Asosiy adabiyotlar
1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini tako-millashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi 2005 yil 15 iyundagi PQ-100-son qarori. Xabarnoma jurnali, 2005 yil, 2-son.
3. Qosimova M.S., Xodiyev B.Y., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. О‘quv qо‘llanma. –T.: О‘qituvchi, 2003.
4. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004.
7-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING BANK, SOLIQ VA AUDIT BILAN ALOQALARI 7.1. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli
Bozor iqtisodiyoti о‘tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshla-nishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. Jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e’tibor beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, ular olib borayotgan faoliyat – xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, kо‘rsatiladigan xizmatlarga haq tо‘lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqalar yuridik shaxslar bilan bо‘ladigan iqtisodiy munosabat-lar, ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq tо‘lash, transport, kommunal xizmatlar uchun tо‘lovlarning barcha turlari banklar orqali, о‘z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar bank va banklar bilan bо‘ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xо‘jaligining muhim xо‘jalik yuritish qismi bо‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog‘langanligi bugungi kunda hammaga ma’lumdir. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQShda bank tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bо‘lib, tadbirkorlikning aktiv iqtisodiy faoliyat kо‘rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat kо‘rsatadi.
Bank operatsiyalari aktiv va passiv operatsiyalardan iborat bо‘lib, passiv operatsiyalar pul mablag‘larini ma’lum bir yо‘nalishga safarbar etishga qaratilgan bо‘ladi. Banklar passiv operatsiyalar orqali jamg‘armalarni va vaqtinchalik bо‘sh turgan mablag‘larni ishlab chiqarishga safarbar etib, foyda oladi. Aktiv operatsiyalar turli xarakterdagi kreditlarni berish operatsiyalari bilan bog‘liq bо‘lib, quyidagi elementlari bо‘yicha turkumlanadi:
Muddatlari bо‘yicha kreditlar qisqa, о‘rta va uzoq muddatga mо‘ljallangan bо‘ladi.
Kreditlar hajmi bо‘yicha kichik, о‘rta, yirik mikdorda har bir mijozga individual va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda beriladi.
Ayrim turlari bо‘yicha mahsus kafolatni talab qiladigan, garov evaziga beriladigan kreditlar bо‘ladi.
Kreditlarni turlari bо‘yicha, ya’ni davlat, tijorat, halqaro va boshqa turlari bо‘yicha berish.
Zayomni turlari bо‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga berish.
Vaqtinchalik foydalanish uchun, iste’mol uchun, qarzlarni tо‘lash uchun, eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun beriladigan kreditlar.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari о‘z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bо‘ladilar. Bu jarayon oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar, asosan, korxonalar orqali bank о‘z faoliyatini olib borganligi bilan xarakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishga о‘z mablag‘larini safarbar etib boradilar.
Tadbirkorlarning banklar bilan bо‘ladigan operatsiyalarida kо‘pgina erkinliklar berib qо‘yilganligi shunda namoyon bо‘lmoqdaki, xususiy tadbirkor о‘z jamg‘armasini О‘zbekistonning turli banklaridagi о‘z hisob schyotida saqlash, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega. Banklar bilan tadbirkorlar о‘rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul о‘tkazish yо‘li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bо‘lgan hujjatlarni saqlashni kafolatlab beradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar bilan bо‘ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshiriq qog‘ozi bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyalarni bajarishi zarur.
Mulk egalari hisobiga pul о‘tkazish shahar ichida 4 ish kunida, viloyat ichida 5 ish kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bu qonun shartlari buzilsa, mijozga yillik foiz miqdorida bank jarima tо‘laydi. Bank mijozlarning arizasiga binoan ularga tegishli operatsiyalarni bajaradi. Banklar tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan kiritilgan о‘zgarishlardan, qoidalardan ayniqsa, hisoblar bо‘yicha naqd pulsiz tarzdagi operatsiyalar bо‘yicha о‘zgarishlardan xabardor qiladi. Bank mijozga kechikib о‘tkazgan operatsiyalari uchun, pulni notо‘g‘ri jо‘natganligi uchun, aybdor sifatida, har bir kun uchun о‘tkazilayotgan summaning 3 foizi mikdorida jarima tо‘laydi. Bankning aybi bilan hisob hujjatlari yо‘qolsa, mijozga hujjatda kо‘rsatilgan summaning har bir kuni uchun 3 foiz miqdorida jarima tо‘lanadi. Tadbirkor tomonidan bankka notо‘g‘ri ma’lumot berilgan bо‘lsa, (masalan, pul о‘tkazish bо‘yicha mijozning adresi notо‘g‘ri kо‘rsatilgan bо‘lsa), mijoz 5000 sо‘m jarima tо‘laydi, agar shu hol takrorlansa, bank mijozga xizmat kо‘rsatish faoliyatini tо‘xtatadi.
Tadbirkorlar bilan bank о‘rtasida kredit berish bо‘yicha bо‘ladigan operatsiyalar ikki tomon о‘rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlarini chuqur о‘rganib, unga rioya qilishi lozim.
Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarining hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog‘liqligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta, ham xorij valyutasida operatsiya-larni bajarishiga tо‘g‘ri kelmoqda. Ayniksa, tashqi savdo jarayon-lari bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq.
Valyuta operatsiyalari valyuta kursi bо‘yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi. Halqaro maydonda AQSH dollari valyuta kotirovkasida baza sifatida qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi, kurs bо‘yicha, AKSH dollariga solishtirib boriladi. Dollar kursi abadiy bо‘lmay, u ham о‘zgarib turadi. Bu о‘zgarish har kuni ham bо‘lishi mumkin. Shuning uchun banklar kursni bank faoliyat boshlash yoki yopilish vaqtidagi kurslar bо‘yicha hisob-kitob ishlari olib boradi. Valyuta kursining о‘zgarib borishi haqida har xafta matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Valyuta operatsiyalarida asosiy о‘rinni kredit, qimmatli qog‘ozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va sotish kabilar egallaydi. Xо‘jalik yuritish jarayonida xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob schyotiga ega bо‘lish huquqini olib, erkin tarzda valyutani sotib olishlari ham mumkin. Tadbirkorlar ham, xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishi uchun valyutani erkin sotib olish huquqiga egadirlar.
Umuman, bozor iqtisodiyoti jahondagi rivojlangan mamlakat-larning muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog‘liq bо‘lgan faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya harid qilib, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalarida xizmat sifatini oshirishga, ishlab chiqarish sohasida sifatli tovarlar ishlab chiqarib, uni sotishdan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bо‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |