Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
A.SH. Xamrayev , B.A.Hasanboyev va boshqalar ―G`alla va sholini zararkunanda
kasallik va begona o`tlardan himoya qilish‖ -Toshkent-1999-yil.
2.
Kimsanboyev X.X ―Umumiy qishloq xo`jalik entomologiyasi‖ Toshkent, 1999-yil.
OROL VA OROL BO‟YI XUDUDINING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Normuratov O.U. - o‟qituvchi, Tog‟ayev A.A., Xurramov B.E.,
Razzoqov Sh.G‟. – talabalar
TerDU
Bilamizki Orol dengizi dunyoda kattaligi bo‘yicha Kaspiy, Shimoliy
Amerikadagi Yuqori ko‘l, Afrikadagi Viktoriya ko‘llasridan keyin 4-o‘rinni
egallardi.Qurishidan oldin uning maydoni 65,458 km kv edi. Orol okean satxidan
53 m balandda joylashgan.Kaspiy esa okean sathidan -28 m pastda
joylashgan.Oroldengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan biridir.Uning
chor-atrofi bepayon cho‘lzonasi bilan o‘ralgan.Orol dengizining o‘nlab tarixiy
nomlari mavjud.Shimoliy dengiz,Sho‘r dengiz, Qora dengiz, Oks dengiz, Jayxun
dengiz, Xorazim dengizi, Gurganch dengizi va boshqalar.
Orol dengizi havzasi xalqaro qoida va huquqlarga ega bo‘lgan ekologik
tanglik mintaqasi deb e‘lon qilinib, bu muammolarni hal qilishga xalqaro
yordam mablag‘larini jalb qilish lozim. Ammo bu yordamning qancha va
qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar uning hisobiga Orol dengizini qutqarish va
ekologik munosabatni tiklash mumkin emasligini yaxshi bilish kerak. Bu
muammoni yechish faqat havzada joylashgan mustaqil davlatlar ishidir.
Xalqaro iqtisodiy yordam (ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari va yangi ilg‘or
texnologiyalar) bilan kamhosil yerlarda vaqtinchalik ekin ekishni to‘xtatib,
uning hosildorligini oshiradigan mukammal ta‘mirlash ishlarini muvaffaqiyatli
olib borishga, iqtisod qilingan suvni esa dengizga yo‘naltirishga, suv kam talab
qilinadigan ishlab chiqarish jarayonini tezda tadbiq qilishga imkon yaratadi va
h.k.
Orol dengizini saqlash va uning havzasida ekologik muvozanatni tiklash
muammosi sug‘oriladigan yerlar maydonini kamaytirmay yechiladigan
muammodir. Buning uchun avvalo yangicha fikr yuritish asosida uni hayot
muammosi ekanligini nazarda tutib hal qilish imkoniyatlarini qidirib topish va
amalga oshirish lozim.
1911-1962 yillarda Orolning sathi 53,4 metrni, suvning hajmi 1064 km
3
,
suvning yuzasi 66 ming km
2
, minerallashuv darajasi 10-11 gr/l ni tashkil etgan.
Dengiz transporti, baliqchilik xo‘jaligi gullab yashnagan. Iqlim sharoiti insonga
yetarlicha estetik zavq bera olgan. Orolga bir borgan kishi yana bir bor
borishni, kemaga suzishni, baliq ovlashni orzu qilgan. U quyidagi muhim
geoekologik va iqtisodiy-ekologik funktsiyani bajargan:
Do'stlaringiz bilan baham: |