Yarmarkaning 2008-2011- yillardagi natijasi
Ko’rgazma
|
Kelishuvlar miqdori
|
Kelishuvlar qiymati
|
I yarmarka
|
292
|
13,1 mlrd. so’m
|
II yarmarka
|
448
|
16,9 mlrd. so’m
|
III yarmarka
|
456
|
10,7 mlrd. so’m
|
IV yarmarka
|
388
|
9,9 mlrd. so’m
|
Manba: Jadval “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi” ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Bugungi kunda umumiy qiymati 9,9 mlrd. So’m bo’lgan 448 ta shartnoma amalga oshirildi; 13,4 mlrd. So’m miqdorida 305 ta shartnoma faol amalga oshirilmoqda. Umuman olganda ilmiy tashkilotlarga 14,9 mlrd.so’m mablag’ o’tkazilgan bo’lsa, bu jami shartnomalar qiymatining 28,9 %ini tashkil qiladi. Mazkur shartnomalarning bajarilishi natijasida, korxonalarimizda 186,5 mlrd.so’m hajmda yangi mahsulot ishlab chiqarildi, 9,4 mln AQSH dollari miqdorida import o’rni qoplandi.
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy muhit hali yetarli darajada emas. O’zbekistonning MIT elementlarini tizimli tahlil qilganimizda ular orasidagi o’zaro aloqada birnechta muammolar bor ekanligini ko’satdi, ularni yechish esa innovatsion rivojlanish uchun juda munhim hisoblanadi. Bu muammolar asosan quyidagilar hisoblanadi:
1) Amaliy olib qaraganda MITning har bir elementi bir-biriga bog’liq muammolarga ega bo’lib, eng asosiysi ular hali to’liq butunlikka erishmadi va hali innovatsion rivojlanishni ta’minlab bera olmaydi. Misol uchun, innovatsiyalarni joriy qilish ularning mualliflik huquqi tizimi bilan to’la kafolatlanmagan.
2) MITning alohida elementlari alohida muammolarni hal etishga yo’naltirilgan bo’lib, u innovatsion rivojlanish umumiy muammolarini hal etishda qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Eksportga yo’naltirilgan mahsulot va shartnomalarni sertifikatsiyalash majburiyati mamlakat tovarlarining eksportga chiqishda tranzaksion xarajatlarini oshirib bu jarayonni qiyinlashtirmoqda.
3) Bundan tashqari, mamlakatda aniq maqsadga yo’naltirilgan o’rta va uzoq muddatli istiqbollarni ko’zlovchi innovatsion siyosatni olib boradigan hujjatlarning yo’qligi, aniq vazifalarni bajarib qo’yilgan maqsadga erishish chora-tadbirlarni amalga oshirishga to’siqlar qo’ymoqda. Hozirda amaliyotdagi dasturlar ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, import ornini bosuvchi va eksportga yo’naltiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqishni, ishlab chiqarish korxonalarning texnik bazasini yaxshilashga qaratilgan. Ammo, ularda mahalliy ilmiy potensialni yaxshilash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha , yangiliklarni ishlab chiqarishga samarali va uzluksiz joriy etishni ta’minlab beruvchi huquqiy normativlar mavjud emas.
4) Yana bir yirik muammo, bu MIT elementlari o’rtasida o’zaro aloqaning yaxshi rivojlanmaganligi ular orasida axborot almashinuvining past darajada ekanligiga ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa, o’z navbatida ish bilan ta’minlovchilarning kerakli kadrlar bilan o’z vaqtida ta’minlanmasligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.38
Innovatsion loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirilishi ham yaxshi samara beradi, ammo , agar jahonning yetakchi mamlakatlarining innovatsion siyosati va rivojlanish dasturlariga ( misol uchun Germaniyadagi “Biznes-angel” loyihasi) qaraydigan bo’lsak, xususiy investorlarning kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda, yangi innovatsion novatorlarning loyihalarini moliyalshtirishda o’rnining kattaligiga guvoh bo’lamiz. Bizning Respublikamizda ham yirik loyihalarga investitsiyalar kiritish, sohalarni modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2012-yilda jalb etilgan investitsiyalarning qariyb 74%i ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratildi. Bu borada, 2012-yilning o’ida 1,6 mlrd. AQSH dollaridan ortiq bo’lgan capital qo’yilmalar o’zlashtirilib, 205 ta yirik investitsiya ob’ektlari qurib bitkazilgan.39 Ammo, shuni ham aytib o’tish kerakki bularning barchasi xorijiy investitsiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Ichki infratuzilmaning to’liq rivojlanib bo’lmaganligi va yangi kichik korxonalarni moliyalashtirish manbalarining faqatgina davlat jamg’armalari va Vazirliklari tomonidan amalaga oshirilishi hozirgi kundagi O’zbekiston innovatsion iqtisodiyotini qurish oldidagi muammolaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |