2.3. Yaponiyada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari va yo’nalishlari
Yaponiyaning Milliy innovatsion tizimi ham boshqa mamlakatlarniki singari bosqichma – bosqich shakllandi. Yaponiyada MIT rivojlanishini jahon urushidan keyingi davrda 3 bosqichga ajratish mumkin. 1-bosqich, XX asrning 50-80-yillari; 2-bosqich,1980-yillardan 2000-yilgacha; 3-bosqich, XXI asr boshidan hozirgi kungacha. Har bir bosqich o’ziga xos xususiyatlarga, asosiy sifatlarga, xarakteristikasiga ega bo’lib, ular olib borilayotgan ilmiy, texnik, ta’lim va ijtimoiy sohalardagi siyosatlarning xossalari bilan aniqlanadi.
Yaponiyada davlatning ilmiy-texnik va innovatsion siyosati uning sanoat sohasidagi siyosati hisoblanadi. Mamlakatda 60-yillardayoq ommaviy ravishda ilmiy sig’imli va texnologik sohalarning intensiv istiqbolli rivojlanishiga yo’nalgan tizimni qo’llab-quvvatlash boshlangan edi. 1985-yilda esailm va texnika bo’yicha Kengash “Ilmiy-texnik siyosat asoslari” dasturli hujjatini qabul qildi, unga ko’ra (1992-yilda tuzatishlar kiritildi) XX asr oxirigacha yapon ilm-fanining rivojlantirishda asosiy 7 yo’nalishlarini belgilab oldi:
tizimda “ ilm va texnika – inson va jamiyat” garmoniyasini ta’minlash;
ilm va texnikada bandlarni qo’llab-quvvatlash;
ITTKIga xarajatlarni oshirish;
ilmiy-tadqiqot infrastrukturasini rivojlantirish;
tadqiqotchilarning ijodi va fikrlashi o’ziga xosligi (original) rag’batlantirish ;
xalqaro ilmiy-texnik faoliyatga muvofiqlashtirish;
mamlakatning periferiyali rayonlarida ilmiy-texnik rivojlanishga ko’maklashish.30
1995-yilda esa Yaponiyada “Ilm-fan, texnika va texnologiya haqida tayanch qonun” qabul qilindi. Uning asosida mamlakatning ilmiy-texnik tadqiqot faoliyatini tashkiliy tartiblari tuzib chiqildi. Qonunda ilm-fan, texnik va texnologiya faqatgina yaponlarning emas balki, umuminson rivojlanishining asosiy omili ekanligi ta’kidlab o’tildi.
2005-yilda Ilmiy-texnik siyosatlar milliy institut (NISTEP) tomonidan jahon ilm-texnika rivojlanishi uchun 2035-yilgacha bo’lgan davrga prognozlar berdi. Ushbu dasturda 130 ta asosiy innovastion yo’nalishlar belgilab berilib, ularni mamlakatda joriy qilingan innovatsion yo’nalishlar bilan muvofiqlashtirib uning keyingi rivojlanish yo’nalishlarini aniqlashtirgan. Natijada “innovatsion yo’nalishlarning prioritetlar” matritsasi tuzilgan (Matritsaning 1 qismi 3-ilovada keltirilgan).
Milliy prioritetlarni samarali amalga oshirish uchun, yapon “ 2006-2010-yillar uchun Ilmiy-Texnik Rivojlansih tayanch dasturi” da aytib o’tilganidek, birinchi darajali vazifa samarali MIT yaratishdir. Uning samaraliligini yuqori kvalifikatsiyali kadrlar ko’rsatib beradi. Ularni tayyorlash, jahon darajasigacha olib chiqish umummillat prioritetiga aylandi. Shunga bog’liq holda undan kam bo’lmagan ahamiyatdagi prioritet – yapon xalqini yetakchi texnika va texnologiyalar yetkazib beruvchi millat sifatida oldinga olib chiqish vazifasi qo’yildi. Yana shuni fakt qilib aytish mumkinki, yapon MITining tashkil etilishida xorijiy yetakchi texnologiyalarni import qilgan holda ularni milliy tadqiqot markazlarida qayta takomillashtirib ishlab chiqarish va sanoatga qo’llash jarayoni katta rol o’ynaydi.
Yaponiya MITi ahamiyatli darajada inson potensialidan har taraflama foydalanishga qaratilgan. Shunga bog’liq,Yaponiyada ilmiy-texnik va tashkiliy innovatsiyalar 4 ta asosiy yo’nalishlarda olib boriladi31:
Do'stlaringiz bilan baham: |