tartibi………………………………………………………………………….……………..8
1.1. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasidagi istiqbolli
rejalar………………………….………………………………………………………...…….8
1.2. Uy- joy kommunal xo‘jaligida suv ta’minoti va oqova suv xizmati ……….14
1.3. Uy- joy xo'jaligida suv iste’moli me’yorini aniqlash uslubi …………...…………..23
II -BOB. “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” ning 2021-2022-yillardagi asosiy texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili ..................31
2.1. “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” ning umumiy tavsifi va asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari...........................................31
2.2. “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” binosining jismoniy holati va muxandislik jihozlari………........................................……………….34
2.3. “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” ning daromadlar va harajatlar smetasi tahlili………………………………...…………………44
XULOSA……….……………………………………………………………….….…….….47
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati………………….…………………………………..49
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasi shahar xo‘jaligida muhim o‘ringa ega. Shahar aholisini sifatli va zarur miqdorda suv bilan ta’minlash, shaharda hosil bo‘ladigan oqova suvlarni oqizish va ularni qaytadan suv havzalariga chiqazishdan oldin, tozalash inshootlarida talab qilingan darajada tozalash sanitariya-gigiyenik jihatdan ahamiyatga molikdir. Ichimlik suv bilan ta’minlash, oqova suvlarni oqizish va tozalash aholining turmush darajsini yaxshilash bilan birga, suv orqali o‘tadigan har xil kasalliklarning oldini ham oladi.
O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, shahar aholisi barcha zamonlarda suvni ariqlardan yoki suv yig‘ish va tindirish uchun mo‘ljallangan maxsus moslama-hovuzlardan olishgan. Tabiiy manbalardan suv olish, uni tozalash, zararsizlantirish, tashish hamda aholi, sanoat korxonalari va boshqalarga uzatishni ta’minlovchi muhandislik inshootlari hamda qurilmalari maj-muyini qurish bilan aholini kerakli miqdorda va bosimda, sifatli ichimlik-xo‘jalik suvi bilan ta’minlash mumkin.
Hozirgi paytda suv havzalari ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat berilmoqda. Maishiy xo‘jalik va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar muayyan inshootlarda tozalanib, ular yana suv havzalariga oqiziladi. Oqova suvlar suv havzalarini ma’lum darajada ifloslantiradi. Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan suv havzalarining sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining jadal rivojlanishi suv havzalaridagi oqova suvlar ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Oqova suvlarni ko‘p miqdorda suv havzalariga tushirish bilan birga, ularning tozaligini saqlab qolish xalq xo‘jaligidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi. Shuning uchun ham oqova suvlarni tozalash usulini to‘g‘ri tanlash bilan suv havzalariga tushiri-ladigan suvlarning sanitariya me’yorlariga to‘la muvofiq kelishini ta’minlash mumkin.
Oqova suvlar tarkibida har xil iflos moddalar bo‘ladi. Ular-ning tarkibidagi organik iflos moddalar bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bois oqova suvlarni tozalashda suv tarkibidagi iflos moddalarni, ayniqsa, organik moddalarni suvdan ajratib olish va zararsizlantirish muhim omillardan biridir.
Oqova suvlar mexanik, fizik-kimyoviy va biologik usullarda tozalanadi. Oqova suvlar tarkibidagi bakteriyalarni yo‘qotish uchun ular zararsizlantiriladi.
Mexanik tozalash usuli oqova suv tarkibidagi erimagan iflos moddalarni suzish, tindirish va filtrlash yo‘li bilan ulami suvdan ajratib olishdir.
Kimyoviy tozalash usuli oqova suvga kimyoviy reagentlarni qo‘shishdan iborat bo‘lib, bu reagentlar oqova suv tarkibidagi erimagan kolloidli va erigan modda zarrachalarning cho‘kishiga imkon yaratadi. Biologik tozalash usuli oqova suv tarkibidagi mikrojon-zotlarning yashash sharoitiga asoslangan bo‘lib, bu jonzotlar oqova suv tarkibidagi organik moddalarni oksidlash va qayta tiklash uchun xizmat qiladi.
2017-2022-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qayd etib o‘tilsinki, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. Ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Keyingi olti yilning o‘zidagina 13 ming kilometrga yaqin suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingtadan ko‘proq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1,4 mingta suv
bosimini hosil qiladigan minora va rezervuarlar barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Natijada, jumladan, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va kreditlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan ko‘pgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta’minlandi.
Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolmoqda.
Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi energiya va resurlarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish asosida suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan kafolatlangan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini taqozo etmoqda.
Mazkur kurs ishida Turar joylarda ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tizimini takomillashtirish masalalari yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |