Ўзбкистон республикаси


Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi kо‘rsatkichlar



Download 2,55 Mb.
bet69/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

6-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING MOLIYAVIY FAOLIYATI

6.1. Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi kо‘rsatkichlar


Kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyati ularning davlat, boshqa korxonalar, tashkilotlar va shaxslar bilan о‘zaro munosabatini tartibga solish bilan bog‘liq bо‘lgan pul hisob-kitoblarini ifodalaydi.
Kichik biznes korxonalarining ish faoliyati uning moliyaviy ho-lati bilan chambarchas bog‘langanidir. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faoliyatining natijalarini aks ettiradi va rejada belgilangan ishlarning bajarilishiga ta’sir kо‘rsatadi. Har bir kichik korxonaning moliyaviy xо‘jalik faoliyatini tо‘g‘ri olib borilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi kо‘rsatkichlardan asosiysi foydadir.
Korxonalar foydasining turlari quyidagilardan iborat:
a) mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF). Bu sotishdan tushgan sof tushum (ST) va sotilgan mahsulotning tannarxi (MT) о‘rtasidagi farqdan iborat, ya’ni

YAF = ST – MT;




b) asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tushgan foyda (ICHF). Bu ma’lum davr ichida mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF) va xarajatlar (Aharaj.) о‘rtasidagi farq va plyus boshqa asosiy faoliyat sohalari daromadlari (Bdar.) yoki kamomadlari (Bkam.) ayirmasidan iborat, ya’ni:

ICHF = YAF – Aharaj. + Bdar. – Bkam.;




v) umumiy xо‘jalik faoliyatidagi foyda (UXF). Bu algebraik ifodalar yig‘indisi tarzida ifodalanadi: asosiy faoliyatidagi foyda (AFF) plyus dividendlar (DD) va foizlar bо‘yicha daromadlar (FD) plyus (yoki minus) chet el valyutalari bо‘yicha operatsiyalaridan olingan daromadlar (yoki kamomadlar) (CHEV) plyus (yoki minus) qim-matbaho qog‘ozlarni qayta baholashdagi daromadlar (yoki kamomadlar) (KKKB) minus foizlar bо‘yicha xarajatlardan (FX) iborat, ya’ni:

UXF = AFF + DD + FD  CHEV  KKKB – FX;




g) soliq tо‘lovlarigacha bо‘lgan foyda (SF). Bu kо‘rsatkich ham algebraik ifodalar yig‘indisi tarzida ifodalanib, umumiy xо‘jalik faoliyatidagi foyda (UXF) va tasodifiy (kо‘zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (TFK) saldosidan iborat, ya’ni:
SF = UXF  TFK;


d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni tо‘lab bо‘lgandan sо‘ng korxona hisobiga qoladigan daromad, ya’ni soliq tо‘lovlarigacha bо‘lgan foydadan (SF), daromad yoki foyda solig‘ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki tо‘lovlarni (BS) olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya’ni:
YSF = SF – FS – BS;


Korxonalarning xо‘jalik faoliyatini yuritishi davomida kelib chiqadigan xarajatlar о‘z xususiyatlariga kо‘ra quyidagicha tasnif-lanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi:
a) tо‘g‘ri va egri moddiy xarajatlar;
b) tо‘g‘ri va egri mehnat xarajatlari;
v) boshqa tо‘g‘ri va egri xarajatlar.
Ma’lum davrdagi xarajatlar:
a) sotish bilan bog‘liq xarajatlar;
b) boshqarish bilan bog‘liq xarajatlar (ma’muriy xarajatlar);
v) boshqa jarayonlar bilan bog‘liq xarajatlar.
Moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq xarajatlar:
a) foizlar bо‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan bog‘liq operatsiyalarda kurslarning salbiy farqi;
v) qimmatbaho qog‘ozlarni qayta baholash;
g) moliviy faoliyat bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
Tasodifiy xarajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan xarajatlar).
Korxonalarning xо‘jalik faoliyatining yuritishi davomida kelib tushadigan daromadlari о‘z xususiyatlariga kо‘ra quyidagicha guruhlanadi va u hisobotlarda quyidagi asosiy bо‘limlar bо‘yicha aks etadi:
- sotishdan tushgan sof tushumlar;
- asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operatsion daromadlar);
- moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar;
- tasodifiy daromadlar.
Sotishdan tushgan sof tushumlar – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlardan, qо‘shimcha qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, eksport solig‘i (sotib oluvchi tomonidan beriladigan ayrim skidkalar) va boshqa tо‘lov hamda ajratmalarni olib tashlagandan keyin qolgan qismi sifatida hisoblanadi.
Korxonalarning eksport faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalardan tushgan foyda va daromadlarni hisoblash, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlar hajmini aniqlash kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operatsion daromadlar) hisobot bо‘limining «Boshqa daromadlar va tushumlar» moddasida kо‘rsatiladi.
Ushbu daromadlarga:
- xо‘jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun turli xildagi sanksiyalar, jarimalar, penyalar, shuningdek, keltirilgan zarar va kamomadlarni qoplash;
- hisobot yilida, о‘tgan yildagi daromadlar va foydalarni hisoblash natijasida topilgan summa;
- mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish yoki ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq bо‘lmagan boshqa daromadlar, ya’ni renta daromadlari, xizmat kо‘rsatish tarmoqlaridan tushgan daromadlar, korxona tizimidagi oshxonalar va kafelar hisobidan kelib tushadigan tushumlar;
- asosiy fondlar va korxonaning boshqa mol-mulklarining faoliyatidan kelib tushadigan moliyaviy daromadlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
- royalti (litsenziya bitimida kо‘rsatilgan narsadan foydalanish huquqi uchun sotuvchiga vaqt-vaqti bilan pul о‘tkazib turish) va transferta (egasining nomi yozilgan qimmatbaho qog‘ozlarni bir kishi nomidan boshqa kishiga о‘tkazish) kapitallarini tо‘plash;
- korxona tizimida faoliyat kо‘rsatayotgan tarmoqlarning qim-matbaho qog‘ozlarga qо‘shgan ulushlaridan kelib tushadigan dividendlar hisobidagi daromadlar;
- valyuta schyotlari bо‘yicha kurslar farqining ijobiy saldolari;
- shо‘ba korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarga sarflangan mab-lag‘larini qayta baholash hisobidan kelib tushadigan foydalar va boshqalar.
Tasodifiy foyda yoki daromadlar – xо‘jalik faoliyatini yurgizish davomida kо‘zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va voqealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yurgizish davomida ifodalangan hisobotlarda aks yetgan boshqa daromadlar bо‘limi moddasidagi daromadlar kiritilmaydi.
Xо‘jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar о‘z mablag‘lari darajasini aniqlashi va nazorat qilishi muhim о‘rin tutadi. Chunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan о‘zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bо‘lgan egalik huquqlari bо‘yicha kafolatlanadi.
Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar, faqat korxonaning о‘z mablag‘lariga quyilishi mumkin. О‘z mablag‘larning mikdori buxgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan aniqlanadi.
Mulk formalaridan qat’iy nazar, xо‘jalik yurituvchi subyektlar hisobida bо‘lgan о‘z mablag‘lari summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

О‘mab. = BV – (M + Mmaj.о‘s. – Mmaj.sо‘n.) – Ddeb.qarz. – Z;




Bunda:
BV – balans valyutasi summasi;
M – uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va uchinchi bо‘limlari;
Mmaj.о‘s. – majburiyatlarning о‘sishi – oxirgi hisobot davri uchun balans ma’lumotlari bilan taqqoslaganda kontrakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb qilingan mablag‘lar;
Mmaj.sо‘n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun balansni tuzish sanasi о‘rtasidagi davrda majburiyat-larning sо‘nishi;
Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari;
Z – zararlar summasi.



Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish