Sifonoforalar –Siphonophora kenja sinfi. Sifonoforalar- suvda qalqib yuradigan koloniya bo‘lib yashovchi poliplar. Ular iliq dengizlarda tarqalgan; uzunligi 1-2 sm dan 2—3 m gacha yetadi. Koloniya polimorf bo‘lib, tuzilish va vazifasi bilan o‘zaro keskin farq qiladigan individlardan iborat. Ko‘pchilik sifonoforalar koloniyasi ustki qismida pufak- pnevmatofor va elkancha bo‘ladi. Pnevmatofor gazga to‘lganda koloniya suv yuzasida suzib yuradi. Portugaliya kemachasi-fizaliya (Physalia)ning qizg‘ish pnevmatofori uzunligi 20-30 sm ga yetadi. Pnevmatofor ostida meduzaga o‘xshash suzuvchi qo‘ng‘iroqlar-nektoforlar
joylashgan. Nektofor soyaboni ritmik qisqarishi tufayli koloniya suzib yuradi.
Ko‘payishi. Sifonoforalar tuxum hujayralari urg‘ochi gonozoidlarda hosil bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan planuladan birmuncha murakkab tuzilgan lichinka rivojlanadi. Koloniyadagi ayrim individlar kurtaklanish orqali hosil bo‘ladi.
6-rasm. Gidra tana
devori hujayralari
Mundarija:
1-Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari_____________1 2- Zoologiyaning nazariy va amaliy ahamiyati_________2 3-Bir hujayralilar – protozoa kenja dunyosi___________7 4- Sarkomastigoforalar – sarcomfstigophora tipi_______8 5-Infuzoriyalar – infuzoriatipi______________________12 6-Ko’p hujayralilar – metazoa kenja dunyosi__________17 7-Sifonoforalar –Siphonophora kenja sinfi.____________22 8-Xulosa 9-Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Solishtirma anatomiya dalillari poleontologiya va embriologiya dalillari bilan birga
qo'shilib, evolyutsiyani asosini isbot qilib beradi. Tasviriy anatomiya organizmini ayrim tarkibiy qismlarga, organlar sistemasi va organlarga ajratib tekshiradi, bu hol unga organizmdagi barcha hayot protsesslari qay tariqa yuzaga chiqishini analiz qilish uchun imkon beradi.
Tasviriy anatomiyaning vazifasi analiz qilish, yani murakkab hodisalami bo’laklarga ajratishdir. Solishtirma anatomiya hayvonlarning tuzilishini tekshirishda organlar sistemasini bir-biriga solishtirib ko’rish metodidan foydalanadi. Bir qancha hayvonlarning tuzilishini bir-biriga solishtirib o'rganish, bir xil belgilarning bir - biriga o'xshashligini va boshqa xil belgilarning bir-biridan farq qilishini aniqlanishga imkon beradi. Mana shu belgilar o'rtasidagi o’xshashlik bilan tafovutlarga nimalar sabab bo'lgan, degan savol kelib chiqadi. Shu munosabat bilan analiz qilishdan sintetik umumlashtirishga (sintez yo'li bilan xulosa chiqarishicha) o'tish zaruriyati tug'iladi. Shunday qilib, solishtirma anatomiya, tasviriy anatomiyaga qarshi o'laroq, solishtirish metodidan chiqib keladigan umumiy qonuniyatlarini aniqlash uchungina analizdan foydalaniladi . Organizmlar tuzilish planining birligi va kelib chiqishining birligi haqidagi gomologiya tushunchalari solishtirma anatomiyaning eng birinchi asosiy sintetik xulosalaridir . Solishtirma anatomiya solishtirma embriologiya va paleontologiya bilan birga qo'shilib, evolyutsion morfologiya degan maxsus bir fanni tashkil etadi.