2.1-rasm. YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” xo’jalik boshqaruv tizimi.
Hozirgi kunda shirkatning xo’jalik faoliyatida 5 ta shtat birligi mavjud. Ma’muriy boshqaruvda 2 tashtat birligi mavjud. Direktor shirkat tarkibidagi uylar, umumiy mol-mulkni saqlash, xo’jalik-moliyaviy faoliyatiga ma’sul hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek shirkatga qarashli uy-joy fondiga xizmat ko’rsatish, qish mavsumida yuzaga keladigan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish, hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida XUJMSHlar tarkibida xizmat ko’rsatish bazasi mavjud. Baza zaruriy asbob anjomlar bilan ta’minlangan.
2.5- jadval
“YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” ning 2022 yil shtat jadvali.
Т/р
|
Lavozimlar
|
Shtat
birligi
|
Ish haqqi,
bir oyga
|
IHF
Bir yilga
|
1
|
Ijrochi direktor
|
1
|
4500 000
|
54 000 000
|
2
|
Bosh buxgalter
|
1
|
3500 000
|
42 000 000
|
|
Jami
|
2
|
8 000 000
|
96 000 000
|
1
|
Payvandchi santexnik
|
1
|
2 500 000
|
30 000 000
|
2
|
Elektrik
|
1
|
2 300 000
|
27 600 000
|
3
|
Bog’bon
|
1
|
2 000 000
|
24 000 000
|
|
Jami
|
3
|
6 800 000
|
81 600 000
|
|
Hammasi
|
5
|
14 800 000
|
177 600 000
|
-Yuqorida ta’kidlanganidek shirkatning hududi katta. Shu sababli bog’bon ( hovli tozaligiga qarovchi hodim ) 1 kishini tashkil qiladi. Demak, hozirgi kunda “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” ning bir oylik ish haqqi fondi 14 800 000 so’m, bir yilga 177 600 000 so’mni tashkil qiladi.
-Hozirgi kunda “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” ning umumiy mol-mulkka xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash bo’yicha faoliayat shirkatning o’zi, joy mulkdorlari va pudratchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Pudratchilar umumiy mol-mulkka xizmat ko’rsatishni va uni ta’mirlashni shirkatning ijrochi direktori bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi.
“YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” boshqarmasining mol-mulki pul mablag’lari, binolar, inshootlar, uskunalar, asbob-anjomlar, hamda shirkat mablag’lari hisobiga va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda olingan o’zga mol-mulkdan shuningdek shirkatning yer uchastkasidagi ko’klamzorlashtirish va obodonlashtirish elementlaridan iborat.
Yer uchastkalari “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” boshqarmasiga belgilangan tartibda domiy foydalanish huquqi asosida berilgan.
XULOSA
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 8 avgustdagi 166-sonli Qaroriga muvofiq “Uy-joy fondini (ko'p qavatli uylar va shaxsiy xonadonlarni) sovuq va issiq suv hisoblagich asbob-uskunalari bilan ta ’minlash dasturi” qabul qilinib, mazkur Dastur asosida suv iste’moli bo'yicha elektron schetchiklar o'rnatish ishlari olib borildi. Natijada foydalanilayotgan resurslardan, jumladan suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga erishildi.
Bunga misol qilib amalda me ’yor bo'yicha foydalashish ko'rsatkichi hisoblanganda va hisoblash uskunasi (elektron schyotchik) o'rnatilgan erishilgan natijalar 2,4 martaga kamayganligini ko'rish mumkin.
Toshkentdagi Salar va Bo‘zsuv aeratsiya stansiyalari uskunalari rekonstruksiya va modernizatsiya qilinib, energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani nafaqat oqova suvni sifatli tozalash, balki sarflanadigan energiya hajmini kamaytirish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, toza ichimlik suvi, issiqlik energiyasi va gaz bilan ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
“Suvsoz” davlat unitar korxonasi vakillarining ma'lum qilishicha, Toshkent shahri suv va kanalizatsiya tizimlari rivojlangan shaharlardan biri hisoblanadi. Oqova suv shahardagi 2,5 ming kilometrlik tarmoq va kollektorlar orqali chiqariladi. Bu tarmoqlarda qariyb 100 mingta quduq, avariya ro‘y berganda oqova suvni chiqarib yuboradigan 30 qurilma va 39 sun'iy inshoot o‘rnatilgan. Bundan tashqari, ko‘plab tashkilot va korxonalar o‘zining tozalash inshootiga ega.
Toshkentda oqova suvni tunu kun haydaydigan 13 nasos stansiyasi faoliyat yuritmoqda. To‘plangan suv aeratsiya stansiyalariga kelib tushadi va bu yerda to‘liq biologik tozalanadi. Ayni paytda mazkur stansiyalar kuniga 1,9 kub metr suvni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu poytaxtimiz ehtiyojini to‘laligicha qondiradi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati oqova suvni tozalash jarayonini nazorat qilib bormoqda.
Salar aeratsiya stansiyasi kuniga 830 ming kub metrgacha oqova suvni to‘liq biologik tozalash va qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bu yerda suvni mexanik, biologik tozalash, cho‘kmalarga ishlov berish va tozalangan oqova suvni zararsizlantirish ishlari amalga oshiriladi. Oqova suvni zamonaviy va yuqori texnologiyalar yordamida tozalash jarayonida ular zararsizlantirilib, filtrlanadi va bu suv resurslarini tejash hamda atrof-muhitning sanitariya -epidemiologik holatini saqlashga yordam beradi.
Suv tozalash inshootlarida oqova suvni filtrlash sifatini yanada oshirish maqsadida eskirgan uskunalar zamonaviylariga almashtirilmoqda. Bu oqib keladigan mayda aralashmalarni ushlab qolib, suvni tozalash samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir. Filtrlash tizimining yangilanishi havoni teng taqsimlab, aeratsiya samaradorligini yanada oshiradi. Havo haydaydigan to‘rtta eski agregat o‘rniga energiya tejaydigan yangi agregatlar o‘rnatilishi Salar aeratsiya stansiyasi tizimida avtomatik ravishda boshqariladigan havoni uzluksiz yetkazish imkonini beradi.
Salar aeratsiya stansiyasidagi sakkiz nasos stansiyasining eskirgan 26 va Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasidagi 32 nasosni energiya tejaydigan zamonaviy nasoslar bilan almashtirish energiya sarfini 10 foizga kamaytiradi.
Bektemir tumanida sanoat korxonalari ko‘payishi sababli tumandagi kuniga 20 ming kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega kanalizatsiya tozalash inshootlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi. Ushbu inshootlardagi eski nasoslar “Grundfos” kompaniyasida ishlab chiqarilgan energiya tejaydigan nasos agregatlari bilan almashtirildi.
Amalga oshirilgan rekonstruksiya va yangilash ishlaridan so‘ng Salar va Bo‘zsuv aeratsiya stansiyalarining samaradorligi va quvvati ikki barobar oshdi. Kommunikatsiyalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish aholi hayot darajasini yanada oshirish, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanishga xizmat qilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.–T.: O‘zbekiston, 2015.– 71 b.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 846-XII-sonli Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksi. 1998 yil 24 dekabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-sonli qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga “Murojaatnomasi “ 25.01.2020 yil;
Berdiyeva D.A. “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil etish va moliyaviy boshqarish”, O’quv qo’llanma. Toshkent 2019 yil.
Raximov Q.E. “Uy-joy fondini boshqarish” o’quv qo’llanma. Toshkent 2019 yil.
www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy sayti)
www.mjko.uz (O’zbekiston osRespublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish Vazirligi sayti)
www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |