29.12.2017
Xamir - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xamir
1/2
Xamir
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xamir — un, suv, sut, yogʻ, tuz qoʻshib tayyorlanadigan yarim fabrikat. Turli taomlar, non, kandolatchilik va
makaron mahsulotlari, shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi. Moʻljallangan mahsulotga qarab turli X.lar tayyorlanadi.
Oddiy oshxamir— togʻorachaga elangan un solinib, oldindan tayyorlangan namakobdan ozozdan qoʻshib xamir
qoriladi, yaxshilab pishitib iylanadi. Tayyor X.ni tindirish uchun zuvala qilib, 10—15 min. oʻrab qoʻyiladi, somsa,
chuchvara, ugra, norin, lagʻmon va boshqa taomlar tayyorlash uchun yupqa qilib yoyiladi. Bunday X.ni tayyorlash
uchun 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz solinadi. Oshirma yoki xamir-turushli non xamir togʻorachadagi
suvga tuz va xamirturush solib eritilgach, moʻljaldagi un solinadi va ozozdan suv qoʻshib X. qoriladi. Tayyor X. usti
qalinroq narsa bilan yopilib, oshirish uchun bir soatga issiqroq joyga qoʻyiladi. X.ning oshganligi koʻpchishi va orasida
mayda gʻovakchalar paydo boʻlganligidan bilinadi. Oshirma X. tayyorlash uchun 1 kg unga 2 choy qoshigʻida tuz, 2
stakan iliq suv, 25—30 g xamirturush kerak boʻladi. Oshirma X.dan, asosan, nonlar, ayrim somsalartayerlanadi.
Xamirturushsiz sut, yogʻ va tuxum qoʻshiladigan X. turli nonlar, patir, oʻrama, zangza, chakchak, boʻgʻirsoq kabi
pishirikdar tayyorlashsa ishlatiladi. Bunday X.ni tayyorlash uchun 1 kg un, 2 stakan sut yoki shirobcha, 1 osh
qoshigʻida sariyogʻ yoki eritilgan qoʻy yogʻi, 1 dona tuxum va 1 choy qoshigʻida tuz kerak boʻladi. Agar X. faqat
tuxumning oʻzida qoriladigan boʻlsa, 1 kg unga 4—5 dona tuxum kerak boʻladi. Xamirturushli sut, yogʻ va tuxum
qoʻshiladigan X.dan turli bulochkalar, piroglar, ruletlar tayerlanadi. Bunday X.ni tayyorlashda barcha masalliklar un,
sut, yogʻ, tuz, shakar, tuxum, xamirturush va boshqa birdaniga qoʻshib qoriladi. X.ni togʻoraning oʻzida issiq qilib
oʻrab oshirish uchun olib qoʻyiladi. Bunday X. uchun 1 kg unga 35—40 g xamirturush, 2 stakan iliq sut (yoki 1 stakan
sut bilan 1 stakan shirobcha yoki 1 stakan sut, 200 g sariyogʻ) kerak boʻladi. Agar tuxumning oʻzida qoriladigan boʻlsa,
5—6 dona tuxum, 2 choy qoshigʻida tuz, 3—4 osh qoshigʻida shakar qoʻshiladi. Ayrim hollarda xamirturush oʻrniga
qatiq yoki smetana qoʻshish mumkin.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xamir&
action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xamir&oldid=1819977" dan olindi
29.12.2017
Xamir - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xamir
2/2
Bu sahifa oxirgi marta 26-Noyabr 2015, 07:47 da tahrirlangan.
Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda
qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).