Ўзбкистон республикаси


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi



Download 2,55 Mb.
bet79/115
Sana18.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#559854
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
6.маъруза матни

8.2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi


Axborotlar majmui tadbirkorlik faoliyati axborot tizimini tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi о‘z ichiga kerakli axborotlar, hujjatlar, biznes tadqiqotlari tizimini, aloqa kanallari va texnik vositalarni qamrab oluvchi murakkab axborot tuzilmasidir.
Tadbirkorlar о‘z ish kunlarini kichik va xususiy korxonalar, savdo korxonalari ishi haqidagi ma’lumotlar, mahsulotlarga bо‘ladigan buyurtmalar va mahsulotni ortib-jо‘natish haqidagi teleks hisobotlari bilan tanishishdan, haqiqiy va reja kо‘rsatkich-larining о‘zaro munosabatlarini, ishlab chiqarish xarajatlarini о‘rganishdan boshlaydilar. Ular mahsulotlarni joriy va о‘tgan vaqtda sotilishi, tovar-moddiy zaxiralar, mehnatni tashkil qilish va unga haq tо‘lash, transportda tashish va aholiga boshqa xizmatlar kо‘rsatish haqidagi axborotlarni sanoqli daqiqalarda oladilar. Bunda ularga hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash jarayonini kompyuterlashtirish yordam beradi.
Yig‘ilgan va qayta ishlangan axborotlar tadbirkorlarga boshqa-ruv qarori qabul qilishda yordam beradi.
Samarali ishlayotgan korxonalar yig‘ilayotgan axborotlar sifatini oshirish va miqdorini kо‘paytirishga yetarli darajada kuch sarflaydilar. Ular о‘z xodimlarini sodir bо‘layotgan voqealarni qayd qilish va ular haqida xabar qilishga о‘rgatadilar va buning uchun taqdirlaydilar. Firma ulgurji va chakana sotuvchilarni va boshqa ittifoqchilarini о‘zlari uchun muhim bо‘lgan xabarlarni uzatishga rag‘batlantiradi. Ishbilarmonlarga raqiblari haqida axborotlar zarur. Bunday axborotlarni raqiblar tovarlarini harid qilish orqali «ochiq eshiklar kuni»da, ixtisoslashtirilgan kо‘rgaz-malarga borganda olishlari mumkin. Raqiblar haqidagi ma’lumot-larni yana ularning hisobotlarini о‘qib va hissadorlar majlis-larida ishtirok etib, raqib korxona xodimlari, raqiblarga mol yetka-zib beruvchilar va haridorlar bilan suhbatlashib ham olish mumkin.
Raqiblarning reklamalari yig‘indisini, ularning reklama xarajatlarini va ular foydalanayotgan reklama vositalari tо‘plamini olish uchun reklama byurosining pullik xizmatlariga murojaat qilinadi.
Tadbirkorlarga mijozlar, dilerlar va bozorda harakat qiluvchi raqobatchilar haqida ma’lumotlar kerak. Bozor munosabatlariga о‘tish yanada kengroq va yanada sifatliroq axborotlar olish zarurligini shart qilib qо‘yadi.
Tadbirkorlar uchun haridorning tovar xususiyatlariga munosa-batlarini oldindan bashorat qilish borgan sari qiyinlashmoqda va ular tadqiqotlarga murojaat qilmoqdalar. Ishbilarmonlarga borgan sari kо‘proq axborotlar kerak bо‘ladi va ularga doimo axborot yetishmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, ishbilarmonlar о‘zlariga kerakli aniq va foydali ma’lumotlarni yetarli mikdorda yiga olmayotganliklaridan shikoyat qiladilar.
Ba’zi bir korxonalarda joriy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bо‘yicha mahsus bо‘limlar yoki laboratoriyalar tashkil yetilgan. Bu bо‘lim xodimlari kerakli axborotlarni qidirib topish uchun eng muhim nashrlar, gazeta va jurnallarni kо‘zdan kechiradilar va ishbilarmonlarga mahsus tayyorlangan axborot varaqalarini jо‘natadilar.
Bunday xizmatlar tadbirkorlarga kelib tushayotgan axborotlar sifatini keskin oshirishga imkon beradi.
Ishbilarmonlarda, qoidaga kо‘ra, о‘z kuchlari bilan biznes tadqiqotlari о‘tkazish uchun na vaqt va na kо‘nikma bor, shuning uchun ular bunday tadqiqotlarni buyurishga majburlar. Korxona shartnoma asosida tadqiqot о‘tkazishga qandaydir ilmiy-tadqiqot institutiga yoki oliy о‘quv yurtiga buyurtma berishi mumkin. Yirik korxonalar о‘z tadqiqot bо‘limlari va laboratoriyalarini ochishlari mumkin. Bо‘lim xodimlari orasida muhandislar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixo-loglar, biznes bо‘yicha mutaxassislar bо‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Biznes tadqiqotlari tizimi quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
- bozorni tadqiqot qilishni;
- reklama vositalari va e’lonlari samaradorligini;
- xodimlarning ishga faolligini;
- raqiblar tovarlarini;
- narx-navo siyosatini;
- tovar assortimentlarini;
- halqaro bozorlarni о‘rganishni;
- axborotlar bilan ta’minlashni tadqiqot qilishni;
- xodimlar bilan ishlash siyosati va xodimlarning faoliyatini baholashni о‘rganishni;
- sotsiologik tadqiqotlar о‘tkazishni va hokazo.
Biznes tadqiqotlari quyidagi ketma-ketlikda о‘tkaziladi (8-chizma).



Tadqiqot-lar maqsadini aniqlash




Axborot manbalarini tanlash




Axborot yig‘ish




Yig‘ilgan axborot-larni tahlil qilish




Taklif-larni ishlab chiqish

8-chizma. Biznes tadqiqotlarini о‘tkazish ketma-ketligi


Tadqiqotchilar tadqiqotning dastlabki bosqichida muammoni aniq belgilashlari va tadqiqot maqsadini belgilab olishlari kerak. Axborotlarni yig‘ish ancha og‘ir va ma’suliyatli ishdir. Muammoni mujmal yoki notо‘g‘ri belgilash ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmagan xarajatlarga olib keladi. Aniq qо‘yilgan maqsad muammoni hal qilishning asosidir.
Tadqiqotning keyingi bosqichida buyurtmachini qiziqtirayotgan axborot turini va uni eng samarali yig‘ish yо‘lini aniqlash zarur. Tadqiqotchi ikqilamchi yoki birlamchi axborotlarni yoki ikkalasini bir vaqtda yig‘ishi mumkin.
Ikkilamchi axborot – bu avval boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan mavjud axborotdir.
Quyidagilar ikqilamchi axborot manbalarini tashkil etadi:
- korxonalarning hisobotlari;
- bо‘lg‘usi tadqiqotlar haqidagi hisobotlar;
- davlat muassasalarining nashrlari;
- korxona, muassasalarning balans hisobotlari;
- statistik ma’lumotnomalar;
- birjalar ma’lumotnomalari;
- gazeta va jurnallar, radio, televideniye eshittirishlari va h.k.
Ikkilamchi axborot tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi bо‘lib xizmat qiladi. U arzon tushishi va olinishi osonligi bilan ajralib turadi. Ammo tadqiqotchiga kerakli ma’lumotlar eskirgan, noaniq, tо‘liqsiz yoki ishonchsiz holda yetib kelishi mumkin. Bu holda tadqiqotchining yanada kо‘proq mablag‘lar va vaqt sarflashi orqali birlamchi axborot yig‘ishiga tо‘g‘ri keladi.
Birlamchi axborot – bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig‘i-ladigan axborotdir. Birlamchi axborot yig‘ishning uchta usuli bor:
1. Kuzatish usuli.
2. Tajriba usuli.
3. Sо‘rov usuli.
Kuzatish – birinchi axborot yig‘ishning eng asosiy uslublaridan biri bо‘lib, unda tashkilotchi odamlar va vaziyatlar ustidan bevosita kuzatish olib boradi. Kuzatish foydali g‘oyalarga, raqiblar tajribasini о‘rganishga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot yig‘ishning boshqa usuli – tajriba.
Tajriba tadqiqotlari о‘zaro taqqoslanayotgan subyektlar guruhini tanlash, bu guruhlar uchun turli xil holatlarni yaratish, taqqoslanayotganlar ustidan nazoratni va kuzatilayotgan farqlarning darajasi va ahamiyatini belgilashni talab qiladi.
Bunday tadqiqotning maqsadi – kuzatish natijalarini ziddiyatli izohlashlarni saralash yо‘li bilan sabab-natija munosabatlarini ochib tashlamoqdan iborat bо‘ladi.
Sо‘rov – tajriba-sabab-natija aloqalarini aniqlashda tadqiqot о‘tkazishning eng qulay usulidir.
Biznes tadqiqotchisi ishga kirishishdan oldin ish rejasini ishlab chiqishi kerak.
Rejada kimdan sо‘rash kerakligi, sо‘rovga qancha mikdordagi odamlarni jalb qilish zarurligi, sо‘raluvchilarni qanday tartibda tanlab olish, ishni bajarish muddati va hokazolar belgilangan bо‘lishi kerak.
Tadqiqotchi о‘zi uchun qanday axborotlar zarurligini va bular kо‘proq kimlarda bо‘lishini hal qilishi kerak.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish va axborotlarni yig‘ish tadqiqotning eng qiyin va ahamiyatli bosqichidir. Bunda kerakli axborotlarni qayerdan olishni, birinchi navbatda kimlardan sо‘rashni aniqlash kerak bо‘ladi. Ba’zi bir sо‘raluvchilar uyda ham, ishda ham bо‘lmasliklari mumkin. Boshqa birovlar sо‘rovda ishtirok etishdan bosh tortishlari, yana birlari esa g‘araz bilan, samimiy bо‘lmagan holda javob berishlari mumkin. Bulardan tashqari, belgilangan axborotlar bо‘lgan hujjatlar bilan tanishishda ham qiyinchiliklar vujudga keladi.
Tadqiqotning keyingi bosqichi – yig‘ilgan axborotlarni tahlil qilish, ya’ni olingan ma’lumotlar majmuasidan eng muhim ma’lumotlar va natijalarni ajratib olishdir. Yig‘ilgan axborot-lar olingan ma’lumotlarni statistik yoki iqtisodiy-matematik uslub orqali qayta ishlash yо‘li bilan tahlil qilib, о‘rganiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish