VAGONLARNI YIG‘UV SEXIDA TORMOZ
USKUNALARINI TA’MIRLASH
Tormoz silindiri, ishchi kamera, magistrl quvurlar, zaxira rezervuarlari vagonni o‘zida ko‘rilib chiqiladi, zarurat bo‘lmaganda vagondan yechilmaydi. Vagonlarni yig‘uv sexining o‘zida tormoz silidiri, magistrl quvurlar, zaxira rezervuari, maxkomlovchi xomutlar, ushlab turuvchi skobalar ta’mirlanadi.
Yechilganlar o‘rniga ta’mirlangan yoki yangisi o‘rnatiladi.
Tormoz silindirini ta’mirlash
Tormoz silindirini texnik holati ya’ni silindirni vagonga qotirilgan boltlar holati, silindr korpusi, orqa qopqog‘i va maxkamlovchi boltlar tekshirilib chiqiladi.
Silindirning porshen qismi, oldingi kopkog‘i va prujinasi bilan silindr korpusidan yechib olinadi va ko‘rib chiqilib tozalanadi va moylanadi.
Singan, yorilgan detallar almashtiriladi. Zanglagan joylarida siliqlashlar ishlari olib boriladi.
Rezina manjetida uzilishlar, yeyilishlar yoki xizmat muddati vagoni kelgusi rejaviy ta’mirgacha tugasa almshatiriladi. Tormoz silindrini manjeti va prokladkasi – 6yil, 6571 A rusumli tormoz silindirini manjeti, maxkamlovchi halqasi -8 yil.
Porsheni o‘rnatishdan oldin tormoz silindirining manjeti, barcha ishqalanuvchi yuzasiga JT-79L yoki PLASMA - T5 moyi bilan yupqa surtiladi.
6571A rusumli tormoz silindirini yig‘ishda manjetlarning barcha yacheykalari va ishqalanuvchi metall yuzalar JT-79L yoki Lukoyl Sintofleks 2B RW moyi bilan yupqa qilib surtiladi. Ishqalanadigan yuzasiga va manjetga yupka tormoz moyi surtiladi.
14¨ dyumgacha bo‘lgan tormoz silindirlari 4 dona M16 bolti bilan vagonga qotiriladi, 16¨ dyumgacha bo‘lgan tormoz silindirlari 6 dona M16 bolti bilan vagonga qotiriladi.
Magistral havo quvurini ta’mirlash
Vagon magistral quvuri GOST 8734 tashki diametri 42 mm va devor qalinligi 4mm choksiz po‘lat trubalardan ishlab chiqarilgan.
Vagonlarni magistral havo quvuri umumiy holatlarda trubani ikki bo‘linmasidan tashkil topib o‘zaro magistral uchlik bilan ulangan. Har bir bo‘linma quvur butligida oraliq ulanishlar bo‘lmasligi kerak.
Shuningdek vagonlarni depo ta’mirida vagonlarning konstruktorlik hujjatlarga asosan oraliq ulanish (payvandlashsiz) ko‘zda tutilmagan bo‘lsa (payvandlashsiz), magistral havoquvurini bir joyida oraliq mufta ulash yo‘li bilan magistral uchlikdan 600 mm dan uzoqroq bo‘lgan masofada amalga oshiriladi.
Vagonlarni depo ta’mirida magistral quvurida mahaliy yeyilish tashqi diametri bo‘yicha ( ishqalanish) chuqurligi 0,6 mm dan ko‘p bo‘lmaganda, ulanish joylaridan tashkari, rezbali joylardan tashkari ruxsat beriladi.
Magistral quvrni ichini tozalashdan oldin 1 kilogramlik yog’och bolg’a bilan urib chiqilib quvr ichidan 28 mm “ersh” siqilgan xavo yordamida o’tkazilib chiqiladi
Birlashtiruvchi po‘lat choksiz quvurlar GOST 8734 tashqi diametri 27 mm va devor qalinligi 3,2 mm ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Birlashtiruvchi quvur umumiy holatda but quvurlardan oraliq ulanishsiz quvurlardan yasalgan bo‘lishi kerak.
Avtorejimni birlashtiruvchi quvurlarda qo‘shimcha oraliq mufta ulanishlar (payvandlashsiz) vagonda konstruktorlik hujjatida ko‘zda tutilgan bo‘lsa ruxsat beriladi.
Vagonlarni depo ta’mirida ayrim vagonlarda konstruktorlik hujjatiga asosan birlashtiruvchi Avtorejim quvurlarida ko‘shimcha oraliq muftali (payvandsiz) ulanishlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, bu quvurlarni bitta oraliq muftali (payvandsiz)ulanishga ruxsat etiladi.
Depo ta’mirida ta’mirlangan vagonlarga avtorejim urnatilish shart, konstruktorlik xujjatga asosan avtorejim o’rnatilmagan vagonlardan tashqari.
Do'stlaringiz bilan baham: |