Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistemasi



Download 476,47 Kb.
bet1/15
Sana14.04.2022
Hajmi476,47 Kb.
#549961
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistem


Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari
Zoologiya fanlari sistemasi. Zoologiya (zoon-hayvon, logos-ta’limot, fan) – hayvonlar to‘g‘risidagi fan, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, yashash muhiti bilan munosabatlari, ularning xususiy va tarixiy rivojlanishini o‘rganadi. Zoologiya keng tarmoqli kompleks fan bo‘lib, bir necha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika – hayvonlarning xilma-xilligi, o‘zaro o‘xshashligi va farq qilish belgilari asosida ularni sistemaga soladi. Morfologiya – hayvonlarning tashqi tuzilishi, anatomiya- ichki tuzilishini, embriologiya- embrional rivojlanishi, etologiya- turq-atvori, filogenetika – tarixiy kelib chiqishini o‘rganadi.
Zoologiya tekshirish ob’ektiga binoan protozoologiya-bir hujayralilarni, gelmintologiya-parazit chuvalchanglarni, malakologiya-mollyuskalarni, karstinologiya- qisqichbaqalarni, akarologiya-kanalarni, araxnologiya-o‘rgimchaksimonlarni, entomologiya-hasharotlarni, ixtiologiya-baliqlarni, gerpetologiya-sudralib yuruvchilarni, ornitologiya – qushlarni, teriologiya, ya’ni mammalogiya – sut emizuvchilarni o‘rganadi.
Zoologiya boshqa biologiya va tabiyyot fanlari, jumladan fiziologiya, ekologiya, biokimyo, geografiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi bilan birga kompleks fanlarni hosil qiladi. Masalan, hayvonlar biokimyosi – hayvon organizmi kimyoviy tarkibini, hayvonlar ekologiyasi – hayvonlarning tashqi muhit bilan munosabatlarini, hayvonlar fiziologiyasi – hayvonlar organizmi funkstiyasini, zoogeografiya – hayvonlarning tarqalishini, zoopsixologiya – hayvonlar psixikasini o‘rganadi. Zoologiyaning parazitologiya, epizootologiya, veterinariya kabi bo‘limlari tibbiyot, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq amaliy fanlar tarkibiga kiradi.
Zoologiyaning tadqiqot metodlari. Kuzatish, solishtirish, eksperiment, matematik statistika metodlari barcha zoologiya fanlari uchun umumiy metodlar hisoblanadi. Kuzatish orqali hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, tashqi muhit bilan va o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Bu metod orqali hayvonlarning oziqlanishi, rivojlanishi, bolalashi, nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rligi, yil yoki sutka davomida ular hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni tushunib olish mumkin.
Solishtirish metodi bitta tur individlari, har xil turlar yoki sistematik guruhlarga mansuv turlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi va boshqa xususiyatlarini taqqoslashdan iborat. Bu metod hayvonlarning yashash muhitiga moslanishi, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini xususiyatlari o‘rganiladi.
Eksperiment yoki tajriba metodi sun’iy vaziyat yaratish orqali hayvonlar uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni chuqurroq ochib berishdan iborat. Eksperiment ikki xil – sifat va o‘lchov eksperimentidan iborat. Sifat eksperiment nazariy ko‘rsatilgan biror voqelikni hayvonlar hayotida sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. O’lchov eksperiment esa hayvonlar uchun xos bo‘lgan birorta belgi yoki xususiyatni miqdoriy jihatdan tavsiflashdan iborat.
Matematik statistikadan esa eksperiment, solishtirish yoki kuzatish natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishda foydalaniladi.

Download 476,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish