Ўзбекистон респупликаси



Download 378,5 Kb.
bet7/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

*Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) metodika tarixida ham tegishli iz qoldirgan yirik siymolardan biri. Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining rahbaridir. U jadidlar harakatining dasturini tuzdi va matbuotda e’lon qildi. Asr boshlarida Behbudiyning Arabiston, Turkiya safarlarida bo‘lishi, Orenburg, Qozon, Moskva, Peterburg shaharlariga borishi, u yerlardagi ta’lim tizimi bilan tanishishi, davlat boshqaruv tizimini o‘rganishi uning dunyoqarashida chuqur iz qoldirdi. Natijada "Bolalar uchun kitob", "Rusiyaning qisqacha geografiyasi", "Aholi jug‘rofiyasiga kirish" kabi qo‘llanmalari vujudga keldi. Samarqandda "usuli savtiya" maktabini ochdi.
*Xayrullaxon Said Nosir o‘g‘li Mirzo (Mirzo Ho‘qandiy) (1880-1943) ham bir necha yo‘nalishlarda ish olib borgan ma'rifatparvarlardan biridir. U yangi usuldagi maktablar ochishda tashabbus va faollik ko‘rsatgan, o‘zi shu maktablarda dars bergan, maktab qoshida kutubxona va nashriyot tashkil etgan. Boshqa tillardagi darsliklarni o‘zbek tiliga o‘girgan, o‘zi ham "Gulshani Mirzo", "Gulshani xayol" nomlari bilan darsliklar yaratgan. Bolalarning aqliy imkoniyatlarini oshirish, ularning zehnini o‘stirish maqsadida "Jumboq majmuasi"ni tuzgan. Majmuadan topishmoqlar o‘rin olgan.
*Hamza Hakimzoda Niyoziy maktablar uchun "Yengil adabiyot", "O‘qish kitobi", "Qiroat kitobi"ni yozdi. Eng muhimi, Hamza o‘z kitoblarini osondan murakkabga o‘tish asosida tuzdi.
*Ilg‘or fikrli ziyolilar Turkiston maktablarida ta’limning yangi tartibini amalga oshirish uchun kurashdilar. Natijada ta’limda yangi turdagi "usuli savtiya" maktablari yuzaga keldi. Bu maktablarda ona tili (o‘zbek tili) asosiy o‘quv fani sifatida o‘qitildi. Ta’lim jarayonida izohlash (sharhlash) usulidan foydalanildi. Shunga ko‘ra, adabiyotda bu ta’lim "izohli o‘quv" degan nomni oldi.
*1918-yilda Toshkent eski shahar maorif sho‘basi qoshida "Makotib" (metodik birlashma) uyushmasi tashkil etildi va unga Zufar Nosiriy rahbarlik qildi. Bu sho‘bada haftalik o‘quv rejasi tuzilib, maktablarda shu reja asosida dars o‘tildi. 1918-yil "Maorif" jurnalida V - VIII sinflar uchun ona tili va adabiyoti dasturi e’lon qilindi. Dasturda badiiy asarni o‘qishga e’tibor berildi. Asar bilan tanishtirishdan oldin adabiyot nazariyasidan ma’lumot berish mo‘ljallagan edi. Dasturda nazariy ma’lumotlarni o‘tishda tegishli asarlarga suyanish tavsiya etilsa ham, asarlar aniq ko‘rsatilmadi.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish