Zekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti


“YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI



Download 0,63 Mb.
bet13/15
Sana25.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#704476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Suyundikov Farruh.35-18

2.2. “YASHNOBOD TUMANI OQAVA SUV TARMOQLAR BOSHQARMASI” binosining jismoniy holati va muxandislik jihozlari
Bino va inshootning atrof hududiga, unga tutashgan, shu muassasa foydalanadigan hovli va ko‘chaga tutashgan yer maydoni kiradi. Bino atrof hududiga texnik xizmat ko‘rsatishda asosan qor-yomg‘ir suvlarini binodan tegishli ravishda chetlatilishini tashkil qilish va suv chetlatish qurilmalari - novlar, ariqlar, yo‘l chetidagi irrigatsiya shaxobchalarini soz holatda bo‘lishini ta’minlash zarur.
Bundan tashqari bino atrofi va muassasa hovlisidagi yo‘laklar, erto‘la derazalari oldidagi chuqurlar, sport va dam olish maydonchalari (jihozlari bilan birga), chiqindi solinadigan konteynerlar, ko‘kalamzorlashtirish elementlari (daraxt, buta, gulzor va maysazorlar) ning holati talab darajada bo‘lishini ta’minlash lozim. Bino atrofidagi yoritish moslamalari, devorlar va yo‘lkalar (otmostka) ning soz holatda bo‘lishiga ayniqsa katta e’tibor berish kerak.
Yer to‘lalar (podval)ning poydevor va devorlarining nosozliklariga (yoriqlar, cho‘kishlar, namlanishlar) katta e’tibor berish lozim, chunki ular binoni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar safiga kiradi.
Bino devorlarining texnik holatini har doim kuzatib turish lozim. Yoriqlar paydo bo‘lishi, devor qoplamasi va suvog‘ining ko‘chishi, binoning ko‘rinishini yomonlashtirish bilan birga, uning mustahkamligiga zarar etkazishi mumkin. Panel devorlarning choklarini ochilib qolishi, ularni mahkamlovchi po‘lat detallarni emirilishiga olib keladi. Yuqorida ko‘rsatilgan nuqsonlar darhol yo‘qotilishi lozim.
Binolarning old tomoni (fasad)ni ko‘zdan kechirishda me’morlik elementlarini namlikdan saqlovchi metall qoplamalar, parapet, ayvonchalar (balkonlar) to‘siqlarining mustahkamligiga jiddiy e’tibor berish lozim. Binoning old tomoni me’morlik echimini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar faqat shahar (tuman) me’mori (arxitektori)ning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Binolardan foydalanish jarayonida temir beton tom yopmalari (pokritiyalar) va temir beton ora yopmalar (perekritiyalar), issiqlik ximoyalovchi qatlamini sozligi, ora yopmalarning sanuzellar o‘tgan qismida namliklar mavjudligi holatiga alohida e’tibor berish lozim. Ularda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy nuqsonlar quyidagilar:
- me’yoridan ortiq egilib ketishi;
- tashqi devorlar yaqinidagi qismlarining muzlashi;
- devorlarga tutashgan joylarida yoriqlar paydo bo‘lishi;
- qoplamalarining yorilib ketishi;
me’yoridan ortiq tovush o‘tkazish xususiyati paydo bo‘lishi va hokazolar.
Bu nuqsonlarning asosiy sabablari noto‘g‘ri foydalanish va o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini bajarmaslik. Yog‘och va parket pollarni ortiqcha suv bilan xo‘llab yuvish, pollar ustida og‘ir narsalarni sudrash, qurilish vaqtida sifatsiz materiallarni ishlatish yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib keladi.
Poydevor (peregorodka)larda quyidagi nuqsonlar ko‘proq uchraydi:
- pardevorlar choklarida qo‘shni konstruksiyalar bilan tutash joylarida yoriqlar paydo bo‘lishi;
- pardevorlarning yoki ularning ayrim qismlarini qimirlab qolishi;
- taglari va yuqori qismlarida tirqishlar paydo bo‘lishi;
- qoplama (suvoq va qoshinlari, bo‘yog‘i) larining ko‘chib ketishi;
- pardevorlarni kesib o‘tuvchi quvurlar (suv, isitish sistemalari, gaz) atrofida nozichliklar paydo bo‘lishi, ayrim joylarini nam tortishi, tovush o‘tkazuvchanligining oshib ketishi va hokazolar.
Bu nuqsonlar foydalanish jarayonida tugatilib borilishi lozim.
Tomni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarning asosiy kamchiliklari quyidagilar:
a) yog‘och konstruksiyalarda - stropilolarning tutashgan joylarida birikmalarni buzilishi; g‘isht devor va yog‘och konstruksiyalar o‘rtasidagi nam o‘tkazmaydigan qatlamning yomonligi, stropilo oyoqlarining egilishi; mauerlat, stropilo oyoqchalari, toqilar va boshqa yog‘och detallarning chirishi va sinishi;
b) temir-beton konstruksiyalarda - konstruksiyalar sirtidagi beton qatlamining emirilishi, armatura va po‘lat qo‘yma detallarning ochilib qolib zanglashi va boshqalar.
Tomlarni tekshirishda quyidagi kamchiliklar uchraydi:
a) tunuka tomlarda - qirra va choklarning ochilib qolishi; novlarda choklarning bir yoqlama bo‘lishi; tunukaning chirib yoki tashqi ta’sir oqibatida teshilishi;
b) donali elementlar (asbest-sement plitalar va listlar cherepitsa, donador metall tunukalar va boshqalar) dan yopilgan tomlarda - ayrim elementlarning shikastlanishi va o‘z joyidan siljib qolishi; ularni bir-birini yaxshi qoplamasligi, mahkamlanishini bo‘shashib qolishi;
v) rulon materiallardan (polizol) yopilgan tomlarda-oralariga suv va havo kirib qolishi; choklarning ajralishi, rulon to‘shamaning ko‘chib ketishi, ustki himoya qatlamining yorilishi va boshqalar.
Tomlar binoni quyosh, yomg‘ir, qor va boshqa tabiat hodisalaridan saqlovchi konstruksiyalar bo‘lgani uchun ularni soz holatda saqlash, binoning boshqa qismlarini saqlashda katta rol o‘ynaydi.
Shu sababli tomlardagi aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf qilinishi lozim.
Binodan suvni chetlatuvchi qurilmalar uni ortiqcha namiqishdan saqlaydi. Novlar, ichki suv chetlatuvchi quvurlarda iflosliklar (barglar, qum, loylar) to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Qora metall quvurlar, tashqi qora tunuka novlar va ularni mahkamlovchi temir detallar har 3 yilda moyli bo‘yoq bilan bo‘yalishi shart.
Tomdagi ichki suv chetlatish qurilmalarining suv qabul qilib oluvchi voronkalarni ifloslanishdan saqlovchi maxsus himoya qalpoqchalari bo‘lishi lozim.
Derazalar va eshiklarni ko‘zdan kechirganda kesakilarning devorlarga hamda deraza tokchalaridagi suv chetlatadigan tunuka qoplamaga tutashgan joylariga, uning nishabi va deraza hamda eshiklar tavaqalarining ahvoliga, oshiq-moshiqlar va qulf-zulfinlariga e’tibor berish lozim. Deraza va eshiklarda uchraydigan asosiy nuqsonlar: kesakisi, deraza tokchasining taxtasi va romlarini chirishi, birikish joylarini qimirlab qolishi, zichligini buzilishi, oshiq-moshiq va qulflarini buzilishi, pardozini shikastlanishi deraza tokchalarining tunuka qoplamalarining shikastlanishi, oynalarini sinishi yoki qimirlab qolishi, yopilish zichligining buzilishi va boshqalar.
Bino xonalaridagi muhitning ko‘proq deraza va eshiklarning ahvoliga bog‘liq bo‘lgani sababli, ularning nuqsonlarini o‘z vaqtida tuzatish katta ahamiyatga ega.
Zinalarni ko‘zdan kechirishda uni ko‘tarib turuvchi qurilmalar, zina supalarining sirtlari, zinapoyalar va tutqichlar hamda zinalarning devorlarga tutashgan joylarining ahvoliga e’tibor berish lozim.
Singan zinapoyalar, qimirlab qolgan zinapoya panjaralari, panjaralarning shikastlangan qoplamalari binodan foydalanuvchi odamlarga shikast etkazishi mumkinligi sababli darhol tuzatilishi lozim.
Bino va inshootlarning muhandislik tizimi qurilmalaridan foydalanishga oid barcha ishlar ta’lim muassasasining bo‘linma (guruh) lari yoki ta’lim muassasasi texnikaviy xizmat ko‘rsatishga shartnoma tuzgan maxsuslashtirilgan pudratchi tashkilotlar (liftta’mir, issiqlik manbai, suvoqava va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Markazlashtirilgan isitish tizimi issiqlik manbaiga qarab suv yoki havo bilan isitadigan bo‘lishi mumkin. Ta’lim muassasalarining binolari fuqaro binolari tizimiga kirishi sababli ularda harorati 100°S dan past bo‘lgan suv bilan isitish tizimlari ishlatiladi.
Isitish tizimi ishga tushirilishidan oldin butun tizimning soz ishlashi tekshiriladi: tizimdagi tik quvurlar (stoyaklar)dagi jo‘mraklar sozlanadi; ko‘ndalang quvurlarning qiyaligi tekshiriladi va sinov vaqtida isimagan ayrim asboblar (radiatorlar)dagi havo tiqinlari yo‘qotiladi va hokazolar.
Issiq suv ta’minoti tizimi isitish tizimi bilan bir vaqtida tekshiriladi va undagi nuqsonlar tugatiladi.
Shamollatish qurilmalarining asosiy nosozliklariga quyidagilar kiradi:
- havo tortish panjaralarining va ularning kesakilarining yo‘qligi yoxud mavjudlarining yomon mahkamlanganligi;
- tirkab qo‘yiladigan tik shlak-gips qutilarning zichligi buzilgani;
- havo kanallariga biror narsa tiqilib qolishi;
- chordoqlardagi koroblar va shaxtalar zichligi buzilishi;
- chordoqlardagi koroblar ustidan o‘tish uchun o‘rnatilga zinapoyali ko‘prikchalarni nosozligi yoxud yo‘qligi;
- havo tortish shaxtalaridagi shiberlar yoki drossel-klapanlarning nosozligi yoxud yo‘qligi;
- shaxtalar tepasidagi himoya soyabonlari yoki deflektorlarning nosozligi yoxud yo‘qligi;
- shaxtalarning pardoz qatlamining buzilishi va boshqalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish binoning xonalarida toza va mo‘tadil havo bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga tashqaridagi havo qattiq sovub ketganda, shamollatish tizimini uzib qo‘yish (ventilyator orqali ishlaydigan tizimda) va tabiiy havo almashtiruvchi tizimlarda shamollatish panjaralarini yopib qo‘yishi lozim. Kun iligach shamollatish tizimlari qayta ishga tushiriladi.
Suv ta’minoti va oqova uzatish tarmoqlari binoga toza suvni etkazib berish va ifloslangan suvlar-oqavalarni binodan tashqariga uzatish uchun mo‘ljallangan.
Oqova uzatish tarmoqlarida uchraydigan asosiy nuqsonlar quyidagilardan iborat: oqova qabul qilib oluvchi asboblar (rakovina, unitaz, pissuar va hokazo)larning shikastlanishi, hojatxonalardagi yuvish bachoklaridan suv sizishi va to‘xtovsiz oqib turishi; sifonlar, tik quvurlar va oqova shahobchasiga axlatlarning tiqilib qolishi; reviziyalardan suv sizishi va boshqalar.
Oqova tarmoqlarining oqova qabul qiluvchi asboblari ulardan ehtiyosizlik bilan foydalanish natijasida shikastlanadi. Yuvish bachoklarining nosozligiga, zolotnik klapani zich tegib turmasligi yoki sharsimon klapan tirsagining sozlanishi buzilgani, shuningdek yuvish quvuri bachokga zich biriktirilmaganligi sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda qalpoq ostidagi va berkitish jo‘mragidagi rezina halqa uzilishi natijasida ham yuvish bachoki ishlamay qolishi mumkin.
Sifonlar, tik quvurlar va oqova shahobchalari tiqilib qolishi, tarmoqga suvda erimaydigan qattiq chiqindilar, latta bo‘laklari tashlanishi tufayli yuz beradi.
Bino va inshootlarning elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi:
- «Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari»;
«Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnikaviy foydalanish qoidalari»;
- «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari»;
- «Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari»;
- bino elektr qurilmalarining ijro sxemalari.
Ta’lim muassasalarida bino va inshootlarning elektr qurilmalariga ularning soniga qarab, tegishli bosh elektrik bo‘limlari (guruhlari) yoki elektriklar xizmat ko‘rsatadilar. Ularning tasarrufida binoga elektr kiritish qurilmasidan boshlab barcha elektr qurilmalari bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida tegishli mutaxassislar bo‘lmagan hollarda, ularga qarashli transformator podstansiyalariga shartnoma asosida tuman elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan sozlash va ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatiladi.
2.2-jadval
Turar joy binosining konstrukiv elementlari.

Poydevor

tasmasimon va chiziqli

Tashqi devorlar

panelli va g‘ishtli

Ichki devorlar

Sopol g‘ishtli

Qavatlar yopmalar

yig‘ma ko‘pg‘ovakli penelli plitalar

Isituvchi moslama (uteplitel)

keramzit shag‘al

Tom qismi

temir beton vibroprokat panellar bo‘ylab bitum surtilgan 2 qavatli o‘ramali to‘l


Binoning tashqi pardozi. Turar joy binosining old va orqa devorlari g‘ishtdan va suv emulsi hamda qolgan qismi sopol plitalari bilan pardozlangan. Tashqi deraza va eshiklarida alyuminiy profillari va yog‘li bo‘yoqlardan foydalanilgan. Bino proemlarining yonlari ham suv emulsiya bilan bo‘yalgan. Turar joy binosining boshqa tashqi qismi esa shaharsozlik normalariga mos keladigan pardozlash ishlaridan foydalanilgan.
Binoning ichki pardozi. Turar joy binosining ichki devorlari esa elimli bo‘yok ishlatilgan. Zinopoya marshlarida 0,9 m balandlikdagi moybo‘yokda bo‘yalgan (panelli), sanuzel devorlari 1,8 m balandlikda sopol plitalar bilan pardozlangan hamda undan yuqori qismi moybo‘yoq pardozlangan. Barcha xonadonlarning shiftlari elimli bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Eshik va romlar pardozlashda moyli bo‘yoqdan foydalanilgan. Xojatxona pollari sopol plitalar bilan qoplangan. Zinopoya marsh maydonchalari esa sementli qorishmadanligini takidlash mumkin. Qolgan xonadonlarda esa xonalarning pol qismi parket va linoleum yotqizilgan.
Ekspluatatsiya shartlari me’yoriy va loyiha hujjatlari talablariga javob beradi. Konstruktiv elementlarining tavsifi quyidagicha: poydevor – beton, devorlar – panelli-g‘ishtli, devor to‘siqlari – g‘ishtli, yopma – temir beton, tom – yumshoq, pol – beton, linoleum, pardozlash sifati – oddiy. Joriy ahvoli yaxshi.
2.3-jadval
Muhandislik ta’minoti tizimlari va jihozlarining tavsifi

Issiqlik ta’minoti

1.

Issiqlik tizimi gorizontal va vertikal trubali. Magistral quvurlar erto‘la poli bo‘ylab yotqizilgan.

2.

Issiqlik jihozlari silliq trubali registrlar va qisman cho‘yan radiatorlardan iborat.

3.

Issiqlik jihozlari va quvurlar moybo‘yoq bilan bo‘yalgan.

4.

Elevator tuguni er to‘lada joylashtirilgan

Suv ta’minoti

1.

Suv ta’minoti tizimi – xo‘jalik, ichimlik va yong‘in havfsizligiga mo‘ljallangan.

2.

Binoga bitta suv ta’minoti tizimining kiritilishi ko‘zda tutilgan.

3.

Suvning hisob nuqtasi binoga suv ta’minoti tizimining xar bir xonadon kirish joyiga o‘rnatilgan.

4.

Suv ta’minotining asosiy iste’molchilari bo‘lib san.uzellar va yuvinish xonalari hisoblanadi.

5.

Issiq suv ta’minoti elevator tugunidan olinishi ko‘zda tutilgan.

6.

Sovuq va issiq suv ta’minoti tizimining magistral tarmoqlari binoning devorlari bo‘ylab yotqizilgan.

Oqava suv tizimi (kanalizatsiya)

1.

Xo‘jalik-maishiy suv oqizish joylari shahar suv qochirish tizimiga biriktirilgan.

2.

Magistral tarmoqlar cho‘yan oqava trubalaridan ishlangan va xar bir xonadonlardan chiqayotgan oqavo suvlar vertikal chuyan quvurlarga biriktirilgan

3.

Kommunitsion jihozlaridan qochirish tizimi uchu cho‘yan va temir po‘lat trubalar ishlatilgan.

Elektr ta’minoti tizimi

1.

Asosiy – 220 V (bir fazali)

Aloqa tizimi

1.

Statsionar telefon.

Avtomobil kirishi

1

Umumiy


Biz o‘rganayotgan binoning joriy tahlillarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: tahlil qilinayotgan ob’ekt, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Yashnaobod tumanida joylashgan 4 qavatli turar joy binosi konstruksiya holatining kategoriyasi bo‘yicha I – normal kategoriyaga, kapitallik guruhi bo‘yicha 1 guruhga mansub. Ob’ekt quyidagi muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlangan: elektr, suv, oqava, issiqlik ta’minoti, aloqa tizimi

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish