9– AMALIY ISH
MAVZU : MOTELLAR VA KEMPINGLARGA BO‘LGAN EHTIYOJNI VA ULARNING IMKONIYATLARINI HISOBLASH
Ishdan maqsad: Yo’l bo’yi atrofiga motellarni joylashtirish talablarini o’rganish
Zamonaviy avtomobil yo‘llarida har kuni minglab transport vositalari o‘tadi. Transport oqimi me’yorida bo‘lishi uchun yo‘l inshootlari kompleksida harakat xizmati tizimi ham bo‘lishi kerak. Haydovchi va yo‘lovchilarga kompleks xizmat qilishdan maqsad ularning hayot faoliyati uchun zarur bo‘ladigan sharoitni ta’minlash hisoblanadi. Ya’ni, haydovchilarning ishlashi va dam olishi uchun kerak bo‘ladigan rejim yaratilishi, ish yoki sayyohlik maqsadi bilan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarga qulaylik yaratilishi tushuniladi. Insonlarning vaqtida dam olishi, ovqatlanishi, transport vositalariga malakali xizmat qilish, ularga vaqtida yoqilgi quyish, moylash yo‘l harakati qulay va xavfsiz bo‘lishiga jiddiy ta’sir qiladi.
Haydovchining faoliyatiga ta’sir qiladigan omillar ichida charchoqning ta’siri katta bo‘ladi. Jismoniy toliqish reaksiya vaqtini ko‘paytiradi, uyqu keltiradi. Ishning davomiyligidan tashqari bir xil harakat, bir maromdagi ta’sirlar (o‘chib-yonish), qarshi tomondan kelayotgan avtomobillar chirog‘idan ko‘z qamashishi ham charchatadi. Notekis yo‘ldagi harakat tik borib-kelish, silkinish, turtilishlarga sabab bo‘ladi va bu harakatlar o‘z navbatida avtomobil qismlari, haydovchi va yo‘lovchilarga o‘tib ularning ortiqcha toliqishiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha charchamaslik uchun dam olishsiz 8 soatdan ko‘p yurishga yo‘l qo‘yilmaydi; har soatda 5 daqiqadan dam olish, 5 soat avtomobil haydagandan keyin esa kamida yarim soat dam olish tavsiya qilinadi. SHaharlararo yo‘nalishlarda 3 soat to‘xtovsiz yurgandan keyin 10 daqiqa dam olish, shundan so‘ng har 2 soatda dam olish tavsiya qilinadi. Xizmat komplekslarini tashkil qilganda haydovchilar dam olish rejimini qanoatlantirish talablarini bajarish majburiy hisoblanadi.
Aholi punktlaridan tashqaridagi qisqa dam olish va kutish maydonchalari qatnov qismidan ko‘rinib turadigan masofada, ya’ni I va II toifa yo‘llarda yo‘ldan 25 m narida, IV va V toifa yo‘llarda esa yo‘ldan 15 m narida joylashgan bo‘ladi. Dam olish maydonchasiga tushadigan yo‘l bilan yo‘l qatnov qismining cheti orasidagi burchakavtomobil harakat traektoriyasini ohista o‘zgartirish imkonini berishi kerak. 25–30 ° darajadagi burchak eng optimal hisoblanadi. Engil avtomobillarga mo‘ljallangan maydonchalarga kelish yo‘llaridagi egilish radiusi 10 m gacha kamaytirilishi mumkin.
Qisqa dam olish maydonchalarining joylashishi va o‘lchami 1 soatda yo‘lning shu qismidan qancha avtomobil o‘tishi hisoblanib asoslanadi. Ko‘p avtomobillarning o‘rtacha tezligi odatda 0,8υr bo‘ladi, bu o‘rinda υp km/soatda hisoblangan harakat tezligini bildiradi. SHu uchastkadagi dam olish maydonchasidagi joylar soni undan foydalanadigan avtomobillar soniga tenglashtiriladi:
(9.1)
bu o‘rinda
χsr – qisqa dam olish joylari o‘rtasidagi o‘rtacha oraliq, km;
q – dam olish maydonchasidagi o‘rtacha joylar soni;
e – dam olish maydonchalaridan foydalanadigan avtomobillar ulushi;
t – qo‘yish joyidagi avtomobillarning almashinish koeffitsienti (i=l/b);
Nch- bir soatdagi harakat jadalligi, avt./soat.
SHundan dam olish maydonchasi qo‘yish joylarida avtomobillar uchun mo‘ljallangan joylarning umumiy soni chiqariladi:
(9.2)
bu o‘rinda
f – yo‘lovchilar va haydovchilar korxonada o‘rtacha qancha vaqt bo‘lishi ko‘rsatgichi.
Qisqa vaqtga to‘xtaladigan maydonchalar to‘rtta zonadan iborat kompleks ko‘rinishida bo‘ladi: yuk mashinalari uchun, engil avtomobillar uchun, dam olish va sanitariya zonalari. Birinchi uchta zona asosan bir-biriga tutashgan bo‘ladi. Qisqa vaqt to‘xtaladigan maydonchalarni minimal jihozlash tavsiya qilinadi, unda xususan yo‘l bo‘yidagi hojatxona, yog‘indan pana qiladigan joy (shiypon, pergola), stol, o‘rindiq, axlat idishlari, axlat konteyneri, aloqa va ma’lumot olish vositalari bo‘lish kerak.
Qisqa dam olish joylari orasidagi intervalni aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etiladi:
(9.3)
bu yerda χср— qisqa muddatli dam olish joylari orasidagi o‘rtacha interval, km;
q – dam olish joylaridagi to‘xtash joylarini o‘rtacha o‘rinlari soni;
ye – dam olish joylaridan foydalanuvchi avtomobillar ulushi;
Nч— soatlik harakat jadalligi, avt./s;
f- maydonga kelishning o‘rtacha davomiyligi, s.
eslatma: ye va f ning qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.
Qisqa muddatli to‘xtash va dam olish maydonchalarini yo‘lning to‘g‘ri uchastkasida yoki radiusi 1000 m dan kam bo‘lmagan juft egrilarda, birinchi egridan o‘tish vaqtida o‘ng tomondagi transport oqimi bilan uchrashishini ta’minlagan xolda joylashtirish tavsiya etiladi.
Bunday uchastkalarda yo‘lning bo‘ylama qiyaligi 40‰dan oshmasligi, yo‘llardagi ko‘rinish masofasi esa xar bir yo‘nalishda 450 m dan kam bo‘lmasligi shart. Bir xil jihozlangan ikki tomonlama joylashgan maydonchalar transport oqimini kesishmasligi uchun bir-biri bilan simmetrik joylashtirish lozim
9.1-jadval
Мahalliy sharoit guruhi
|
Shu xizmat ko‘rsatishdan foydalanuvchi avtomobillar ulushi
|
Maydonchada bo‘lishni o‘rtacha davomiyligi, s
|
Dam olish joylarini yuklanganlik vaqtining davomiyligi, t.s
|
yeD
|
ea
|
er
|
ƒl
|
ƒa
|
ƒr
|
Dam olish maydoni
|
1
|
0,10
|
0,03
|
0,20
|
0,03
|
0,06
|
0,03
|
4
|
2
|
0,06
|
0,05
|
0,10
|
0,03
|
0,5
|
0,05
|
5
|
3
|
0,20
|
0,02
|
0,40
|
0,03
|
0,5
|
0,05
|
5
|
Tomosha maydonlari
|
1
|
0,30
|
0,15
|
0,40
|
0,5
|
1,0
|
0,5
|
5
|
2
|
0,15
|
0,10
|
0,10
|
0,5
|
0,8
|
0,5
|
5
|
3
|
0,20
|
0,05
|
0,10
|
0,5
|
0,8
|
0,5
|
6
|
Agar dam olish maydonchalaridagi qo‘yish joylari asosan engil avtomobillar uchun hisoblansa (2) formulani soddalashtirish mumkin. Buning uchun yo‘l statistikasi ma’lumoti ishlatiladi.
Dam olish maydonchasiga ehtiyoji bo‘lgan avtomobillar soni yo‘ldagi harakat jadalligiga nisbatan olinadi va odatda transport oqimidagi umumiy engil avtomobillarning 0,2 qismini tashkil qiladi. Ko‘pincha o‘zgarmaydigan shu bog‘liqlikni ishlatib qisqa dam olish joylari orasidagi o‘rtacha masofani chiqaramiz:
Nkun yillik o‘rtacha bir sutkalik ko‘rsatgich avt./sut.
Do'stlaringiz bilan baham: |