Ӛзбекстан Республикасы Жоқары ҳәм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги Әжинияз атындағы



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/333
Sana09.07.2022
Hajmi7,55 Mb.
#760690
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   333
Bog'liq
5-секция Информацион-технология бойынша

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Xasanov.B.A., Xolmurodov E.A. ―Mevali va yong‘oq mevali daraxtlar, sitrus, rezavor 
mevali butalar hamda tok kasalliklari va ularga qarshi kurashish. (1-193 b).
2.
Agri Sciences ―High Quality, Well Care‖ 4-5-6. p. 
3.
Ro‘zimatjon Tolipovich Boyqo‘ziyev ―Limon keltirar million‖ -Toshkent - 2011. 62-65
BOYSUN TOG` FLORASI TARKIBIDAGI O`ZBEKISTON
RESPUBLIKASI QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN 
ASTRAGALLUS
 L. 
TURKUMI TURLARINING BIOEKOLOGIYASI 
 
Qurbonova Z.M. - Termiz davlat universiteti magistri. 
Eshboyev M.B. - Termiz davlat universiteti uslubchisi

Boysun tog`i Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov va Oltinsoy tumanlari 
hududida joylashgan bo‘lib, mazkur mintaqaning asosini Boysun va Cho`lbair 
tog`lari tashkil etadi. Boysun tog`i ellipssimon shaklda bo`lib, 150 km masofaga 
cho`zilgan. Bu hudud geografik jihatdan Pomir-Oloyning Janubi-G`arbiy Hisor 
tizmasini yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi [O.Turginov T:2].
Boysun tog‘ tizmasi o‘simlik turlariga boy bo‘lib, unda yuksak 
o`simliklarning 77 oila, 523 turkumga mansub bo`lgan 1555 turi mavjudligi 2016 
yilda O.Turginov tomonidan o‘rganilgan O.Turginov ma‘lumoti bo‘yicha Boysun 
tog‘i florasi tarkibida 
Astragalus
turkumining 24 ta turi keltirilgan. Astragallus L. 
turkumi Tog`li O`rta Osiyo va Eron-Turon floralarida yetakchi o`rinni egallaydi 
hamda mazkur floralarni turlarga boyligi jihatidan o`zaro bog`lab turadi. Astragal 
turkumining O`rta Osiyoda 600 dan ortiq, O`zbekistonda esa 254 dan ortiq turlari 
tarqalgan. Oxirgi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar va Markaziy gerbariy 
(TASH) fondida saqlanayotgan namunalarni tahlil qilish natijasida mazkur florada 


360 
turkumnng 268 ta turi uchrashi ma`lum bo`ldi [Ibragimov A: 83]. Hisor 
tizmasining florasi tarkibida 
Astragalus
L. turkumining 24 dan ortiq turi uchraydi 
va florada eng yirik turkum hisoblanadi. Olib borilgan izlanishlar natijasida Boysun 
tizma florasi tarkibida 
Astragalus
L. turkumiga mansub 4 ta tur ―O`zbekiston 
Respublikasining Qizil kitobi‖ tarkibiga kiritilgan.
Astragalus kelleri Popov
(Keller astragali
)
- Janubi-G`arbiy Pomir-Oloyda 
tarqalgan kamyob endem o`simlik bolib, bu turning areali Boysun tog` tizmasining 
Boysun-Darband yo`li, Darband va Sayrob qishlog`ining atroflaribi o‘z ichiga 
oladi. Keller astragali asosan shag`alli, mayda zarra tuproqli yerlarida o‘sishga 
moslashgan bo‘lib, poyasiz, ko`p yillik o`t. Bo`yi 10-20 sm atrofida, barglari 8-12 
juft bargchalardan tashkil topgan bo‘lib, bargining umumiy uzunligi 4-10 sm 
atrofida bo‘ladi. Gulbandi 4-8 sm uzunlikga ega. Gulbandining shakli shingili 
tuxumsimon bo`lib, uzunligi 9-10 mm ni tashkil etadi. Bayroqchasi qip-qizil rangda 
bo`lib, 18-22 mm uzunlikni tashkil qiladi. Qanotchasi 17 mm uzunlikni, qayiqchasi 
esa 13 mm uzunlikka ega. Dukkagining ustida dog`lardan iborat bo‘lib, yuzasi oq 
va qora tuklar bilan qoplangan. Bu o`simlik areali va sonining kamayib ketishiga 
asosan urug` hosildorligining pastligi va antropogen omillar ta‘sirida chorva 
mollarining pala-partish boqilishi asosiy sabab bolmoqda.
Astragalus pseudanthylloides Gontsch
(Paxmoqtukli astragal) - Hisor 
tizmasining G`arbi, Boysun tog`ining Boysun shahri atrofi, Pastki qizil, Xo`ja 
Gurgur-ota, Machaydaryo havzasi, Teshiktosh g`ori, Cho`lbair tog`i ―Vahshuvor‖ 
oromgohi, Ketmon-Chopti qismlarida o`suvchi kamyob, endem o`simlik 
hisoblanadi. Paxmoqtukli astragalning bo`yi 15-25 sm atrofida bo`lib, poyasiz ko`p 
yillik o`tdir. Barg bandi yaxshi taraqqiy etmagan bo‘lib, barglari 6-12 sm uzunlikda 
bo`ladi. Qattiq o`tkir uchli bo`lib tugovchi bargchalari barg bandida 10-16 juft 
bo`lib joylashgan. Gulpoyalarida joylashgan oqish momiq tukli barglarining 
uzunligi teng yoki ulardan biroz uzunroq yoki qisqa bo`lishi ham mumkin. 18-25 ta 
gullari uzunligi 10-17 sm bo`lgan shingil to`pgulda siyrak holda joylashgan. 
Gultojilarining rangi oq yoki och pushti bo`ladi. May oyida gullab, iyulda mevasi 
yetiladi. Bu tur asosan toshli-shag`alli yerlarda, qiya yonbag‘irliklarda yakka-
yakka holda ba‘zan bir qancha tuplari bir-biriga birmuncha yaqin holda o‘suvchi 
populyasiyalarni hosil qiladi. Bu o`simlik areali va sonining kamayib ketishiga 
asosan antropogen omillar ta‘sirida yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va chorva 
mollarining rejasiz boqilishi asosiy sabab bolmoqda. 
Astragalus terrae-rubrae Butkov
(Qizilyer astragali) - Janubi-G`arbiy Pomir-
Oloyning endem turlaridan biri hisoblanadi. Bu tur Boysun tog` tizmasining 
Machay daryo havzasi, yuqori Machay, Xo`ja Gurgur ota, Chaqmoq soylari 
atrofida dengiz sathidan 1400-1500 m balandlikdagi olajinsli yerlarida tarqalgan. 
Qizilyer astragali 6-7 mm yo`g`onlikdagi tik va mustahkam poyaga ega bo`lib, 
umumiy uzunligi 20 sm atrofida bo`ladi. Bargalarining shakli uchburchak-
tuxumsimon bo`lib, uzunligi 6-8 sm, eni esa 4-6 sm ni tashkil etadi. Barg bandida 
esa barglar 2 juftdan joylashgan. Gullari sariq rangda bo`ladi. Dukkagining shakli 
tuxumsimon 
yoki 
cho`ziq-tuxumsimon 
bo`lib, 
pufaksimon 
shishgandir. 
Dukkagining uzunligi 8 mm ni tashkil qiladi. May oyida gullaydi va iyun oyida 
mevasi pishib etiladi. Bu turning areali qo‘shni Ko‘hitang tizmasi hududida ham 


361 
tarqalgan bo‘lib, asosan Kampirtepa bo‘limining Qoratolsoy yonbag‘irliklarida 100 
m
2
maydonda 25-35 tupni tashkil etadi. Turni saqlab qolish va ko`paytrirish 
maqsadida ―Surxon‖ davlat qo`riqxonasida muhofaza qilinmoqda.
Astragalus willisii Popov 
(Villis astragali) - Boysun tog` tizmasining Xo`ja 
Gurgur ota, Machay daryo havzasi, To`qqiz Taram qishlog‘i atroflarida tarqalgan. 
Villis astragali mayda toshli, shag‘alli va mayin tuproqli yerlarda dengiz sathidan 
1200-1600 m balandlikda, yakka-yakka holda (8-10 dona) o‘sadi. Bu turning 
poyasi yo`g`on shoxlangan bo`lib, yer ustki qismining umumiy uzunligi atigi 4-10 
sm ni tashkil qiladigan ko`p yillik o`tdir. Poyasining pastki qismini o`tgan yildan 
qolgan barglar o`rab turadi. Barglari uzunligi 4-10 mm bo`lgan 8-18 juft bo`lib 
joylashgan bargchalardan tashkil topgan. Bargning umumiy uzunligi esa 18 sm ni 
tashkil etadi. Gul poyasining uzunligi barg uzunligiga tengdir. Gullarining rangi 
binafsha rangda bo`ladi. May oyida gullab, mevasi iyun oyida yetiladi. Villis 
astragali sonining kamayib ketishiga asosiy sabab u tarqalgan yerlarda chorva 
mollarining haddan ziyod ko`p boqilishi va buning natijasida uning areali keskin 
kamayib ketishidir. Bu tur ―Surxon‖ davlat qo`riqxonasi florasining subendem 
turlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda uning populyasiyalarini saqlab qolish va 
ko`paytrirish maqsadida muhofaza qilinmoqda.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, tog`li O`rta Osiyo provinsiyasining 
lokal floralari jumladan, Tyan-Shan va Pomir-Oloy floralari Astragalus turlariga 
boyligi bilan ajralib turadi. Bu esa turkumga mansub bo`lgan turlarning yangi 
populyatsiyalarini izlab topish va ular ustida ilmiy izlanishlar olib borish 
muhimligini ko`rsatadi.

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish