Maqsad: Qizlarda onalarga nisbatan xurmat xissini tarbiyalash bayramga munosib sovgʻa tayyorlashni urgatish.
Kerakli jixozlar: rangli qogʻozlar, rangli qalamlar, yelim, qaychi
Ona – bu muʼtabar zot. Ona degan soʻz bu naqadar qudratli. Zero jannat ham onalar oyogʻi ostidadir. Ona degan soʻzning naqadar qudratli ekaligini jajji qizlarga tushintirish. Bolalarimizni onalarga nisbatan muhabbat hissida tarbiyalash. Bayramlarga oʻz qoʻllari bilan yasagan sovgʻalarini berishga onalarimiz naqadar hursand bulishlarini aytish. Qizlarga oʻzlari yasagan sovgʻalardan zavqlanish hissini tarbiyalash. Qizlarda estetik didni rivojlantirish. Kattalarni hurmat qilib bayramlarda ularga oʻz qoʻli bilan sovgʻa tayyorlab berish. Ulardan “ barakalla” “ raxmat” soʻzlarini eshitishga nisbatan qiziqish oʻygʻotish. Onalarning quvonishni his qilish. Xattoki aytayotgan shirin soʻzimiz ham onalarimizni qanchalar xursand qilishiizni ongiga singdirish. Sovgʻa tayyorlash orqali bolalarga mayda qoʻl motorikasini rivojlantirish. Bayramga qizlarimiz oʻz qoʻllari bilan oyijonlariga sovgʻa tayorladilar va bu ishlaridan juda xursand bulishdi.
MAVZU: “ShIRIN KULChALAR TAYYoRLASh”. Maqsad: Bolalarga non tayyorlash usulini oʻrgatish, non haqida tushunchalar berish, mayda motorikani rivojlantirish, non turlari haqida oʻrgatish. Nonni aziz deb belib, uni eʼzozlashga oʻrgatish. Xalq maqollaridan misollar keltirish. Savollarga aniq, toʻliq javob qaytarishga, oʻz fikrini erkin bayon etishga undash.
Kerakli jihozlar: Non turlari, non aks ettirilgan suratlar, uy, sut, tuz, saryogʻ, achitqi, nonpar.
Mashgʻulotning borishi: Bolajonlar bugun sizlar bilan non tayyorlash haqida suhbalashamiz. Non biz uchun tabiat inʼom etgan aziz neʼmat, bu neʼmatni biz qadriga etishimiz kerak. Erg tashlamasligimiz, uvol qilmasligimiz kerak. Non haqida koʻplab maqollar bor. Kelinglar qizlarim maqollarni birgalikda aytamiz.
1. Nonni isrof qilma.
2. Nonning uvogʻi ham non.
3.Bolajonlar un nimadan tayyorlanadi, bugʻdoydan, bugʻdoyni kim etishtiradi, bobo dehqonlarimiz. Dehqonlarimiz erta kuzda bugʻdoyni ekadilar, yozda esa bugʻdo pishadi, uni kombaynlarda urib olinadi. Bugʻdoy maxsus tegirmonlarga olib boriladi va har xil minerallar bilan boyitiladi va qoplarga joylashadi va maxsus doʻkonlarga olib kelishadi. Biz ana shu unni sotib olib, non pishiramiz. Hozir men sizlarga non haqida bir ertak aytib beraman.
Shirin qizlarim, ertak sizlarga yoqdimi ertakni kim aytib beradi. Qani Nozima qizim ertakni aytib berchi. Ertak yuzasida bolalar bilan savol-javoblar oʻtkaziladi. Qizlarim non haqida bilgan sheʼrlaringizni aytib beringchi?
Non aziz, ham halol,
Non serob bemalol
Boʻlmasin hech uvol
Uvogʻin terib ol.
Non rizqu roʻzimiz
Non obroʻ yuzimiz
Boʻlmasin hech uvol
Uvogʻin terib ol.
Bugʻdoydir onasi
Oltin har donasi
Dasturxon bezagi
Yeng zarur keragi
Barakalla shirin qizlarim. Endi non qanday tayyorlanishini oʻrganamiz.
Dastavval hamir qilish uchun qoʻllarimizni yuvib olamiz. Hozir men sizlarga “Qoʻl yuvish” odobi haqida tushunchalar beraman. Qoʻl yuvish uchun eng avval englarimizni shimarib olamiz, soʻngra qoʻllarimizni namlab 1-2 tomchi suyuq sovun bilan qoʻllariimzni ishqalab yuvamiz. Oʻng qoʻlimiz bilan chap qoʻlimizni ustini, chap qoʻlimiz bian oʻng qoʻlimiz ustini ishqalab yuvamiz, kaftlarimizni yuvamiz soʻngra oʻz sochigʻimizga qoʻlimizni artamiz. Hamir tayyorlash uchun bizga un, sut, tuz, saryogʻ kerak boʻladi. Bugun sizlar bilan patir non qilamiz. Avval sut solamiz, keragicha tuz solamiz, patir nonimiz shirin boʻlishi uchun saryogʻ ham solamiz. Endi uni bir oz dam oldirib qoʻyamiz. Oshpaz opalarimiz bizga tushlikda patir nonlarni pishirib berdilaryu
Yerta saharlab turgan savatlarni toʻldirgan, issiq kulchalar yopgan ulay onam qoʻllarin.
Yendi “Non yopganda” qoʻshigʻini birgalikda kuylaymiz. Barakalla qizlarim.
Qizlarim shirin kulchalarni bizlarga kim pishirib beradi. Albatta onajonlarimiz. Biz ularni mehnatlarini qadrlashimiz kerak. Hozir men sizlarga onajonlarim haqida sheʼr aytaman.