319
C
2
-uglevodorodlar sintezi uchun katalizatorning tayyorlash usulini o‗zgartirib
va unga promotor sifatida turli xil d-elementlarning tuzlarini qo‗shib ko‗rildi.
Katalizator ikki usulda cho‗ktirish va yuttirish usullarida tayyorlandi.
Cho‗ktirish usulida katalizator tayyorlash uchun marganes atsetat va natriy
molibdatning suvli eritmalari ishlatildi. Tutuvchi modda (nositel)-kremniy oksidini
natriy silikatning suvdagi eritmasiga sulfat kislota qo‗shib tayyorlandi. Cho‗kma
filtrlandi, 130
0
C da quritildi va kuydirish pechida 5 soat davomida 800-1100
0
C da
kuydirildi. Yuttirish usulida katalizator tayyorlash uchun avval natriy silikatning
suvdagi eritmasiga sulfat kislota qo‗shildi. Cho‗kma filtrlandi, 130
0
C
da quritildi va
800-1300
0
C da kuydirildi. So‗ngra marganes atsetat va natriy molibdat tuzlarining
suvli eritmalari qo‗shildi. 3 soatdan so‗ng olingan katalizator quritildi va 800-
1300
0
C da kuydirildi. So‗ngra olingan massaga zaruriy miqdordagi sirkonil nitrat
eritmasi qo‗shildi. So‗ngra yuqoridagi ketma-ketlik bo‗yicha katalizator filtrlandi,
quritildi va kuydirildi.
Katalizatorlarning amorf strukturalari rentgenofazali tahlil usulida, g‗ovak
strukturasi azotning termodesorbsiyasi usulida olingan adsorbsion egri chiziqlar
tahlili asosida,
namunalar sirt yuzasi S
sol
BET usulida, mikrog‗ovak va
mezog‗ovaklarning hajmi BJH usulida aniqlandi. Katalizatorning solishtirma sirt-
yuzasi azotning adsorbsiya–desorbsiyasi usulida -77
0
С da Micrometrics Sorptometr
Tristar 3000 priborida BET metodi yordamida aniqlanadi. Katalizatorni tekshirish
skanirlovchi yo mikroskopiya (SEM) usulida analitik avtoemission to‗lqinli
elektron mikroskop (ULTRA 55 Carlzliss, Germaniya) da amalga oshiriladi.
Metanni katalitik oksikondensatlash reaksiyasi differensial reaktor sharoitida
oqimli reaktorda o‗tkazildi. Reaktor ichki diametri 8 mm, uzunligi 650 mm bo‗lgan
kvars trubkadir. Reaksiya uchun 99,9% tozalikdagi
metan va texnik kislorod
ishlatildi. Gazlar reaktorga kirishdan oldin aralashtirildi. Reaktordan chiqayotgan
kontakt gaz suvli muzlatgich-separatorda sovutildi.
Reaksion aralashmaning sarfi 10 dan 400 ml/min oralig‗ida o‗zgartirildi, bu
esa reagentlarning turli xil konversiyalarida reaksiya tezligini o‗lchash imkonini
beradi. Shuni qayd etish lozimki, berilgan ishda
metanni oksikondensatlash
reaksiyasi kinetik qonuniyatlari reagentlarning bir xil konversiya darajasida
reaksiya tezligi kislorodning doimiy konversiya (1%) sida aniqlandi. Shunchalik
past konversiya sharoitida kimyoviy o‗zgarish natijasida aralashma hajmining
o‗zgarishi oqim tezligiga ta‘sir ko‗rsatmaydi, reaktorni reagent bo‗yicha
differensial deyish (hisoblash) mumkin.
Katalizatorlarning katalitik faolligi oqimli
differensial kvars reaktorda,
odatdagi atmosfera bosimida, 750-850
0
С da va metan:kislorod=1,5’5:1 hajmiy
nisbatda bo‗lgan sharoitda o‗rganildi.
Metanni oksidlanishli dimerlash reaksiyasi uchun yuttirish usulida
tayyorlangan marganes asosidagi oksidli katalizatorlar
yuqori katalitik faollik va
unumdorlikka ega bo‗lib, eng yaxshi natijalar (Mn
2
O
3
)
x
·(Na
2
MoO
4
)
y
·(ZrO
2
)
z
kompleksi ishtirokida olindi. Tutuvchi modda (nositel) sifatida keramzit ishlatildi.
Qayd etilgan usullar bo‗yicha olingan katalizatorlar ishtirokida metanning
konversiyasi 56.8%, maqsadli mahsulotlar bo‗yicha selektivlik 62.3%, etilenga
nisbatan selektivlik 65,8% va C
2
-uglevodorodlar unumi 35.4% ni tashkil etdi.