Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistemasi


Zoologiyaning 20 asrda rivojlanishi



Download 476,47 Kb.
bet4/15
Sana14.04.2022
Hajmi476,47 Kb.
#549961
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zoologiya fanlari va tadqiqot metodlari Zoologiya fanlari sistem

Zoologiyaning 20 asrda rivojlanishi. 20 asrning birinchi yarmida quruqlik, dengiz va okeanlar faunasini o‘rganish jadal sur’atlar bilan davom etdi. Buning natijasida fanga malum bo‘lgan turlar soni 2,5 mln. ga yetdi (K.Linney davrida 4208 tur ma’lum edi); hayvonlarning yangi tipi Pogonoforalar, mollyuskalarning tuban tuzilgan vakillaridan neoplina, qadimgi panja qanotli baliq latimeriya kashf etildi; 20 asrda solishtirma anatomik va embriologik tadqiqotlar asosida hayvonlar sistematikasi qayta ishlab chiqildi. Agar J.Kyuve sistemasida hayvonot dunyosi 4 tipga bo‘lingan bo‘lsa, hozir tiplar soni 20 dan ortadi.
20 asr o‘rtalaridan boshlab hayvonlar sistematikasini ishlab chiqishda an’anaviy solishtirma anatomik, paleontologik, embriologik va boshqa metodlar bilan bir qatorda biokimyoviy, serologik, molekulyar genetik metodlar ham qo‘llanila boshlandi. Hozirgi davrda hayvonlar sistematikasi va filogeniyasini tadqiq qilishda DNK dagi nukleotidlar tarkibini o‘rganishga katta e’tibor berilmoqda. 20 asr o‘rtalariga kelib eksperimental embriologiyaning genetika bilan uyg‘unlashuvi yuzaga keldi. Hozirgi davrda rivojlanayotgan embrion qismlarining ixtisoslashuvi ontogenezda har xil genlarning ketma-ket ta′siri bilan tushuntiriladi.
Zamonaviy zoologiyada organizmlarning bir-biri va tashqi muhit bilan o‘zaro ta′sirini o‘rganadigan ekologik tadqiqotlarga tobora ko‘proq e’tibor berilmoqda. Populyastiyaning shakllanishi, tarkibi va dinamikasini o‘rganish ekologik tadqiqotlarning vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu muammo esa o‘z navbatida tur hosil bo‘lishi va tur strukturasi masalasi bilan bevosita bog‘langan. Biostenozlar va ularning barqarorligini o‘rganish ham ekologiyaning eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Hozirgi davrda zoologiya sohasidagi eng asosiy muammolar hayvonot dunyosi biologik xilma-xilligini hamda endemik, noyob va soni kamayib borayotgan turlarni saqlab qolish va ko‘paytirish bilan bog‘liq.
Zoologiyaning O’zbekistonda rivojlanishi. O’zbekistonda ilk zoologik tadqiqotlar 11 asrda yashab o‘tgan Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bog‘liq. Abu Rayxon Beruniy 101 hayvon turi va ulardan olinadigan dori-darmonlar to‘g‘risida yozib qoldirgan. Uning “Hindiston” asarida bu o‘lka hayvonlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” asarida odam parazit gelmintlari to‘g‘risida yozilgan. Bu asardagi ayrim gelmintlar (qovoqsimon qurt, mitti qurt) nomi hozirgi sistematikada ham saqlanib qolgan.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hayvonot dunyosini o‘rganish bo‘yicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A.Severstov ilk bor Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A.P.Fedchenko Oloy va Zarafshon vodiysi hayvonlarini o‘rganishgan. V.F.Oshanin “Turkiston chala qattiq qanotlilari faunasi” asarida 700 dan ortiq hasharotlar turi to‘g‘risida ma’lumot bergan. Uning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi.
O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganish 20 asrda jadal sur’atlar bilan olib borildi. 20 va 30-yillarda parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o‘rganish maqsadda bir qancha ekspedistiyalar tashkil etildi; L.M.Isaev va N.I.Xodukin bezgak chivini va rishtaning rivojlanishini batafsil o‘rganishdi; bir qancha xududlarda bezgakka qarshi stanstiyalar, Samarqand shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot parazitologiya) instituti tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20 asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyoda bezgak kasalligi va rishta tugatildi.
Zoologiyay sohasida tadqiqotlar 1920 yilda Turkiston davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) tashkil etilgandan so‘ng ayniqsa keng miqyosda olib borila boshladi. A.L.Brodskiy bir hujayrali hayvonlarni o‘rganib, Qizilqumda uchraydigan foraminiferalar Qizilqum o‘rnida mavjud bo‘lgan qadimgi dengiz faunasi qoldig‘i ekanligini ko‘rsatdi. D.N.Kashkarov ekologik tekshirishlarni boshlab berib, bu sohada birinchi darslik yaratdi. T.Z.Zohidov Qizilqum hayvonlarini o‘rganib, 4 tomlik “Zoologiya ensiklopediyasi”ni yozdi. V.V.YAxontov hasharotlarni o‘rganish borasida bir necha yirik asarlar yaratdi. A.M.Muxammadiev suv hayvonlarini o‘rgandi va umurtqasizlar zoologiyasidan o‘zbek tilidagi dastlabki o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. S.N.Alimuxamedov va R.O.Olimjonov zararkunanda hasharotlarni o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish borasida bir qancha muhim tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari parazit nematodalarini o‘rganish va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda A.T.To‘laganov va uning shogirdlarining xizmatlari katta bo‘ldi. Xonaki va yovvoyi hayvonlar gelmintlarini o‘rganish borasida tadqiqotlar J.A.Azimov, M.A.Sultanov, I.X.Ergashev nomi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda ekologik parazitologiya sohasidagi tadqiqotlar J.A.Azimov va uning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda. Zoologiya sohasidagi tadqiqotlar ayni kunda zoologiya, zibbiyot parazitologiyasi, chorvachilik, veterinariya, qorako‘lchilik, o‘simliklarni himoya qilish, ipakchilik, sabzavot-polizchilik va boshqa ilmiy tadqiqot institutlarida, deyarli barcha universitetlar qoshidagi kafedralarida olib borilmoqda.

Download 476,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish