7-ma`ruza. Metanning konversiya jarayonini avtomatlashtirish. Ma`ruza rejasi: Metanni konversiyalash jarayonining texnologik sxemasining tavsifi



Download 162 Kb.
Sana30.08.2021
Hajmi162 Kb.
#160084
Bog'liq
7-маъруза


7-ma`ruza. Metanning konversiya jarayonini avtomatlashtirish.
Ma`ruza rejasi:

1. Metanni konversiyalash jarayonining texnologik sxemasining tavsifi;

2. Metanning konversiyasi jarayoni boshqarish ob`yekti sifatida;

3. Metanni konversiyalash jarayonining optimal ish rejimiga erishish uchun tavsiya etiladigan avtomatlashtirishning funksional sxemasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Yusufbekov N.R. va boshqalar. «Avtomatika va ishlab chiqarish prosesslarining avtomatlashtirilishi». Toshkent-«O’qituvchi», 1982. (5 –15, 171-176 betlar)

2. Yusufbekov N. R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish”

3. Mansurov A.X. «Avtomatika va ishlab chiqarish prosesslarini avtomatlashtirilishi». Toshkent - «O’qituvchi», 1987. 250 s. (3-10 betlar)

4. Shomurodova D.M., Usmonov A.U. «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» Ma’ruzalar matni. Buxoro – 1999 y. (3-15 betlar).
Zavod kollektoridan kelayotgan tabiiy gaz 1,2 MPa bosim ostida ammiakni sintez qilish bo`limidan kelayotgan azotovodorod aralashmasi (AVA) bilan 10:1 nisbatda aralashadi va keyin trubasimon pech’ 1 ga yo`naladi (28.1-rasm), u erda gazlar aralashmasi tutun gazlari bilan ≈ 400°S gacha isitiladi. Keyin u oltingugurtli organik birikmalarni vodorod sul’fitgacha gidratlovchi apparat 2 ga yo`naltiriladi. Keyin vodorod sul’fiddan tozalangan tabiiy gaz suv bug’i bilan bug’-gazning 4 ga teng nisbatida aralashtiriladi.

Olingan bug’ - gaz aralashmasi trubasimon pechning konvektiv qismida joylashgan isitkichga yo`naltiriladi, u erda aralashma temperaturasi tutun gazlari issiqligi hisobiga 500-550°S gacha ko`tariladi.

Isitilgan bug’-gaz aralashmasi keyin trubasimon pechning radiatsion kamerasiga o`rnatilgan reaktsion trubalarga kelib tushadi, ularda nikelli katalizatorda tabiiy gazning suv bug’i bilan konversiyasi yuz beradi.

Reaktsiya uchun zarur issiqlikni trubasimon pechda tabiiy gazni yoqib olinadi. Trubasimon pechda yoqilg’i yonishi natijasida hosil bo`ladigan tutunli gazlar atmosferaga tutun so`rgich 9 bilan chiqarib tashlanadi. Reaktsion trubalarda qoldiq metanning taqriban 10% ini ichiga olgan konvertirlangan gaz 800-830°S temperaturada shaxta reaktori 3 aralashtirgichiga keladi. SHu erga 3 MPa bosim ostida trubasimon pechning konvektiv qismida 500°S gacha qizdirilgan texnologik havo uzatiladi.

Shaxtali reaktor 3 da trubasimon pechdan so`ng gazda qolgan metannng deyarli to`la konversiyasi amalga oshiriladi va olinadigan texnologik gaz tarkibiga ammiakni sintez qilish bosqichi uchun zarur azot kiritiladi.

Shaxta reaktorining yuqori qismining bo`sh fazosida trubasimon pechdan kelayotgan konvertirlangan gazdagi vodorod va metanning bir qismi havodagi kislorod bilan birga yonib ketadi; bunda qolgan metanning shaxta reaktoridagi nikelli katalizatoridagi suv bug’i bilan endotermik reaktsiya uchun zarur issiqlik ajraladi.

Shaxta reaktorining chiqishida 980-1000°S temperaturada qoldiq metan miqdori ≈ 0,5% bo`lgan konvertirlangan gaz olinadi.



17.1 – rasm. Metanning konversiya jarayonini avtomatlashtirish sxemasi
Metan konversiyasining ketma-ket ikki bosqichli konversiya jarayonini amalga oshirishda, unda birinchi bosqichda bug’ konversiyasi o`tadi (trubasimon pechda), ikkinchi bosqichda bug’-xavo konversiyasi (shaxtali konversiyagacha) o`tadi, shaxta reaktori chiqishidagi konversiyalangan gazning tarkibi trubasimon pechning chiqishidagi konversiyalangan gazning tarkibi, bosimi va temperaturasi bilan aniqlanadi.
Trubasimon pechning chiqishida temperaturaning va uning kirishida bug’-gaz nisbatining ortishida undan keyin gazdagi metanning qoldiq miqdori kamayadi. Bug’-gazning berilgan nisbati nisbiy rostlagich 4 yordamida rostlovchi klapan 31 orqali bug’ni uzatishni o`zgartirish yo`li bilan ta`minlanadi. Tabiiy gazning bosimi tabiiy gazning uzatilishini rostlovchi klapan 32 ga ta`sir qiluvchi bosim rostlagichi 5 bilan barqarorlashtiriladi. Trubasimon pechning chiqishidagi temperatura pechga kelayotgan yonilg’i gazni sarf rostlagichi 6 va rostlovchi klapan 33 yordamida o`zgartirib rostlanadi.
SHuningdek, AVA ni uzatishni rostlovchi klapan 34 ga ta`sir qiluvchi nisbat rostlagichi 7 yordamida apparat 7 ga uzatilayotgan gaz: AVA sarflanishi nisbatlari rostlanishi ko`zda tutilgan. SHaxta reaktori 3 dagi berilgan rejim unga uzatilayotgan havoni sarf rostlagichi 8 va rostlovchi klapan 35 yordamida o`zgartirilib ta`minlanadi.

Metanning konversiya jarayonining asosiy nazorat qilinuvchi parametrlari quyidagilardir: havoning bosimi (datchik 10), quvursimon pechga kirishda, bug’-gaz aralashmasi bosimi (datchik 11), quvursimon pechdan chiqishda konversiyalangan gaz bosimi (datchik 12), shaxta reaktori chiqishida konversiyalangan gazning (datchik 14) va tutun tortgich 9 oldida tutunli gazlar bosimi (datchik 15); bug’ temperaturasi (datchik 16), quvursimon pechning kirishidagi havoning (datchik 17) va shaxta reaktorining (datchik 18), yonilg’ining (datchik 19), tabiiy gaz va AVA ning trubasimon pechga (datchik 20) va oltingugurt tozalagich apparati 3 ga kirishidagi aralashmasi (datchik 21) temperaturasi, pechning reaktsion truba kirishida bug’-gaz aralashmasi temperaturasi (datchik 22), pechning chiqishida konversiyalangan gazning (datchik 24) temperaturasi, pechning radiatsion kamerasidan chiqishida (datchik 25) va tutun tortgich oldidagi (datchik 26) tutun gazlari temperaturasi apparat 2 ning chiqishida gazlar aralashmasi temperaturasi (datchik 27); konversiyalangan gazning trubasimon pechdan (datchik 28) va shaxta reaktoridan (datchik 29) keyingi tarkibi - metan miqdori; trubasimon pechning chiqishida tutunli gazlar tarkibi (datchik 30 )- kislorod miqdori.




Sinov savollari:

1. Metanni sintez qilish jarayonining ish unimdorligining ko`rsatgichi qanday parametrlar hisoblanadi?



2. Bu jarayonni avtomatlashtirishda qanday bilvosita parametrlardan foydlaniladi va nima uchun?

3. Metanni sintez qilish jarayonini optimal ish rejimiga erishish uchun qanday parametrlarni rostlash va nazorat qilish tavsiya etiladi?
Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish