Infuzoriyalarning xilma-xilligi. Infuzoriyalarning 7000 dan ortiq turi ma‘lum. Ular kiprikli - Ciliata va so‘ruvchi infuzorilar –Suctoria sinflariga ajratiladi.
Kiprikli infuzoriyalar chuchuk suv va dengizlarda, ayrim turlari tuproqda yashaydi. Turib qolgan, o‘simlik qoldiqlari bilan ifloslangan ko‘lmak suvlarda tufelka- Paramaecium caudatum (5-rasm), stilonixiya - Stilonixia, suvoyka- Vorticella, karnaycha- Stentor uchraydi. Bir qancha turlari parazit yashashga moslashgan. Karpsimon va losossimon baliqlarning suzgich qanotlari va jabralarida ixtioftirius va trixodina infuzoriyalari parazitlik qiladi. Ular ayniqsa baliq chavoqlariga katta ziyon yetkazib, qirilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Odam va ayrim hayvonlar yo‘g‘on ichagida ba‘zan balantidiy infuzoriyasi uchraydi. Infuzoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida katta ziyon keltirmaydi; lekin ba’zan ichak devorini jarohatlab, qonli ichburug‘ paydo qilishi mumkin. Balantidiy ayniqsa cho‘chqalarda ko‘p uchrab, cho‘chqa bolalariga katta ziyon keltiradi. Parazit iflos qo‘l orqali odamga yuqishi mumkin. Kavf qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida endodiniomorfa infuzoriyalari simbioz yashaydi. Ular oshqozonda kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Kiprikli infuzoriyalarning Teng kipriklilar-Holotricha, Spiral kipriklilar- Spirotricha, Doira kipriklilar- Peritricha kenja sinflari bor. Teng kipriklilar bakteriya va mayda suv o‘tlari bilan (tufelka-Paramaecium caudatum), yirtqich (Didinium), simbioz (Endodiniomorfa), yoki parazit (Ixtioftirius, Balantidiy) oziqlanadi. Spiral kipriklilar har xil kipriklilar-Heterotricha, Qorin kipriklilar- Hypotricha va kam kipriklilar- Oligotricha turkumlariga ajratiladi. Har xil kipriklilarning og‘izoldi kipriklari yirik, katta yadrosi zanjirsimon (Karnaycha-Stentor) yoki spiralsimon (Spirostomium) bo‘ladi. Ulardan Bursariya yirtqich yashaydi. Qorin kipriklilardan
|
3-rasm.
Tufelka infuzoriyasi.
|
stilonixiyaning qorin qismidagi kipriklari birlashib, yog‘on sirrilar - pixlarni hosil qiladi. Ular shu pixlar yordamida suv tubidagi narsalar ustida yugurib yuradi. Doira kipriklilarning kupchiligi suvdagi narsalarga yopishib o‘troq koloniya bo‘lib, ba‘zan yakka yashaydi. Chuchuk suvda yashovchi suvoykaning qo‘ng‘iroqsimon tanasi gulga o‘xshash; ipsimon qisqaruvchi poyacha orqali substraktga yopishib oladi. Suvoyka poyachasini tashlab, og‘iz atrofida ikki qator joylashgan kipriklari yordamida suzib yurishi mumkin.
So‘ruvchi infuzoriyalar- koloniya yoki yakka o‘troq yashovchi yirtqichlar. Voyaaga etgan davrida kipriklari va og‘zi bo‘lmaydi. Ko‘payish davrida kipriklar hosil qiladi. Boshqa infuzoriya-larni so‘rg‘ich o‘simtalar yordamida so‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |