7.2. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar О‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar tо‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy byudjetlarga soliqlar tо‘laydilar.
Soliqlar – bu byudjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq tо‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan davlat о‘rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi.
Soliqlar, eng avvalo, davlatning vazifalarini moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi.
Davlat oldida turgan umumiy-ijtimoiy zaruriy vazifalarga hozirgi sharoitda quyidagilar kiradi:
- aholining kam ta’minlangan tabaqalari (talabalar, nafaqaxо‘rlar, nogironlar va boshqalar)ni ijtimoiy himoya qilish;
- mamlakat mudofaasini ta’minlash;
- mamlakat fuqarolarining tinch mehnat qilishi va erkin yashashi muhofazasini ta’minlash;
- mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlar (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqalar)ni amalga oshirish;
- xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarni о‘rnatish;
- bozor infratarkibini yaratish va hokazo.
Bu vazifalarni amalga oshirish nihoyatda kо‘p moliyaviy resurs-larni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslarni faqat soliqlar va soliq xarakteriga ega bо‘lgan tо‘lovlar orqali amalga oshirish mumkin.
Amaldagi qonunchiliklarga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi.
О‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar va yig‘imlar amal qiladi:
- umumdavlat soliqlari;
- mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
- qо‘shilgan qiymat solig‘i;
- aksiz solig‘i;
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulk solig‘i;
- yer solig‘i;
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
- savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;
- yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni rо‘yxatga olganlik uchun yig‘im;
- avtotransport tо‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im;
- obodonchilik ishlari uchun yig‘im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig‘im;
- va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bо‘lgan yig‘imlar.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetga о‘tkaziladi.
Soliq nimaga olinsa, о‘sha narsa soliq obyekti bо‘ladi. Soliq obyekti 3 guruhga bо‘linadi: oborot, daromad va mulk.
Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomoni-dan belgilab qо‘yilgan meyori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki foizlarda obyektga nisbatan qо‘l-laniladi.
Soliq stavkalari proporsional, progressiv va regressiv kо‘rinishlarda bо‘lishi mumkin.
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bо‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bir xil proporsiyada (ulushda) soliq tо‘laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy о‘rnatilgan bо‘lib, proporsional ravishda olinadi. Masalan, korxona asosiy fondlarining о‘rtacha yillik qiymati 200 mln sо‘m bо‘lib, undan undiriladigan soliq stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun 4 mln. sо‘mni (200 mln x 2:100) tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi kо‘zda tutilgan bо‘lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bо‘lmaganlardan olinadigan daromad solig‘i stavkasida yaqqol kо‘rishimiz mumkin.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad о‘sishi (oshishi) bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi kо‘payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish kо‘payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday korxona byudjetga kam soliq tо‘lay boshlaydi. Reg-ressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirish yoki о‘z foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag‘batlantirish maqsadida qо‘llaniladi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim mahsulotlar aksiz solig‘iga tortiladi.
Aksiz – bu ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qо‘yiladigan egri soliqdir. Egri soliq deb atalishining sababi – uning byudjetga tо‘lovchilari aksiz osti tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir. Ammo, soliqni haqikiy tо‘lovchilari mahsulolt yetkazuvchilardan tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni iste’molchi-lardir. Shuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol solig‘i deb ham ataladi.
Aksiz solig‘i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Aksiz solig‘i stavkalarini О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilash har yilgi byudjetning asosiy kо‘rsatkichlari belgilanganda kо‘rsatiladi. Biroq, yil davomida aksiz stavkalariga о‘zgartirishlar kiritib borilishi mumkin.
Aksiz solig‘i tо‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxo-nalar, mulk shaklidan qat’iy nazar, shu tovarlarni eksportga chiqarsalar, aksiz solig‘i tо‘lashdan ozod bо‘ladilar. Kizil Yarimoy jamiyati korxonalari о‘zlari ishlab chiqargan tovarlardan kelgan daromadlarini jamiyatning Ustavida kо‘zda tutilgan vazifalarni bajarishga sarflasalar, u holda ular ham aksiz solig‘i tо‘lashdan ozod bо‘ladilar.
Aksiz solig‘i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar tovarlar mamlakat ichida ishlab chiqilsa va sotilsa, aksiz solig‘i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ASS = STO * A / 100;
bu yerda, ASS – aksiz solig‘i summasi, sо‘m.
STO – soliqka tortiladigan oborot, sо‘m.
A – soliq stavkasi,%.
Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aksiz solig‘i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
STO = F * A * 100 / (100 - A);
Bu yerda, STO – soliqka tortiladigan oborot, sо‘m.
F – keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, sо‘m.
A – soliq stavkasi, %.
Aksiz solig‘i byudjetga ikki xil muddatda – har kuni va har о‘n kunda tо‘lanadi.
Birinchi usul vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda tо‘lov tovarlarning haqiqiy oboroti amalga oshgandan sо‘ng uning uchinchi kunida tо‘lanadi. Ikkinchi usulda aksiz osti tovar-lari sotuvchi korxonalarning haqiqiy oborotidan har о‘n kun о‘tishi bilan soliq tо‘lanadi, ya’ni:
- birinchi о‘n kunlik uchun – shu oyning 13-sanasiga;
- ikkinchi о‘n kunlik uchun – shu oyning 23-sanasiga;
- uchinchi о‘n kunlik uchun – kelgusi oyning 3-sanasiga soliq tо‘laydi.
Aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq tо‘lovini hisoblash chog‘ida soliqqa tortiladigan baza aksiz solig‘i summasiga kamaytiriladigan tartib о‘rnatildi. Yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq tо‘lovini tо‘lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida tо‘lash huquqi berildi. Ilgari mikrofirmalar va kichik korxonalarga yagona soliq tо‘lash bо‘yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq tо‘lovini tо‘lash chog‘ida saqlab qolindi. Yagona soliq tо‘lovini tо‘laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi tо‘lashdan ozod qilindi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlan-tirishni rag‘batlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes subyektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yо‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar tо‘lash о‘rniga yagona soliq tо‘lovi joriy etildi.
Mazkur farmonga binoan, yagona soliq tо‘lovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha har chorakda tо‘lanishi belgilab qо‘-yilgan.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq tо‘lovi stavkalari 7-jadvalda keltirilgan.