372
Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати
1. Асқаров И. ва бошқ. Анорганик ва умумий кимѐдан масалалар ечиш.
– Т., ―Ўқитувчи‖, 1995 й.
2. Парпиев Н.А., Раҳимов Ҳ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимѐнинг
назарий асослари. – Т., ―Ўзбекистон‖, 2000 й.
3. Рахмонбердиев Ғ., Дўстмуродов Т., Сидиқов А. Физик ва коллоид
кимѐдан масалалар. – Т., ―Фан ва технология‖, 2006 й.
4. Аҳмеров Қ., Жалилов А., Сайфутдинов Р., Акбаров А., Туробжонов
С.М. Умумий ва анорганик кимѐ. – Т., ―Ўзбекистон‖, 2017 й.
IQLIM O`ZGARISHINING EKOLOGIK VA GEOGRAFIK
MUOMMOLLARI
Normuratov O. U.- o‟qituvchisi, Rahmataliyev A.F., Abdurasulov K.N.,
Maxmatmo‟minov A. – talabalar
TerDU
Sayyoramizdagi barcha insonlar hayoti va faoliyati
tabiat unsurlari yoki
in‘omlario‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproqlar, mineral ashyo,
atmosfera
havosiga bog‘liqdir.Insonlarni o‘rab turgan barcha borliq uning hayotiga sezilarli
darajada ta‘sir etadi.Bizga ma‘lumki, noqulay iqlim sharoitlari doimiy muz va
qorliklar, ayozli sovuqlar yoki jazirama issiq havo jamiyat rivojlanishini
sekinlashtirgan. Olimlar qadimgi sivilizatsiya o‘choqlari
aynan qulay tropik,
subtropik yoki mo‘‘tadil iqlim sharoitlarida, o‘rtacha yillik havo darajasi ―xona
tepperaturasi‖ga yaqin bo‘lgan (20
0
S) holatda rivojlanganligini isbotlaydi.Insonlar
singari, o‘simlik va hayvonot dunyosining hayoti ham iqlim bilan bog‘liqdir.Iliqlik
va mo‘‘tadillik kimyoviy, fizik va biologik jarayonlarning jadallashuvi va
xarakterini belgilaydi. Bugungi kunda
global iqlim evolyutsiyasi, o‘tmishdagi
iqlim, so‘ngi mingyillikdagi iqlim o‘zgarishlari, asosiy kuzatilgan o‘zgarishlar,
global isish, Orol dengizining ekologik halokati. Iqlim o‘zgarishining tabiiy va
antropogen sabablari, issiqxona samarasi, urbanizatsiya
va yerdan foydalanishni
yo‘lga quyishning ekologik va geografik muomollari yuzaga kelgan.Yerning
iqlimi hech qachon o‘zgarmay qolmagan. Bugungi xalqaro metereologik
stantsiyalarining muntazam olib borgan kuzatuvlari o‘rtacha havo haroratining
o‘zgarishini tasdiqlashmoqda.Butunjahon metereologik tashkilotini bergan
ma‘lumotlari ob-havo haroratining ko‘tarilishini tasdiqlamoqda.Hozirda havo
harorati o‘zgarishi emas, balki atmosferaning kimyoviy tarkibi va uning oqibatlari
ko‘pchilikni tahlikaga solib qo‘ygan.Yerning havo haroratining 2°S
gradusga
o‘zgarishi biologik turlarning ommaviy kamayib ketishiga olib keladi.
Iqlim o‘zgarishining yana bir tanilgan va xavfli indikatorlaridan biri – bu tog‘
muzliklarining qisqarishidir. So‘nggi ekspert natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki,
muzliklar yiliga 0,2%-1% tempda erib bormoqda.
Global isish mavjud ekologik salbiy holatlarni yanada chuqurlashtirishi
mumkin. Bunga yorqin misol tarzida Orol va Orolbo‘yidagi salbiy oqibatlarni
keltirish kifoya. Keyingi 5-10 yillar mobaynida Orol dengizining qurish jarayoni
Orolbo‘yi mintaqalarida iqlim sharoitlarini sezilarli darajada o‘zgarishi
373
kuzatilmoqda.Ilgari Orol sovuq shamolni
yumshatishda va kamaytirishda, ulkan
―konditsioner‖-akkumulyator yanglig‘ issiq yoz oylarida jaziramaning kuchini
qirqib o‘ziga xos ―yumshatuvchi‖ vazifasini bajargan.Orolning qurishi cho‘llanish
jarayonini ikki tomondan jadallashtirib yubordi. Biri qurigan dengiz yerlarini
cho‘lga
aylanishi, ikkinchisi – ortiqcha sug‘orish natijasida yerlarning sun‘iy
botqoqlanishidir.Natijada, ushbu hududda yana bitta ulkan ―Orolqum‖ yangi cho‘li
paydo bo‘ldi, Orolqumning haflilgi shundaki, uning chor atrofi mutloq sho‘rxok
yerlar bilan o‘ralgan sayoz dengiz cho‘kindilari va sug‘oriladigan yerlardan olib
kelingan tez eruvchan mineral qoldiqlari vujudga keldi. Bu jarayonlar ekologik
muommalarning kuchayishiga va geografik relflarning o`zgarishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: