Ӛзбекстан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги Әжинияз атындағы



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/333
Sana09.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#760690
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   333
Bog'liq
5-секция Информацион-технология бойынша

Adabiyotlar ro‟yxati 
1.
Работнов Т.А. Методы определения возраста и длительности жизни у 
травянистых растений. М. – Л.: Изд. АН СССР, 1960. – С. 240-262. 
2.
Жукова Л.А. Некоторые аспекты изучения онтогенеза семенных 
растений // Вопросы онтогенеза растений. Изд. Йошкар-Ола, 1988. – С.3-14. 
3.
Нухимовский 
Е.Л. 
Экологическая 
морфология 
некоторых 
лекарственных в естественных условиях их произрастания // Растительный 
ресурсы. – Л.: 1976. Т.12. вып.1. – С.3-15. 
4.
Нормуродов Х.Н., Номозова З.Б. Артишокнинг (
Cynara
L.) Самарқанд 
вилояти шароитида баъзи бир биологик хусусиятлари// Ўзб. биол. журн. - 
Ташкент, 2001. -№4 - Б.41-44 


358 
SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SITRUS EKINLARINING 
SARATON (BAKTERIAL RAK) KASALLIGI 
 
B.SH. Habibullayev - o`qutuvchisi,
 
Z.S.Ziyodova -talaba 
Termiz davlat universiteti 
 
 
Annotatsiya: Ushbu tezisda saraton kasalligining yuzaga kelish sabablari va 
ularni davolash usullari haqida, qolaversa ushbu kasallikga qarshi qo’llaniladigan 
tadbirlar.haqida bayon qilingan
Respublikamiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlari bo‘lgan issiqxona 
xo‘jaligini yanada rivojlantirish, yetishtirilayotgan sitrus ekinlar hosilining miqdori 
va sifatini oshirishning asosiy shartlaridan biri ushbu meva daraxtlarini zararli 
organizmlardan, jumladan kasalliklardan himoya qilishdir. Surxondaryo viloyatida 
iqlim qishda nisbatan iliq, bahori sernam va yoz faslida issiq va quruq bo‘lishi 
tufayli issiqxonalarda yetishtirladigan sitrus ekinlariga katta zarar yetkazadigan 
bakterial rak kasalliklari tarqalishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. 
Sitruslarning saraton kasalligi daraxtlar hosilining yetilish muddatini, hosil miqdori 
va sifatini pasaytiradi, kuchli zararlangan novdalar qurib qoladi, yosh o‘simliklar 
nobud bo‘lishiga olib keladi.
Kasallik belgilari: bakterial rak kasalligi sitrus ekinlarining barglari, barg 
bandlari, novdalari va mevalarini zararlaydi. Kasallikning birinchi belgilari 
barglarning ko‘pincha ostki tomonida kichik, moysimon, to‘q-qo‘ng‘ir, so‘ngra 
sarg‘ish-qo‘ng‘ir tus oluvchi dog‘lar paydo bo‘lishidan boshlanadi. Bu dog‘lar 
o‘sib, barg sathidan biroz ko‘tariladi va oqish tus oladi, o‘rtasida epidermis 
chatnaydi, dog‘ o‘rtasi rangli xoshiyali, kratersimon botiq shakl oladi, diametri 3-4 
mm ga yetadi. Ularning tusi va kattaligi ekin navi va ob-xavo sharoitiga qarab 
o‘zgaradi. Dog‘lar oldin dumaloq bo‘lib, keyinchalik noto‘g‘ri shakl oladi. 
Dog‘larning to‘qimasi o‘simlik to‘qimasi ichida o‘sadi, so‘ngra epidermisni yorib, 
tashqariga rak –g‘ovak (bulutsimon) to‘qima shaklida ochiladi. Barglari sarg‘ayadi 
va to‘kiladi. Novda va mevalarda rak shishlarining kattaligi 15 sm gacha yetadi. 
Mevalaridagi dog‘lar atrofida sariq xoshiya yo‘q, ammo kratersimon botiqlik oson 
ko‘rinadi. Bu kasallik sitrusning boshqa kasalliklaridan uchta belgisi bilan ajralib 
turadi: 

barglardagi dog‘lar va rak to‘qimalari barg sathidan ko‘tarilgan bo‘ladi;

bu dog‘lar va rak to‘qimalari atrofida xar doim sariq xoshiya mavjud 
bo‘ladi;

dog‘larning markazida krater shaklli botiqlik mavjud bo‘ladi; bu botiqlik 
yosh dog‘larda
har doim ko‘rinmaydi, keyinroq, dog‘ chetlari ko‘tarilganida, yaxshi ko‘rinadi
.
Kasallik manbalari va tarqalishi: Patogen bakteriya ekishga va payvand 
qilishga mo‘ljallangan materiallar orqali tarqaladi; tuproqda saqlanmaydi. 
Daraxtlarning zararlangan shoxlari ham birlamchi infeksiya manbasi bo‘lishi 
mumkin, ammo asosiy infeksiya manbasi –tuproq ustida qishlovchi va saqlanuvchi 
o‘simlik qoldiqlaridir.


359 
Kasallikga qarshi kurashish uchun Surxon vohasiga sitrus raki tarqalgan 
mamlakatlardan ekishga va payvand qilishga mo‘ljallangan sitrus ekinlari 
materiallarini olib kelishni nazorat qilish kerak. Viloyatimizga seleksiya va ilmiy –
tadqiqot maqsadida olib kelingan urug‘ va boshqa ekish uchun mo‘ljallangan 
material zararlanganligini aniqlash maqsadida laboratoriyada ekspertiza qilish va 3 
yil davomida introduksion- karantin dalasida ekib tekshirish, aniqlangan taqdirda , 
ularni yo‘q qilish , kasallik tarqalgan mintaqalarda , profilaktika maqsadida 2 marta 
– sitrus daraxtlari gullashidan oldin va keyin , daraxtlarga 1% li bordo suyuqligi 
yoki kolloid oltingugurt suspenziyasini purkash tavsiya etiladi. 
Tadqiqotlarimiz natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, ushbu kasallik turiga 
qarshi olib boriladigan kurash chora –tadbirlarini kompleks tarzda olib borish 
lozim:
genetik-seleksion (chidamli navlar yaratish va qo‘llash) loyihalarni amalga 
oshirish;
agrotexnik va sanitar-gigiyenik (kasal va qurigan poya, shoh va novdalarni 
kesib olish, begona o‘tlardan va xas-xashaklardan toza tutish) tadbirlarni to‘g‘ri 
tashkil etish,
biokimyoviy (fungisid, bakterisidlar va kasallik tashuvchi hashorotlarga qarshi 
insektisidlar qo‘llash ) usullardan samarali foydalanishni taqazo etadi. 

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish