Finlandiya ta’lim modulini o‘zbek maktablarida joriy qilishning qulay usuli”



Download 20,9 Kb.
bet1/2
Sana19.05.2023
Hajmi20,9 Kb.
#940984
  1   2
Bog'liq
#1. Ilmiy maqola


FINLANDIYA TA’LIM MODULINI O‘ZBEK MAKTABLARIDA JORIY QILISHNING QULAY USULI”
Karimov Nurali Qahramon o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy Universiteti va “Yangi Avlod” xususiy maktabi
E-mail: nuralikarimov23@gmail.com
Telefon: +998(99) 712 48 17

Anotatsiya: Finlandiya ta’lim mo‘jizasini o‘zbek maktablarida joriy qilishning eng oson yo‘li, uni to‘g‘ri qabul qilishdir. Bizning ta‘lim sistemamiz german maktablariga oid bo‘lganligi uchun ham qator muammolarga duch kelishimiz mumkin, biroq o‘zbek va fin xalqlarining turmush tarzida o‘xshashlik jihatlari bisyor, bu esa o‘z-o‘zidan fin ta’lim tizimini o‘zbek modulida moslashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmasligimizda tayanch argument bo‘lib xizmat qiladi. “Yangi Avlod” xususiy maktabidagi bir yillik tajriba va kuzatishlarim jarayonida, maktab jamoasi bilan fin ta’lim tizimini o‘zimizga moslashtirish uchun qator usullarni muqobillashtirdik va ijobiy natijalarga erishdik. Aynan ana shu usullarni qanday qilib qulay va oson amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida ushbu tajribalarga asoslangan ilmiy-maqolani yozishga qaror qildim.


Kalit so‘zlar: erkinlik, sog‘lom muhit, jamoa orzusi, musiqa


2000-yildan buyon dunyo davlatlarida bilim olayotgan o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini o‘lchash orqali ta’lim tizimini baholashga mo‘ljallangan PISA va PIRLS tadqiqot dasturlari bizga Finlandiya ta’lim modulining ustunlik jihatlarini isbotlab berdi. Eng ahamiyatlisi esa, Finlandiyaga nisbatan rivojlangan birinchi dunyo davlatlarida oliy toifaga ega pedagoglarning foizi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ularning natijalari qoniqarli emas edi. Bu hol tabiiy ravishda ko‘plab rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini qoloqligini va bir qancha xatolik mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Findlandiya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi: tenglik, individual o‘rgatish va pedagoglar anatomiyasiga e‘tibor qaratishi bilan dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimlari qatoriga kiradi. Shu sababdan ham O‘zbekiston o‘z ta’lim modulini Finlandiya ta’lim tizimiga muqobillashtir ishlarini amalga oshirmoqda.


O‘zbekiston Finlandiya ta’lim tizimini o‘z ta’lim tizimiga moslashtirishi haqidagi xabarlar tarqagach, men faoliyat olib boradigan xususiy maktabda ham bu jarayonlar boshlandi va biz Finlandiya ta’limini o‘z maktabimizda joriy qilish uchun amerikalik pedagog Timoti Uokerning “Finlandiya ta’lim mo‘jizasi” kitobidan qo‘llanma sifatida foydalanishga qaror qildik. Uoker kitobning kirish qismida aytganidek “ta’lim bir daraxt singari bo‘lib, u ham joy, muhit va sharoit tanlashga haqli” edi. Bu so‘zlar orqali Uoker fin ta’limini shunchaki nusxalash bilan ish bitmasligini, balki unga yaxshilab ishlov berish kerakligini ham tushuntirmoqchi bo‘lgandi. Ushbu so‘zlarga amal qilgan holda jamoamiz bilan fin ta’limini amaliyotda qo‘llay boshladik. Dastavval bir qancha muammolarga duch keldik. Ularning eng birinchisi “erkinlik” edi. Ikki yuzdan ortiq o‘quvchilar tahsil oladigan xususiy maktabda, o‘zbek sterotiplari, ya’ni qonun-qoidalari asosida tarbiyalangan bolalarga erkinlik berish nimalarga olib kelishi mumkin? Ular bundan to‘g‘ri foydalana olishadimi? Muammo aynan shunda edi. Finlandiya maktab o‘quvchilari erkinlikdan to‘laqonli ravishda to‘g‘ri foydalanishardi. Misol uchun tanaffusda ikki do‘st you tube platformasida futbol tomosha qilib o‘tirsa o‘qituvchi bu holga qarshilik bildirmaydi. Chunki ustoz o‘quvchilar ayni damda zerikayotganini va uyga borishganida ertangi vazifalarni qilishlariga ishonchi komil. O‘zbek maktablari, xususan men ta’lim bergan maktab tizimida, agar bolani tanaffus vaqtida bo‘sh qoldirsangiz, birinchi navbatda sizga negativ fikr bildiruvchi inson bu ota-ona bo‘ladi. Sababi o‘zbek ota-onalari farzandlarini kuni bilan dars mashg’ulotlari bilan band bo’lishlarini xohlashadi, vaholanki bu usul yaxshi natija bermasligi bir necha yillardan buyon hammaga ma’lum. Ikkinchidan esa, o‘quvchilarda ma’suliyat to‘laqonli shakllanmaganligidadir. Biz ham fin ustozlari kabi bolalarni tanaffusda erkin mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlariga imkon yaratsak, oqibatan ularning ko‘pchiligi ertangi vazifalarni bajarishmay kelishardi. Shunday muammoni hal qilish maqsadida jamoamiz yangi usul yaratishdi. U fin va o‘zbek ta’lim tizimlarining jamlanmasidan iborat bo‘lib, maktabda tahsil olayotgan to‘rtinchi sinflarga to‘laqonli erkinlik berildi, sinf rahbarining faoliyati to‘xtatildi, zaldan istalgancha yurish, dars mashg‘ulotlari yoqmasa xonadan chiqib ketishlari, hatto oshxonadan o‘zlari taom olib, o‘z o‘rinlarini yig‘ishtirish mustaqilligi ham taqdim etildi. Dastlabki ikki oy biz kutgan natijaga erishmadik, biroq uchinchi oydan boshlab to‘rtinchi sinf o‘quvchilarida ma’suliyat shakllandi. Bu esa ularning mustaqil qaror qabul qilishlari, tanqidiy fikrlashlari va muamoga to‘g‘ri rakursdan yondashishlariga imkon yaratdi. Biroq bu amaliy tajribamiz faqat bir sinf doirasida edi. Uni butun maktab bo‘yicha tadbiq qilish uchun yana uch oy vaqt ketishi aniq va bu davrda o‘quvchilarimizning ko‘pchiligidan ajralib qolishimiz mumkin edi, shuning uchun ham biz bu usulni amaliyotga bosqichma-bosqich qo‘llashga qaror qildik. Sekinlik bilan ularga tanaffus vaqti shaxmat, tenis yoki voleybol kabi sport o‘yinlaridan birini o‘ynash imkoniyatini yaratdik, natijada butun maktab o‘quvchilari ham erkinlik tamoilini bosqichma-bosqich to‘liq o‘zlashtirishdi. Bu maktab jamoamiz bilan birgalikda fin ta’limini o‘z ta’limimizga qulay omuxtalashtirganimizning eng yaxshi isboti edi. Biz yirik plandagi asosiy ishni amalga oshirgach, mayda detallarni har bir fan o‘qituvchisiga bo‘lib berdik, bu esa natijani yaxshilanishini yanada tezlashtirdi. Misol uchun men sog‘lom muhit, jamoa orzusi va musiqa usullarini dars beradigan sinflarim orasida tadbiq qildim. Shu tariqa butun maktab jamoasi murakkab “puzzle” donalarini sekinlik bilan to‘plashga kirishdik.
O‘quvchilar orasida sog‘lom muhit yaratish bu qo‘rqinchli ish emas edi va bu ishni qiyin deb atash ham xato. Sog‘lom muhit yaratishni eng oddiy ishlardan boshlash zarur edi. Quyosh charaqlab turgan bo‘lsa xona chiroqlarini o‘chirish kerak, bu bola tabiat va o‘zini to‘laqonli his qilishiga yordam beradi. Derazalarni ochib qo‘yish ham darkor, chunki xonadagi harorat yuqorila boshlagach bolalaring ko‘ziga uyqu kela boshlashi mumkin. Shuningdek eng muhimi xonani ortiqcha ko‘rgazmali qurollar bilan to‘ldirmaslik kerak. Men fin ta’limini mayda detallarini o‘zimizga moslashtirayotganimda AQSh yoki boshqa biror bir g‘arb davlatlari singari ta’lim tizimimizga qo‘shimchalar kiritishimiz emas, balki qator narsalardan voz kechishimiz kerakligini anglab yetdim. Chunki finlar Yevropada yashaganliklari bilan, ular va bizning turmush tarzimizda o‘xshashliklar bisyor edi. Ko‘rgazmali qurollar ham biz voz kechishimiz kerak bo‘lgan o‘tmish qadrdonlaridan biridir. Sinfni ortiqcha ko‘rgazmali qurollar bilan to‘ldirish bola ongini axlat bilan to‘ldirish bilan barobar ekanligini tushundim va dars beradigan sinflarimga o‘z ko‘rgazmali qurollarimni faqat o‘sha dars soatidagina tushuntirib, qolgan vaqtda ularni o‘qituvchilar xonasida qoldirishni odat qildim. Sinfda sog‘lom muhit yaratilishi natijasida, o‘quvchilar darsda xorg‘in emas, tetik o‘tirishar, darsga diqqat bilan quloq solishar va eng muhimi ko‘rgazmali qurollarni jon-jahdlari bilan o‘rganishga intilishardi, chunki ular ko‘rgazmali qurollar devorga osilmasdan o‘qituvchilar xonasiga olib ketilishini bilib, “ayriliq hissi”dan qo‘rqishardi. Shunda sinf xona ichida sog‘lom muhitning shakllanishi o‘quvchilar bilim ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlarida ijobiy natijalarga erishishimizga sabab bo‘ldi.
Fin ta’lim tizimida biz moslashtirishimiz kerak bo‘lgan yana bir muhim jihat, bu jamoa orzusidir. Jamoa orzusi shakllantirishda bevosita sinf rahbarining o‘rni keng qamrovlidir. Men o‘zbek ta’lim tizimiga moslashtirishim kerak tamoillardan biri ham aynan shu edi. Sinf rahbarligim ostidagi o‘quvchilarni yagona maqsad va orzu asosida birlashtirishim, bu bilan esa ularni boshqa maktab o‘quvchilariga nisbatan sezilarli darajada bilim ko‘nikmalarini rivojlantirishim kerak edi. Ishni “siyosiy mustaqillik”dan boshladim. Sinfimni maktabimizdagi boshqa sinflardan ajratib turuvchi va ularga ustunlik beruvchi jihatlarni izladim, natijada esa sinfning o‘z nomi, bayrog‘i, gerbi va qonunlarini tashkillashtirdim. Bolalarimga sinf uchun “Empire” nomini qo‘yishni taklif etganim va bayroq, gerblarni ko‘rsatganimdagi ko‘zlaridagi hayratning o‘zidanoq, bu ularning birlashuviga xizmat qilishini bilgan edim. Chunki endilikda sinfning har bir a’zosi o‘z manfaati uchun emas, balki sinf manfaati uchun harakat qila boshladi. Maktabda o‘quvchilarni bilimi va tashabuskorligini aniqlashga qaratilgan qator tadbirlar mavjud edi. U tadbirlarda esa sinfning o‘rtacha samaradorligidan kelib chiqib o‘quvchilar rag‘batlantirilardi. Shuning uchun ham “Empire” sinf o‘quvchilari dars tayyorlashayotganda bir-birlariga yordam berishar, taomlanayotgan vaqtda badiiy asar o‘qishar va tanaffuslarda birgalikda shaxmat o‘ynashardi. Jamoa orzusi shu daraja muvaffaqiyatli bo‘ldiki, sinfimdagi har bir bola o‘z “men”idan ko‘ra jamoaning umumiy maqsadlariga hissa qo‘shishgan intilardi. Ikki oylik tajribalar natijasida esa “Empire” sinfi maktabida nafaqat eng yuqori ko‘rsatgichga ega sinf ekanligi bilan, balki zalda o‘zini tutishi, xatti-harakati, odob-axloqi va taomlanish etikasigacha maktabning boshqa o‘quvchilaridan sezilarli darajada farq qilishdi. Chunki sinfning bir o‘quvchisi noto‘g‘ri ish qilgudek bo‘lsa, butun sinf bu ishni to‘g‘irlashga intilar va yakun doimo ijobiy bo‘lar edi. “Jamoa orzusi” tamoilining to‘laqonli ravishda ijobiy natijalarga erishishini, “Empire” sinfi maktabdagi barcha tanlovlarda doim birinchilikni qo‘lga kiritishlari bilan ham izohlasa bo‘ladi. Sinf eshigida osig‘liq “Eng faol sinf” qizil bayroqchasi ham uch oygacha hech qaysi sinf qo‘lga kirita olmadi, toki biz tajribani muvaffaqiyatli ekanligiga amin bo‘lib, uni maktabdagi har bir sinfga tadbiq etmagunimizga qadar.
Yuqorida ijobiy natijalarga erishilgan ikki tamoil maktabning rahbariyati a’zosi va sinf rahbari sifatida bajarishim mumkin bo‘lgan fin ta’limini o‘zimizga moslash usuli edi. Biroq men maktabda oddiy fan o‘qituvchisi sifatida ham faoliyat olib borar edim. Shuning uchun fin ta’lim mo‘jizasining yana bir sodda tamoilini o‘zimizga moslashga harakat qildim. Bu musiqa edi. Maktab rahbariyati a’zolari tarkibiga kirganligim uchun ko‘pchilik o‘quvchilar mendan hayiqishar edi, bu esa tabiiy ravishda dars o‘tishimga halal berardi. Chunki maroqli darsning yagona tamoili bu erkinlikdir. O‘quvchilar va o‘zim o‘rtamdagi “muz devor”ni eritish maqsadida musiqadan foydalandim. Dars beradigan sinflarim toifasi har xil edi (4-9-sinflar orasi) va ularga o‘rgatadigan mashg‘ulotlarim ham(tarix, adabiyot, critical thinking). Shuning uchun dastavval har bir sinf va fan kesishmasida ularning yoshiga munosib qo‘shiq-kuylarni topishim kerak edi. Ishni to‘rtinchi sinf o‘quvchilaridan boshladim, ularga harakat keltiruvchi qo‘shiqlar yoqishini Samarqand shahriga sayohat qilganimizda guvohi bo‘lgan edim, shuning uchun ham surunkali to‘rt soatlab dars o‘tishga to‘g‘ri kelgan vaziyatlarda ularga shu turdagi musiqalarni qo‘yib berar va ular bilan yengil jismoniy mashqlarni amalga oshirar edim. Ba’zida yonimizdagi qo‘shnilar yoki birinchi qavatdagi sinfdan o‘quvchilar kelib musiqani biroz pasaytirishimizni iltimos ham qilishar edi, biroq bu bir soat besh daqiqani tashkil qiladigan yengil mashg‘ulot edi. Yuqori sinflarda esa aksincha, ular “o‘tish davri”da bo‘lganliklari sababli dars jarayonida sho‘x qo‘shiq ijrosida birgalikda raqs tushish ahmoqona g‘oya ekanligi aniq edi, shu sababdan ham, ular uchun jahon klassika durdonalarini tanlashga qaror qildim. Yuqor sinflarga asosan tarix darsini o‘tganligim bois mayin klassika sadolari ostida o‘tmish zarvaraqlariga sayohat qilish maroqli edi. Alaloqibat musiqa yordamida o‘quvchilar va o‘zim o‘rtamdagi muz devorini qisqa muddatda, ikki-uch darsda eritishga erishdim, bu esa o‘quvchilar samaradorligiga katta ta’sir qildi. Aniq raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak bir sinfda o‘zlashtirish eng kamida 20% dan, 35% gacha yuqoriladi.
Bir yillik kuzatishlar va amaliyot davrida, o‘zbek maktablarida fin ta’lim tizimini joriy qilish aslida murakkab emas, balki oson va qulay ekanligiga guvoh bo‘ldim. Chunki erkinlik va shaxsiy mustaqillikka asoslangan bunday ta’lim tizimida ishlash pedagog sifatida men uchun ham orzudek gap edi. Fin modulini o‘z usulllarimizga moslashtirib borar ekanmiz, jamoadagi erkin muhit va dars jarayoning qizg‘in davom etishi shaxsan men uchun o‘z ishimdan qoniqishimga olib keldi. Natijada esa pedagog bo‘lib ham erkin muhitda ishlay olish mumkinligiga amin bo‘ldim va hamkasblarim orasida ham ushbu tamoillarni miqyosini kengaytirish bo‘yicha qator loyihalar qilishda davom etishimiz kerakligini anglab yetdim.



Download 20,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish