lekin Shabnam qiz hech narsa demadi Qani qizim sen ham biron narsa bilarsan .
Shabnam - Ha buvijon kyetayotganda yoʻl chetida oʻtirgan yoki qarshisidan chiqqan odamlarga salom berib oʻtiladi, salom berilsa alik olinadi. Koʻchaga ketayotgan nochor, mayib-majrux keksa kishilarga yordamlashish, yuklarini kutarib yoki oʻzlarini qoʻltiqlab olish koʻzi ojizlarga qariyalarga yoki bolalarni ariqdan katta yoʻlda oʻtkazib qoʻyish ham koʻcha odobiga kiradi.
Buvijon . Voy mening aqlli odobli indamasgina qizim juda koʻp narsani bilar ekansan. Barakkalla qizlarim men sizlardan juda xursand boʻldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |