Zekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti


I-BOB. AHOLIGA TOZA ICHIMLIK SUVI YETKAZIB BERISH HAMDA SUV ISTE’MOLI VA UNING ISHLASH TARTIBI



Download 0,63 Mb.
bet4/15
Sana25.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#704476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Suyundikov Farruh.35-18

I-BOB. AHOLIGA TOZA ICHIMLIK SUVI YETKAZIB BERISH HAMDA SUV ISTE’MOLI VA UNING ISHLASH TARTIBI


1.1. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasidagi istiqbolli rejalar.
O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki iste’molchilarga toza ichimlik suvini etkazib berish aholiga ko‘rsatilayotgan hayotiy muxim xizmatlardan biridir.
Buni e’tiborga olgan holda keyingi yillar davomida ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.
Natijada, respublikamiz aholisining 67 foizi ichimlik suvi bilan markazlashtirilgan manbalardan ta’minlanmoqda, jumladan, shaharlarda 72,4 foizni (Toshkent shahrisiz) va qishloqlarda 61,5% foizni tashkil etadi. Aholimizning 24 foizi ichimlik suvi bilan muqobil (alternativ) manbalardan, 9 foizi esa tashib keltirilish bilan ta’minlanmoqda.
Respublikada aholini ichimlik suvi bilan 35% er usti hamda 65% er osti suvlari manbalaridan ta’minlanmoqda.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha bir sutkada jami 6,8 mln.m3 ichimlik suvi ishlab chiqariladi va 4,1 mln.m3 suv iste’mol qilinadi. Aholi jon boshiga bir sutkada shaharlarda o‘rtacha 150 litr, qishloq joylarda 75 litr suv sarflanadi.
Tumanlar va aholi punktlari ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 – 2021 yillarga qabul qilingan dastur va loyihalarga asosan 10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga 20 ta ichimlik suvi ta’minoti ob’ektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Mazkur Dasturni moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlaridan 2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi belgilangan.
2017-2021 yillrga qabul qilingan dasturni amalga oshirish natijasida 2021 yilga kelib aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olinishi respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga etkaziladi. Bunda 4,9 mln. aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, shundan qo‘shimcha 1,1 mln. aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Jumladan, Dastur doirasida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) imtiyozli kreditlari hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus, Beruniy, Muynoq, Qo‘ng‘irot, Amudaryo va Qorauzyak tumanlari aholi punktlarini ichimlik suv ta’minotini rivojlantirish va tubdan yaxshilash, hamda «Tuyamo‘yin» 2-ko‘tarish stansiyasini modernizatsiyalash” loyihasini 2018-2022 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 160 mln. AQSH dollariga teng (shu jumladan, OTB hisobidan 100.0 mln.doll., “YAshil iqlim jamg‘armasi”ning 40.0 mln.dollar grant mablag‘lari va davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).
Loyiha doirasida suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish va yangi qurish, mavjud “Taxiatosh” suv tozalash inshootining quvvatinikuniga 60 ming m3 dan 120 ming m3 gacha oshirish, hamda ichimlik suvi tarmoqlarini qurish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining 131 ta aholi yashash punktlarida istiqomat qiladigan 357 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Shu bilan bir qatorda, Qashqadaryo viloyatining Koson va Muborak tumanlarida istiqomat qiladigan aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Kitob-SHaxrisabz er-osti suv xavzasi suv quvuri yaqinidagi qishloq axoli punktlari, Koson va Muborak tuman markazlari suv tizimini rekonstruksiyalash” investitsiya loyihasini 2018-2022 yillarda amalga oshirish maqsadida Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi (STJ) hamda OPEK Jamg‘armasining imtiyozli kreditlari jalb qilinmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 52.81 mln. AQSH dollariga teng (shu jumladan, STJ hisobidan 26,3 mln.doll va OPEK Jamg‘armasi hisobidan 16.25 mln.doll. va davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).
Loyiha doirasida 4 ta suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish, 19 km magistral quvurlar hamda 251 km ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstrutsiya qilish natijasida, tumanlarning 110,0 mingdan ortiq aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Ichimlik suvini olish, tozalash, uzatish va oqova tizimi orqali tozalash hamda tashlash texnologik sxemasi Shaharlar va aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi yil davomida o‘zluksiz ishlayotgan o‘ta murakkab va ko‘p tarmoqli jarayondir.
Suv ta’minoti tizimlari murakkab inshootlar majmuasi bo‘lib, suv manbasidan boshlab iste’molchigacha bo‘lgan barcha inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bu inshootlar bir biri bilan uzviy bog‘langan.
Mazkur tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Suvni qabul qilish va tozalash, iste’molchilarga suvni etkazib berish va Oqova suvlarni chiqarib tashlash.
Respublikamizda aholi sonining ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi munosabati bilan suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stantsiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha kafolatlangan moliyalashtirish manbalarini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2910-sonli “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma).
Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash bo‘yicha tasdiqlangan Dasturlarni amalga oshirilishi uchun o‘z vaqtida moliyalashtirilishini tashkil etish, Investitsiya dasturlarini shakllantirishda zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori va manbalari bo‘yicha takliflar tayyorlash Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2019 yilda bir qator tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek 2020 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar rejasi tasdiqlab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Jamg‘arma hisobidan respublikamizda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash uchun 1,1 trln. so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2019 yillarda hududlarga amalga oshirgan tashriflarida davomida bergan topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va farmoyishlariga muvofiq 2019 yilda qo‘shimcha ravishda 635 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur ajratilgan mablag‘lar doirasida 2020 yilning 1 yanvar holatiga haqiqatda bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun 1 664 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashtirilib berildi.
2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 150 ta hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 165 ta aholi punktlarida joylashgan 477 ta ichimlik suvi va 8 oqova suv inshootlarida qurilish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilib, 4 681 km uzunlikdagi ichimlik suvi va 215 km uzunlikdagi oqova suv quvurlari yotqizildi. Natijada, 2020 yilning 1 yanvar holatiga respublika aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash darajasi 68 foizdan 70 foizga oshdi.
Jumladan, 2018-2019 yilgi Investitsiya dasturlari doirasida Jamg‘arma hisobidan Surxondaryo viloyatida “Boysun tuman markazi va qishloq aholi yashash punktlarini “Xo‘jamayxona” bulog‘idan suv bilan ta’minlash” loyihasi uchun 51 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, ob’ekt foydalanishga topshirildi hamda Boysun tuman markazi va unga tutash bo‘lgan qishloq aholi punktlarida yashovchi 50 mingdan ortiq aholi kafolatlangan va sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi PQ-4565-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Jamg‘arma hisobidan 216 ta ob’ektda 3400 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 120 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruktsiya qilish uchun 1 277 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Jumladan:
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga – 945 mlrd. so‘m;
- “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ichimlik suv va oqova suv tizimlarini yaxshilash ishlari uchun 152 mlrd. so‘m;
- “Qishloq qurilish invest” MChJ IK buyurtmachiligi asosida qurilgan namunaviy uy-joylar uchun ichimlik suv tizimlarini qurish bo‘yicha 102 mlrd. so‘m.
Shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida O‘zbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirish uchun 78 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Mazkur mablag‘lar hisobiga 2020 yilda jami 650 mingdan ortiq aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olish va ta’minlanganlik darajasini 72 foizgacha oshirish, shuningdek 75 mingdan ortiq aholini oqova tozalash xizmatlari bilan ta’minlashga erishiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash ishlariga 2020 yilgi Investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda 500,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, hozirda infratuzilma loyihalari ro‘yxati shakllantirilmoqda. Bugungi kunda ajratilgan mablag‘lar doirasida Moliya vazirligi bilan kelishilgan manzilli dasturlarga muvofiq 151 mlrd. so‘m avans mablag‘lari moliyalashtirilib berildi.
Qayd etish lozimki, 2019-2020 yillar Investitsiya dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan: Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelgan va azaliy orzusi hisoblangan sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Dehqonobod tumanida 77 km lik “Oqsuv – Dehqonobod” suv quvuri va “Oqsuv” suv olish inshootini qurish loyihasi аmalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 205 mlrd.so‘m bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 131 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Ushbu ob’ektda qurilish-montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Mazkur loyiha Dehqonobod tuman markazi hamda 15 ta qishloq aholi punktlarida yashovchi 106 mingdan ortiq aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti og‘ir va sifat darajasi past bo‘lgan Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahrida yashovchi 500 mingdan ortiq aholini markazlashtirilgan sifatli suv ta’minoti bilan qamrab olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi PQ-3695-sonli qarori bilan “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suvi ta’minotini tizimini yaxshilash” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 457 mlrd.so‘m bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 153 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Ushbu ob’ektda qurilish-montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish