VAGONNING RAMASINI TA’MIRLASH
Vagonning ramasi, detallari, uzellari va payvandlangan choklar xar xil qum, loy chang, zanglardan tozalanadi.
Vagonning ramasi, detallari, uzellari ko’zdan kechiriladi.
Balkalarda yoriqlar, sinishlar va yemirilishlar bo’lganda “Инструкция по сварке и наплавке при ремонте грузовых вагонов” РД ВНИИЖТ 059.01.2019 yo’riqnomasiga asosan ta’mirlanadi. Xrebtovoy balkada o’rnatilgan friksion planka 8 mm ko’p yemirilganda, planka almashtiriladi. Yon ramalar va xrebtovoy balkalarning yuza qismida gorizontal va vertikal bor uzinligi bo’yicha egilish 50 mm ko’p bo’lsa ruxsat etilmaydi.
Oraliq, shkvorenli va oxirgi balkalarda egilish 20 mm ko’p bo’lsa ruxsat etilmaydi.
Balkalarda egilishlar me’yordan ko’p bo’lgan xollarda balkalar to’g’irlanadi.
Balkalarning yemirlishi qalinligi (korroziya) 15-30% bo’lganda “Инструкция по сварке и наплавке при ремонте грузовых вагонов” РД ВНИИЖТ 059.01.2019 yo’riqnomasiga asosan ta’mirlanadi.
Sirpang’ichlarni (skolzun)ta’mirlash
Sirpang’ichlar har hil chang zanglardan tozalanib tekshiriladi. Singan sirpang’ichlar almashtiriladi. Sirpang’ichlarning ishqalanuvchi tayanch yuzlari 5 mm ko’p yemirilganda almashtiriladi.
Sirpang’ichlarning ishqalanuvchi tayanch yuzining qalinligi 20 % oshmaganda yemirilishga bardoshli planka bilan qoplanadi va mexanik ishlov beriladi.
Sirpang’ichlarda yoriqlar elektr payvandlash yo’li bilan bartaraf qilinadi.
Pyatnikni ta’mirlash.
Pyatnik har hil chang zang va moylardan tozalanib tekshiriladi.
Pyatnikda yoriqlar, yemirilishlar, tayanch yuzasida yemirilish 3 mm yoki pyatnik dimetri bo’yicha 3 mm ko’p bo’lsa yoki konisimon shakilda bir tomonga 2 mm ko’p yemirlgan bo’lsa pyatnik vagondan yechib olinadi va “Ремонт сваркой и износостойкой наплавкой пятника рам грузовых вагонов” ТИ-ТНП-2010 yo’riqnomasiga asosan ta’mirlanadi.bPyatnikni o’lchamlarini o’lchash “Методика контроля узла пятник-подпятник при проведении деповского ремонта грузовқх вагонов” РД 32 ЦВ 067-2008 yo’riqnomasiga asosan o’lchanadi.
Pyatnikni ta’mirlashda pyatnikka halqa va plastina qo’yish taqiqlanadi.
Pyatnikni maxkamlovchi parchinlar, boltlar bo’shagan xollarda parchinlar boltlar kesilib vagonning konstruktorlik xujjatiga muofiq yangisi qo’yiladi.
Depo ta’mirida ta’mirlanib yaroqli deb topilgan pyatniklarga flayansning tores qismiga shkvoren balka tomondan ta’mirlanganligi haqida va pyatnik diametri, balandiligi haqida tamg’a qo’yiladi.
Tamg’a balandligi 6 mm. Chuqurligi 0,25 mm ko’p bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |