Ўзбкистон республикаси


Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari



Download 2,55 Mb.
bet70/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

6.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari


Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq tо‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit munosabati ikki subyekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi о‘rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul kо‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz tо‘lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Kredit berilish muddatiga kо‘ra, uch turga bо‘linadi:
1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bо‘lgan kreditlar).
2. О‘rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bо‘lgan kreditlar).
3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq bо‘lgan kreditlar).
Halqaro kreditlar berilish muddatiga kо‘ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar о‘rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi.
Kredit va moliya tushunchalari о‘rtasida bir tomondan, umumiy-lik bо‘lsa, ikkinchi tomondan, farqli jihatlar mavjud.
Agar moliya barcha xо‘jalik subyektlarining о‘ziga tegishli pul mablag‘lari xususidagi aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, о‘zga mulki bо‘lgan pulni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir elementi hisoblanadi.
Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi ham pul mablag‘lari yuzasidan bо‘lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining har xil bо‘lishidan kelib chiqadi.
Moliyada о‘z mulki bо‘lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, xech bir xarajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa о‘zgalar pul mablag‘i-ni haq tо‘lagan holda vaqtincha ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit tovar-pul munosabatlariga xos bо‘lgan va pul harakatini bildiruvchi kategoriyadir.
Kredit subyektlari har xil bо‘lishi mumkin. Bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi.
Kredit obyekti – bu har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bо‘sh turgan, berilishi mumkin bо‘lgan pullar va tovarlardir.
Bо‘sh pul uch xil bо‘ladi:
- tadbirkorlar yoki katta puldorlar qо‘lidagi pul, ya’ni kapital;
- aholi qо‘lidagi pul – ertami-kech ehtiyojni qondirish uchun tо‘plangan pul, egasi qо‘lida kapital emas, balki iste’molni qondirish vositasi;
- davlat ixtiyoridagi pul. Bu pul ham kapital (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste’mol pulidir.
Qayd qilingan bо‘sh pullar ssuda fondini (qarz fondini) tashkil etadi. Bо‘sh pulllar quyidagi manbalardan kelib chiqadi:
- amortizatsiya pulining muddati tugagunga qadar tо‘planib borishi. Ammortizatsiya puli har yili ajratiladi va u bir necha yildan keyin ishlatilishi sababli ma’lum davr bо‘sh turadi;
- ishlab chiqarishni о‘stirish uchun foydadan investitsiya puli muqim ajratib boriladi, lekin bu pulni ma’lum miqdorda yig‘ilgandan sо‘ng investitsiya qilish mumkin;
- xom ashyo, yoqilg‘i va materiallar uchun oldin sarflangan pul tovar sotilishi bilan egasiga qaytib beriladi, lekin ularni yangidan sotib olish shu vaqtning о‘zida yuz bermaydi. Ammo bu mablag‘lar dastlab joriy schyotga kelib tushadi. Bu resurslar depozit qilib rasmiylashtirilgindan keyingina kredit resurslari sifatida hisobga olinadi;
- foydadan ajratilgan ijtimoiy fondlar pulining kelib tushish vaqti bilan ishlatish vaqti ham tо‘g‘ri kelmaydi, natijada pul bо‘sh qoladi;
- ish haqi pulining kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. Ma’lumki, tovar sotilgach, pul tushib turaveradi, ish haqi har kuni emas, har 15 kundan sо‘ng beriladi. Natijada, ish haqi fondining puli ham bо‘sh turishi mumkin;
- fuqarolarning iste’molchi sifatida karilikni ta’minlash, qimmatbaho tovar olish, sayohat qilish yoki katta marosim о‘tkazish uchun jamlangan puli bо‘ladi, u yetarli mikdorga borguncha, yoki ishlatish fursati kelguncha bо‘sh turadi;
- davlat byudjetiga pul daromadlarining kelib tushishi va ularning sarflanishi ham bir vaqtda yuz bermaydi;
- turli-tuman xayr-ehson va sug‘urta pullarining hosil bо‘lishi va ishlatilishi ham turli vaqtda yuz berganidan, uning bir qismi sarflanmay, bо‘sh turib qoladi.
Xullas, jamiyatdagi pul resurslari harakatining notekis bо‘lishi, bir qism pulning bо‘sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi.
Kredit tо‘rt xil vazifani bajaradi:
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan tо‘lov vositalari (masalan, veksel, chek, sertifikat va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xо‘jalik oborotiga jalb qiladi.
Ikkinchidan, bо‘sh pul mablag‘larini harakatdagi, ishdagi kapi-talga aylantirib, pulni pul topadi, degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag‘larini turli tarmoqlar о‘rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining kо‘chib turishini ta’minlaydi.
Tо‘rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantiriladi.
Kredit va undan foydalanishda turli natijalarga erishiladi. Bu natijalar ijobiy yoki salbiy bо‘lishi mumkin. Ijobiy natijalar deganda, kreditdan samarali foydalanish natijasida qо‘lga kiritilgan yutuqlar tushuniladi. Masalan, Andijonning Asaka shahrida asosan, bank krediti hisobidan qurilayotgan yangi avtomobil zavodi respublikaning yengil avtomobillarga bо‘lgan ehtiyojini ma’lum darajada qondirsa va jahon bozorida munosib о‘rin egallasa, bu kreditning ijobiy yо‘li hisoblanadi.
Kreditning salbiy roli, asosan, quyidagi ikki holatda namoyon bо‘ladi:
- kredit turli yо‘llar bilan asossiz ravishda kо‘p berilsa va oqibatda pul massasi kо‘payib, milliy pul qadrsizlansa;
- agar olingan halqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat о‘zining boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa.
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi о‘rtasida bevosita va bilvosita bо‘lishi mumkin. Birinchi holda ular tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular aloqachi vositachilar orqali yuz beradi. Shunga qarab, kreditning quyidagi asosiy shakllari kelib chiqadi:
1. Tijorat krediti.
2. Bank krediti.
3. Iste’molchi krediti.
4. Davlat krediti.
5. Halqaro kredit.
Tijorat krediti – bu sotuvchilarning haridorlarga tovar shaklida beriladigan kreditidir. Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini tо‘lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Tijorat kreditini nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi.
Nasiyaga olish orqali berilgan qarz yig‘indisi tovarning о‘z narxi va mikdoriga bog‘liq bо‘ladi. Masalan, 1000 metr duxoba nasiyaga har bir metri 2 dollardan beriladi. Bunda duxoba egasining haridorga bergan qarzi 2000 dollarni (1000x2) tashkil etadi.
Tijorat kreditida foiz nasiyaga sotilgan duxoba narxiga ustama shaklini oladi, shu sababli, duxoba nasiyaga о‘z narxidan yuqori narxda beriladi. Masalan, duxoba naqd pulga har metri 2 dollardan sotilsa, nasiyaga 2,5 dollar ustama foiz bо‘ladi. Bizning misolimizda 1000 metr duxobaga ustama 500 dollarni tashkil etadi (1000 x 2,5 = 2500; 2500 – 2000 = 500).
Tijorat krediti berishning, asosan, beshta usuli mavjud:
- veksel usuli;
- ochiq schyot orqali berish, chegirma berish usuli;
- mavsumiy kredit;
- konsignatsiY.
Veksel usulida tovar yetkazib berilganda sotuvchi haridorga trattani taqdim etadi. Haridor о‘z navbatida, uni akseptlaydi, ya’ni trattada kо‘rsatilgan summani о‘z vaqtida tо‘lashga rozilik beradi.
Ochiq schyot orqali tijorat kreditini berishning mazmuni shundaki, haridor tovarga buyurtma berishi bilanoq u yuklab jо‘natiladi, tо‘lov esa о‘rnatilgan muddatlarga vaqt-vaqti bilan amalga oshirib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib о‘tirmaydi, ya’ni kreditga murojaat qilmaydi.
Chegirma berish usulida haridor tо‘lov hujjatlarini yozilgandan sо‘ng, shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida tо‘lovni amalga oshirsa, tо‘lov yig‘indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davr ichida tо‘lay olmasa, unda tо‘lovni belgilangan muddatda tо‘liq amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit, odatda, о‘yinchoqlar, suvenirlar va boshqa keng iste’mol mollarini sotishda keng qо‘llaniladi. Masalan, chakana savdo tashkilotlari yil davomida archa о‘yinchoqlarini sotib oladilar va shu yil bilan о‘yinchoqlar uchun katta zaxira tо‘playdilar. О‘yinchoqlar haqini esa yangi yil bayrami о‘tgandan sо‘ng yanvar-fevral oylarida tо‘laydilar. Ishlab chiqaruvchilar uchun bunday usulning qulayligi shundaki, ular о‘yinchoqlarni omborlarda saqlash xarajatlaridan xolos bо‘ladilar.
Konsignatsiya – bu shunday usulki, bunda sotib oluvchilar tovarlar-ni majburiyatsiz sotib oladilar, ya’ni tovar sotilgandan sо‘ng puli tо‘lanadi. Agar tovar sotilmay qolsa, u egasiga qaytarib beriladi.
Bank krediti. Bank va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning sohiblariga foiz tо‘lash sharti bilan о‘z qо‘lida jamlaydilar va о‘z nomidan qarzga berib, foiz oladilar. Bunda uch subyekt:
- pul egasi;
- kredit tashkiloti;
- qarz oluvchining kredit aloqasi paydo bо‘ladi.
Banklar orasida tijorat banklari markaziy bо‘g‘in hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati» tо‘g‘risidagi Qonuniga kо‘ra, tijorat banklari aksiyali, pay asosida tashkil topgan va xususiy bо‘ladiki, ular «kredit hisob-kitob va о‘zga xil bank xizmati»ni kо‘rsatadilar.
Banklar qarzni ishonchli, pulni samarali ishlatishga qodir xо‘jalik subyektlariga qarz beradilar. Ular, о‘z navbatida, bu pulni investitsiya uchun sarflab, iqtisodiyotni о‘stirishga erishadilar. Bank ishonchli mijozlarni tanlagan holda, qarzni ularning mol-mulki yoxud boshqa boyligi garovga qо‘yilgan sharoitda beradi. Masalan, bank fermerga 15000 dollar qarz bersa, uning garovga qо‘yilgan mulki qiymati shu summadan kam bо‘lmasligi kerak.
Iste’molchi krediti. Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bо‘ladi. Masalan, AKShda banklar iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar harid etiladi, harid puli banklar va magazinlar bergan schyotga qarab tо‘lanadi. Bunday kredit g‘oyat imtiyozli bо‘ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan kam bо‘ladi, xatto foizsiz ham bо‘lishi mumkin.
Iste’molchi krediti aholining iste’mol ehtiyojlarini qondi-rishga mо‘ljallangan. U tovar va pul shaklida bо‘lishi mumkin. Xusu-san, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadlariga beriladigan uzoq muddatli kreditlar – pul shaklidagi iste’molchi kreditlaridir.
Davlat krediti. Banklar davlatga ham qarz beradi. Shu bilan birga undan qarz ham oladi. Bunda davlat krediti paydo bо‘ladi. Qarz va uning foizi byudjet hisobidan qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam hollarda banklar bо‘ladi. Kо‘pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va tashkilotlar bajaradi.
Davlat qarzni turli shaklda, avvalo, davlat zayomlari shaklida oladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bо‘lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib olish va foiz tо‘lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy va mahalliy xokimiyatlar chiqaradi. Zayomlar qarz haqi tо‘lash jihatdan foiz tо‘lanadigan, yutuq chiqadigan, ham yutuq, ham foiz beriladigan va ba’zan, foizsiz ham bо‘ladi.
Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini о‘tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat о‘z mablag‘lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz ham beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan korxona, firma va tashkilotlarga ularning moliyaviy sanatsiyasi uchun sarflanadi. Mazkur qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz tо‘lash sharti bilan beriladi. Ammo foiz g‘oyat imtiyozli bо‘ladi va daromad olishni kо‘zlamaydi. Davlat о‘z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Halqaro kredit – bu ssuda kapitalining halqaro miqyosdagi harakati bо‘lib, bu harakat tovar va valyuta kо‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlik, muddatlilik va haq tо‘lashlik asosida berish bilan bog‘liqdir.
Halqaro kredit munosabatlarida qatnashuvchi subyektlar bо‘lib, tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, xukumat, yirik korporatsiyalar hamda halqaro va regional moliya-kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Halqaro kreditning asosiy shakllari sifatida firmaviy kredit, akseptli kredit, akseptli-rambursli kreditlarni kо‘r-satish mumkin.
Firmaviy kredit – bu bir mamalakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakatdagi firmaga berilgan kreditdir. Uning eng keng tarqalgan turi – bu eksportyorning importyorga tovarlarni tо‘lov muddatini kechiktirish asosida sotishga asoslangan kreditdir.
Akseptli kredit – bu yirik banklar tomonidan trattalarni akseptlash shaklida beriladigan kreditlar. Agar eksport qiluvchi import qiluvchining tо‘lovga qobilligiga shubxa qilsa yoki tо‘lov yig‘indisini tezda olishni xohlasa, ushbu kreditdan foydalaniladi.
Akseptli-rambursli kreditning ma’nosi shundaki, eksport qiluvchining vekseli uchinchi mamlakat banki tomonidan akseptlanadi va importyor vekselda kо‘rsatilgan yig‘indini akseptlangan bankiga о‘tkazadi.
Ma’lumki, xususiy banklar ham halqaro tashkilotlar (Halqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqalar) kabi halqaro kreditlar beradilar. Ammo ularning kreditlarning berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qiladi.
Bu farqlar quyidagilardan iborat:
- halqaro tashkilotlar, odatda, uzoq muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi;
- halqaro tashkilotlar beradigan kreditlarning foiz stavkasi kichik. Odatda, yiliga 7-9%ni tashkil qiladi. Xususiy banklarniki esa nisbata yuqori, kо‘pchilik hollarda 18-20%dan iborat bо‘ladi;
- halqaro tashkilotlar iqtisodiyotni barqarorlashtirish dastur-lari asosida kredit beradi. Bunda aniq dasturlar ularning ekspertlari tomonidan kо‘rib chiqiladi. Bundan tashqari halqaro tashkilotlar kredit oluvchi mamlakatlardan ma’lum kо‘rsatkichlarga – byudjet defitsitini yalpi milliy mahsulotga nisbatan ma’lum nisbatini, inflyatsiyaning oylik darajasi va hokazolarga rioya etilishini talab qiladi; xususiy banklar esa, bu taxlitdagi dasturlarga, kо‘rsatkichlarga rioya qilishni talab etmaydi;
- xususiy banklar beradigan halqaro kreditlar hajmida ta’minlangan kreditlarning salmog‘i katta bо‘ladi. Halqaro tashkilotlarning kreditida esa aksincha, ularning salmog‘i, odatda, kichik bо‘ladi.
Kredit jamiyatdagi vaqtinchalik bо‘sh pul mablag‘larini pullarga ehtiyojmand bо‘lgan subyektlar о‘rtasida taqsimlaydi. Bu taqsimlash jarayoni qayta taqsimlash deyiladi, chunki bu mablag‘lar moliya kategoriyasi yordamida birlamchi taqsimlash jarayonidan о‘tgan mablag‘lardir. Bizga ma’lumki, moliya kategoriyasi yordamida milliy daromad dastlabki taqsimlanganda tо‘rt yirik qismga bо‘linib ketadi:
- moddiy ishlab chiqarish sohasida band bо‘lgan xodimlarning ish haqi;
- moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning foydasi;
- banklar bergan kredit uchun foiz stavkasi;
- yer egalarining yer rentasi.
Bu pul mablag‘lari banklarning kredit resurslari uchun manba hisoblanadi. Masalan, ish haqini olaylik, korxonalarda ish haqi, odatda, oyiga 2 marta tо‘lanadi. Ish haqiga mо‘ljallangan mablag‘lar ishlatilgunga qadar kredit berish maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Yoki korxonalar foydasi hisobidan tashkil etiladigan fondlarni olaylik. Ular ham kredit resursi sifatida ishlatiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish