368
Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009-yil 3-martdagi 03/1-348 sonli
"Respublikada 2009-2011 yillarda asalarichilik sohasini rivojlantirish bo'yicha
amalga oshiriladigan chora tadbirlar" dasturi ishlab chiqildi.Dasturda asalarichilik
sohasini rivojlantirishning ilmiy asoslarini tuzish va shu asosda o'quv -uslubiy
qo'llanmalar yaratish,asalni qayta ishlaydigan hamda asalarichilik jihozlarini ishlab
chiqaradigan sexlar tashkil etish,zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash,
investitsiya va homiylarni jalb etish hamda boshqa ko'pgina vazifalar belgilab
olindi. Qabul qilingan dastur asosida ijobiy o'zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.
Respublika miqyosida asalari oilalarining soni 145 mingtadan 260 mingga,
asalarichilik bilan shug'ullanuvchilar soni 4491 tadan 5339 taga, o'rmon xo'jaliklari
36 tadan 60 taga, asal mahsuloti esa 2340 tonnadan 3786 tonnaga oshganligini
ko'ramiz[1]. 1967- yildagiga nisbatan asalari oilasi 4.6 barobar oshganligini
ko'ramiz[3]. Toshkent shahrida 2012- yil oktabr oyida o'tkazilgan
Respublika
fermerlar qurultoyida qishloq xo'jaligining hamma sohalarini,shu jumladan
asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha strategiya qabul qilindi[2].
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tamonidan 2017- yil 16- oktabr kuni
"Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora tadbirlari
to'g'risida" gi PQ 3327 sonli qarori imzolandi. Ushbu qarorga muvofiq "
O'zbekiston asalarichilik uyushmasi" tashkil etildi.
Uyushmaning asosiy vazifalari etib,asal mahsulotlari
ishlab chiqarishning
tehnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalari paketlari etishtirish va ozuqa
bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek,asal
etishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy tehnologiyalarni joriy
etish belgilab qo'yildi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha "O'zbekiston asalarichilik
uyushmasi" ga aloqador tashkilotlar tamonidan chet
davlatdan asalarichilik
sohasiga oid jihozlar va mahsulotlari, dori preparatlari, ularni olib o'tadigan
transport vositalari, tirkamalarni olib o'tish 2023-yilning 1-yanvarigacha bojxona
to'lovlaridan ozod etish bo'yicha imtiyozlar berildi va ko'pgina chora tadbirlari
belgilab olindi. Asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017- yildagi 15.4 ming
tonnadan 2021- yilda 23.7 tonnaga etkazish nazarda tutilgan[5].
Surhondaryo
viloyatida asalarichilik tarmog'i 2017-2018 yillarda o'sish sur'ati shuni ko'rsatadiki,
viloyat bo'yicha 2017-yilda 512.5 tonna, 2018- yilda esa 680.8 tonna asal
yetishtirilganligini, bu esa o'sish sur'ati 132.8% ni tashkil etganligini ko'rishimiz
mumkin. Statistik tahlilga e'tibor berib fermer ho'jaliklari 2017- yilda 70.1 tonna,
2018- yilda esa 60 tonna, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklari 413 tonnadan
600.2 tonnaga ko'tarilganligini ko'rishimiz mumkin. Viloyatdagi tumanlar kesimida
tahlil qilinganda o'sish sur'atini quyidagicha ko'rishimiz mumkin. Angor tumani 40
tonnadan 41.8 tonnaga, Boysun tumani 156.9 - 165.5 tonnaga, Denov tumani 38.8 -
42.9 tonnaga, Qiziriq tumani 3.2-3.7 tonnaga, Qumqo'rg'on tumani 5.5-17.1
tonnaga, Muzrabot tumani 8.5- 15.1 tonnaga, Oltinsoy tumani 10.8-8.3 tonnaga,
Sariosiyo tumani 44.3 - 43 tonnaga, Termiz tumani 15.3-20.3 tonnaga, Uzun
tumani 63.1-64.5 tonnaga, Sherobod tumani 43.5- 169.2 tonnaga, Sho'rchi tumani
62.4- 62.8 tonnaga, Termiz shaharda esa 2017- yilda 2-tonna, 2018- yilda esa 1.5
tonnani tashkil etganligini ko'rishimiz mumkin[4]. Yuqorida ko'rishimiz mumkinki
369
o'sish sur'ati ba'zi tumanlarda Jumladan,Jarqo'rg'on (138.5%), Qumqo'rg'on
tumanida (310.9%) ga, Muzrabot tumanlarida (177.6%) ga, Sherobod tumanida
(388.9%), va boshqa bir qancha tumanlarda ko'rishimiz . Sariosiyo tumani (3%) ga,
Oltinsoy tumanida (22.8%) ga, Termiz shahri esa 25%
ga pasayganligini
ko'rishimiz mumkin[4]. Yuqorida pasayish holatlari kuzatilgan Sariosiyo tumani
asosan tog'li hududga tegishli, gulli shifobaxsh o't- o'simliklarga nihoyatda boy
hudud hisoblanadi, u yerda asalarichilikni rivojlantiriladigan bo'lsa, 200 tonnagacha
asal etishtirish mumkin bo'ladi.Oltinsoy tumanida ham paxtazorlar, o'rmon
xo'jaligi hamda dehqonchilikning yaxshi taraqqiy etganligi hamda Vahshuvor
tog'ining mavjudligi ham bu yerda qulay sharoit mavjudligini ko'rsatadi.
Termiz
shahriga kelsak, u shahar joy, shaharda hovlida turadigan, hovlisida daraht va
gullar mavjud bo'lsagina asalarini boqishi mumkin bo'ladi.Respublikada
asalarichilik sohasini rivojlantirish uchun aholi yashaydigan har bir xonadonda, uy
sharoitida asalari oilasini saqlash va ularni boqish ishlarini keng yo'lga qo'yish
maqsadga muvofiqdir. Qishloq sharoitida yashovchi har bir xonadonda, uy
sharoitida 8-10 tadan asalari oilasini saqlash va boqish tavsiya etiladi. Chunki ular
ko'p mehnat talab qilmaydi, ularga yaxshi qarov o'tkazilsa, qo'shimcha
daromad
ham shuncha ko'p bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: