1.3. Uy-joy xo'jaligida suv iste’moli me’yorini aniqlash uslubi.
Uy-joy xo'jaligida suvni iste’mol qilish (ishlatish) me’yorlari kommunal xo'jaligida suvga bo'Igan amaldagi ehtiyojni hisoblash, suv ta ’minoti xarajatlarini shakllantirish va kommunal xo'jaligida suv ta’minotini tashkil etish uchun xizmat qiladi.
Uy-joy xo'jaligida suv sarfi aholining fiziologik, sanitariya-gigiyena, xo'jalik ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq xonadon ichidagi suv sarfini, shuningdek, uy-joy fondidan foydalanishni ta ’minlash bilan bog'liq xonadonlardagi suv sarfidan tashqari sarflarni hamda suv ta ’minoti tizimdagi ichki santexnika uskunalarining texnik me’yorga muvofiq ruxsat etilgan miqdorda cheklangan suv yo'qotishini o'z ichiga oladi.
Xonadon ichidagi suv sarfining eng kam miqdori — kommunal xo'jaligida foydalaniladigan iqtisodiy kategoriya bo'lib, undan uyjoy xo'jaligida foydalanishning eng ko'p uchraydigan asosiy turlari hisoblanib, iste’mol qilish, ovqat tayyorlash, yuvinish, kir yuvish va uylarning tozaligini ta’minlash va boshqa xonadondagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida sarflanadigan suv miqdori yig'indisidan tashkil topadi.
Turar joy binolariga suv yetkazib berish tizimi aholi yashaydigan hududning hamda alohida binoning, obodonlashtirilganlik darajasiga va eng awalo, aholiga kommunal-maishiy xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanganlik darajasi hamda tabiiy-iqlim sharoitiga bog'liq.
Turar joy binolaridagi suv sarfi suvning sarflanish mohiyatidan kelib chiqib bir necha tarkibiy guruhlarga bo'linadi: Birinchi guruhga suvning foydali sarfi ko‘rsatkichlari kiradi:
Suv iste’molining ikkinchi guruh tarkibiy ko'rsatkichlarini suvdan nooqilona foydalanish hisobidan yuzaga keluvchi sarf xarajatlar tashkil etib, u suv ta ’minoti tizimida ta’minlanishi zanir bo'lgan bosimning me’yordan oshib ketishi oqibatida yuzaga keladi;
Suv sarfining uchinchi guruhini turar joy binolarining suv ta’minoti tizimida foydalaniladigan yuvish bakchalari va boshqa suv ta ’minoti santexnika jihozlaridan suv sizishi oqibatida kelib chiqadigan yo‘qotishlar tashkil etadi.
Aholining suv iste’mol qilish me ’yorlari monitoring asosida har bir bino bo‘yicha alohida, uning obodonlashtirilganlik, qulay va shinamlik darajasi, binoning qavatlari soni va aholi zichligiga qarab aniqlanadi. Uy-joy mulkdorlari shirkatida turarjoy binolari soni kam bo'lganligi uchun har bir turarjoy binosi uchun suv sarfi me ’yorini alohida hisoblash hamda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko'rish imkoniyati mavjud.
Suvning iste’mol qilish me’yorlarni suv ta ’minoti korxonalari, suvdan foydalanish bo'yicha ma ’sul tashkilotlar va iste’molchilar hamkorlikda ishlab chiqadilar.
Hududda suv sarfi me’yorini aniqlash uchun monitoring o'tkazilishi lozim bo'lgan obodonlashtirilganlik darajasi bir xil turar joy binolarining umumiy soni 30 tadan kam bo'lmasligi lozim. Bunga sabab har bir ko'rsatkichni aniqlash uchun shu ko'rsatkichni aniqlash maqsadida o'rganiladigan manbalar soni o'ntadan kam bo'lmasligi lozim. Agar, aholi yashaydigan hududdagi obodonlashtirish darajasi bir xil binolarning umumiy soni 30 tadan kam bo'lsa, o'lchash ishlari shu hududdagi hamma binolarda amalga oshirilmog'i lozim.
O'lchash ishlarini olib borish uchun tanlab olingan binolarda suv ta’minotida uzilishlar bo'lmasligi, ularda tegishli kalibrlardagi suv sarfini hisobga olish asboblari o'rnatilgan bo'lishi kerak.
Suv ta’minoti tizimida o'rnatilgan kalibrning mosligi tungi suv sarfi bo'yicha tekshirilishi mumkin.
Aholining uy-joy xo'jaligida suvni oqilona iste’mol qilish darajasi uy ichidagi suv ta’minoti quvurlaridan amaida sarf bo'layotgan suvni, suv ta’minoti tizimida suvni kirish joylarida o'rnatilgan suv sarfini o'lchash asbobining ko'rsatgichlari bo'yicha batafsil o'rganish va tahlil qilish yo'li bilan aniqlanadi.
Turar joy binolarida suv iste’moli hajmining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ish kunlari, dam olish kunlari hamda yilning turli mavsumlarida aholining uy-joy xo'jaligida suv ishlatilishida katta tafovut hosil bo'ladi. Shu sababli o'lchash ishlari yilning turli mavsumlarida bir oy mobaynida uzluksiz, bino (binolar)dagi suv quvurlarining kirish tarmoqlaridagi suv o'lchash uzellarida ishlab turgan suvni hisobga olish asboblariga o'rnatilgan istalgan turdagi o'zi qayd qiluvchi asboblar ( schetchiklar) yordamida amalga oshiriladi.
Monitoring jarayonida suv iste’moli hajmiga ta ’sir ko'rsatuvchi uch omil: tungi suv sarfi, suvni samarali bosim ostida ta ’minlanishi va aholi zichligining suv iste’moliga
ta’siri baholanadi.
Har bir monitoring o'tkazish uchun tanlab olingan bino bo'yicha olingan ma’lumotlar to'planib, jadval ko'rinishida bir tizimga keltiriladi.
Shundan so'ng, vaqt birligi (1 soat) ichida suv sarfi ko'rsatkichlarining impulslari soni deagrammada hisoblab chiqiladi va belgilangan davr mobaynida suvni hisobga olish jihozlari orqali o'tgan suv hajmi aniqlanadi.
Suv iste’moli me ’yorlarini aniqlashda turli yumushlar bo'yicha suv sarfini o'rganish asosida hisoblangan suv sarflari butun bino bo'yicha suv sarfiga oid ma’lumotlar asosida hisoblab topilgan ko 'rsatkichdan kam bo'lishini inobatga olish kerak.
Turli yumushlar bo'yicha suv sarfidan binodan noturarjoy fondlari sifatida ijaraga olingan ijarachilar va bino atrofidagi hududlarni sug'orish uchun sarflangan suv chiqarib tashlanadi. Shuningdek, bu ko'rsatkichning kam bo'lishiga texnologik me’yorlar bo'yicha
ruxsat etilgan va bartaraf etib bo'lmaydigan yo'qolishlar mavjudligi sabab bo'ladi.
Shu munosabat bilan, suv iste’moli me’yorlarini ishlab chiqishda binoda amalda sarflagan suv miqdoridan foydalanish hamda suv sizishining aholini suv bilan me’yorida ta’minlangan taqdirda turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar evaziga qisqartirilishi mumkin bo'lgan qismi chiqarib tashlanadi.
Haqiqiy solishtirma suv sarfi miqdorida turli omillarga bog'liq holda katta farq borligini inobatga olinib, me ’yorlar har bir shaharda yoki aholining suvdan foydalanish xarakteriga ko'ra o'xshash bo'lgan shaharlar guruhida aniqlanmog'i va belgilanmog'i darkor.
Hozirgi kunda, har bir xonadonda suv sarfini hisobga olish priborlari o'rnatilishi bir tomondan aholida suvdan tejamkorlik bilan foydalanishiga intilish hosil qilsa, ikkinchi tomondan xonadonlarda o'rnatilgan suv sarfini hisobga olish priborlari ma’lum vaqt mobaynidagi ko'rsatkichlari yig'indisi bino bo'yicha foydali suv sarfi yig'indisini tashkil etadi. Bu ko'rsatkichni esa turarjoy binosi bo'yicha umumiy suv sarfi bilan taqqoslash orqali suvdan nooqilona foydalanish Nf ko'rsatkichini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |