Ўзбкистон республикаси



Download 2,55 Mb.
bet78/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

Asosiy adabiyotlar


1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasi-dagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini tako-millashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi 2005 yil 15 iyundagi PQ-100-son qarori. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
4. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003
5. Lapusta M.G., Predprinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.

8-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

AXBOROT BILAN TA’MINLASH

8.1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborotning ahamiyati


Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bо‘ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va haridorlar о‘rtasidagi aloqa shaklidir.
Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta’minot bо‘yicha, xodim-lar bо‘yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan ishlaydilar.
Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va meyoriy axborotlarga bо‘linadi.
Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat bо‘ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik iqtisodiy kо‘rsatkichlarini moddiy va mehnat xarajatlari hajmini, naqd pul harakatini, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotlarni о‘zida aks ettiradi.
Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’-molchilarni, hokimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bо‘ladigan aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit xabarlaridan iborat bо‘ladi.
Foydalanish vaqti bо‘yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli, о‘zgarish darajasi bо‘yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bо‘linadi.
Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol о‘ynaydi, chunki ular tovar ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Kichik korxonalar uchun ilmiy-texnik axborotlarning roli ham muhim, ular ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi.
Doimiylik darajasi bо‘yicha axborotlar axborotlar doimiy, shartli-doimiy va о‘zgaruvchan bо‘ladi. Doimiy axborot о‘z ma’nosini uzoq vaqt davomida о‘zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovarlar turlari va boshqalar haqidagi axborotlar).
Shartli-doimiy axborotlar ma’lum vaqt davomida о‘z ma’nosini saqlab turadi. Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, meyorlar, tarif miqdorlari, lavozim, ish haqi va hokazolar kiradi.
О‘zgaruvchan axborotlar harid qilish va sotishning о‘sishini aks ettiradi. Ular qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda, ularni olishdan ma’no qolmaydi.
Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat – bu axborot tarqatuvchi vositadir.
Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlarni о‘quvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning meh-nat xarajatlari hujjatning shakllariga bog‘liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bо‘lishi mumkin emas.
Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqa-larni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni sotuvchilar va haridorlar, turli muassasalar о‘rtasida zarurdir.
Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng murakkab muammolaridan biridir.
Samarali ishlayotgan ishbilarmonlar – bu aloqa va axborot vositalaridan о‘z о‘rnida unumli foydalanayotgan kishilardir. Ular aloqa va axborot jarayonlarining mohiyatini tushunadilar, og‘zaki va yozma muomalani uddasidan chiqa oladilar.
Aloqa jarayoni – bu ikki yoki undan ortiq kishilar о‘rtasida axborot ayirboshlash jarayonidir. Aloqa qilish jarayonining asosiy vazifasi – almashuv mavzui bо‘lgan axborotni tushunishni ta’min-lash. Ammo axborot almashinuvining о‘zi axborot almashinuvida ishtirok etayotgan ishbilarmonlarning aloqalari samaradorligiga kafolat bermaydi.
Axborot almashinuvi jarayonida tо‘rtta element ishtirok etadi: axborot jо‘natuvchi, xabar-axborotning о‘zi, kanal-axborotni uzatuv-chi vosita va axborot oluvchi. Bu zaminiy elementlarning ishi aniq yо‘lga qо‘yilgan bо‘lishi, axborot buzilgan bо‘lmasligi kerak.
Axborot almashuvi chog‘ida ikki tomon (sotuvchi va xaridor) muhim rol uynaydi. Agar sotuvchi tovar narxini aytsa, bu faqat axborot almashinuvining boshlanishi. Axborot almashuvi samarali bо‘lishi uchun haridor tovarni shu narxga harid qilishga rozi ekanligini sotuvchiga xabar qilishi lozim.
Agar bir tomon axborotni takdim etsa va boshqa tomon uni buzmasdan qabul qilsa, u holda axborot almashinuvi sodir bо‘ladi. Shu bois aloqa jarayoniga alohida e’tibor berishi kerak.
Aloqa texnikasi turli-tumandir. Biznesda aloqa texnikasi vositalaridan biri – kompyuterlashtirishdir.
Kompyuterlashtirishning ahamiyati bozor munosabatlariga о‘tish, ishbilarmonlarning jahon bozoriga chiqish munosabati bilan taqqoslab bо‘lmaydigan holda о‘smoqda. Ma’lumki, jahon amaliyotida kompyuterlashtirish kundalik va muhim texnika bо‘lib qolgan. Kompyuterlar yordamida biznes-rejalar tuziladi, mehnatga haq tо‘lash ishlari amalgan oshiriladi, bozorlar tadqiq qilinadi, chakana va ulgurji savdolar о‘rganiladi.
Aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bо‘lsak, axborot biznesda, kichik va xususiy tadbirkorlikda katta ahamiyatga ega bо‘lib, ular qabul qilinayotgan qarorlarning manbai hisoblanadi. Haqiqatda axborotlarsiz, kerakli ma’lumotlarsiz hech kim ishlay olmaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliyligi, kichik va xususiy tadbirkorlikning samaradorligi axborotlar sifatiga, uni о‘z vaqtida yig‘ish, uzatish va qayta ishlashga bog‘liq.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish