Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


II Bob. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining amaldagi holati



Download 332,17 Kb.
bet11/29
Sana26.04.2022
Hajmi332,17 Kb.
#584562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Esemuratova A 0-1a-11

II Bob. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining amaldagi holati

2.1. AQSHda innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari.



Ushbu bobda innovatsion iqtisodiyotni tashkil qilish va rivojlantirish bo’yicha jahondagi tajribasini AQSH, Germaniya,Yaponiya kab rivojlangan mamalakatlar misolida o’rganib chiqamiz. Har bir mamlakat rivojlanish dasturini ko’rib chiqar ekanmiz, dastlab rivojlanish evolyutsion bosqichlari, asosiy yo’nalishlari va hozirda e’tibor qaratayotgan sohalariga to’xtalib o’tamiz.
AQSH iqtisodiyotining XX asr oxiridan boshlab to hozirgi kungacha rivojlanishida innovatsiya va yangi texnologiyalar muhim o’rin egallagan bo’lib, aynan Amerika innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo’yicha yetakchi hisoblanadi. AQSH iqtisodiyotida “bilimlar” kapital hisoblanib, u tovar va xizmatlarni ishlab chiqishda iqtisodiyotni postindustrial jamiyatga olib o’tishda asosiy omil vazifasini bajardi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, innovatsion iqtisodiyotning paydo bo’lishida AQSHning o’rni katta. Amerika tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bir necha asrlardan beri AQSH yangilik qidiruvchilar uchun o’z g’oyalarini amalga oshirish maskani bo’lib kelmoqda. Zamonaviy inson hayotiga chambarchas bog’lanib ketgan avtomobil, internet kabi ixtirolar ham aynan AQSHda paydo bo’lgan.
Innovatsion model haqida gapirar ekanmiz, avvalambor u ilm-fan rivojlanishi bilan bog’liqligini aytib o’tishimiz kerak. AQSHda ilm-fanning rivojlanishi va yangi bosqichga o’tishi bir nechta omillarga asoslanadi: matematika, fizika, kimyo fanlaridagi yangiliklar ilm-texnika inqilobiga sabab bo’ldi; ishlab chiqarishda yangi uskunlardan foydalanish ishlab chiqarishni avtomatlashtirdi; mamlakatlar o’rtasidagi harbiy qarama-qarshiliklar ( AQSH II Jahon urushi va SSSR bilan bo’lgan “Sovuq urush” natijasida harbiy, kosmik sohalarda yangiliklar yaratdi).
AQSh innovatsion iqtisodiyotga o’tish modeli evolyutsiyasiga qaraydigan bo’lsak, hozirda olimlar uni 5 bosqichga ajratadi. 17
1. Ilmiy salohiyat sig’imi yuqori iqtisodiyot sohalarida yangiliklarning paydo bo’lishi bilan AQSH innovatsion modeli evolyutsiyasi boshlandi. Ushbu sohalar: kosmik va aviatsia sanoati; farmasevtika va meditsina sohasi; elektronika; telekommunikatsiya; avtomobilsozlik sohalaridir.
2. Keyingi bosqichda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish informatsiya infrastrukturasi va inson kapitali ahamiyati oshishi bilan bog’liq. Aynan inson kapitali bilim, ma’lumotlarga ega bo’lgan holda yangi g’oya, yangiliklar yaratishda asosiy generator vazifasini bajaradi.
3. Xizmatlar sohasi yangi iqtisodiyotning bir xususiyati bo’libgina qolmay, uning tashkil topishida omil sifatida ham qaraladi. Aynan xizmatlar sohasi o’z ichiga ilm-fan, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini oladi.( Yuqoridagi 3ta bosqich yoki innovatsion model sikllari XVIII asr oxiri va XX asr 1-yarmigacha bo’lgan davrda birgalikda rivojlandi).18
4. 1940-1980-yillar oralig’idagi uchbu bosqichda ishlab chiqarishni ommaviy avtomatlashtirish, elektrotexnikalardan foydalanish, kimyo sanoati va avtomobilsozlik rivojlandi. Tadqiqotlar olib borish va yangiliklar yaratish ayniqsa, II jahon urushi va “Sovuq urush” davriga to’g’ri keladi. Bunday yuksalish 1960-yillarda iqtisodiyotning o’zida pasayish yuz berganda ham davom etdi.
5. Bu bosqich 1981-83-yillardan to hozirgacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Ushbu bosqich AQSH innovatsion modeli tashkil topishi tugashi bilan ham tavsiflanadi. Bu davrda ishlab chiqarish va sanoatda mikroelektronika, murakkab sanoq komplekslari va super-kompyuterlar, gen injenerligi rivojlanishi, biotexnologiya, mikrobiologiya seleksiyasi va nanotexnologiyalar rivojlanishi yutuqlaridan samarali foydalanildi.
AQSH “bilimlar iqtsiodiyoti”ning keyingi rivojlanishi uning innovatsion modeli xususiyatiga aniq tavsif beradi. Amerika innovatsion tizmida ilm-fan rivojlanishi uchta bo’g’inga asoslangan : davlat, xususiy sektor va universitetlar. Mamlakatda ilm-fanning rivojlanishida davlatning roli muhim bo'lib hozirda 30% innovatsion dasturlarni moliyalashtirish davlat mablag’iga to'g’ri keladi. AQSHda 108 ta ilmiy tajriba universitetlari bo'lib, ulardan 34 tasi hususiy; 74 tasi davlat tadqiqot institutlaridir.19 Aynan hukumat ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, shu bilan birga universitetlar murakkab fundamental tajribalar o'tkaziladigan maskanlar hisoblanadi.
AQSH innovatsion modeli doirasida muhim dasturlar biznes-inkubatorlar foaliyati jarayonida olib boriladi. Biznes - inkubator - yosh tadbirkorlarning boshlang’ich (start-up) loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi tashkilot bo'lib, uning g’oyani ishlab chiqishdan tortib natijalarini ommalashtirishgacha bo'lgan bosqichigacha yordam beradi.20 Inkubatorlar xizmatlarini ko’rsatishi, tashkiliy tuzilmasi va ular xizmat ko’rsatadigan mijozlari turiga qarab farqlanadi. Biznes inkubatorlar faoliyatining samaradorligi undan chiqqan firma, korxonalarning uzoq muddat ishlab chiqarishda faoliyat olib borishi bilan izohlanadi. Olimlarning tadqiqotlari natijasiga ko’ra inkubatorlarni bitirib chiqqan kompaniyalarning 87%i biznes faoliyatini davom etar ekan, solishtirish uchun, boshqa yo’llar bilan tuzilgan kompaniyalarning 44%igina o’z faoliyatida qoladi.21
Biznes-inkubatorlar tashkil etilishining asosiy sababi ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyatlardir. Ular quyidagi maqsad va zaruriyatlar bo’lishi mumkin:

  • Ish o’rni va daromad o’sishini tashkil etish;

  • Jamiyat tadbirkorlik muhitini rag’batlantirish;

  • Texnologiyalarni sotuvga chiqarish;

  • Mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash;

  • Mahalliy sanoat klasterlari o’sishini ta’minlash va tezlatish;

  • Biznes tuzish va davomiy faoliyatini ta’minlash;

  • Ayollar va voyaga yetmaganlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash;

  • Jamiyatni qayta qurish.

2012-yil oxirida AQSHda 1250 ta biznes-inkubatorlar ro'yxatga olingan bo'lib, Yevropa mamlakatlarida 900dan ziyod, Buyuk Britaniyada 300 dan ortiq Biznes-inkubatorlar yangi firma, kompaniyalarning ish boshlashiga yordam beradi. National Business Incubation Association (NBIA) bergan ma'lumotga ko'ra dunyoda 7000 ga yaqin biznes-inkubatorlar faoliyat olib boradi. 2005-yilning o'zida Shimoliy Amerika inkubatorlari 27 mingdan ortiq firmalarga yordam berib, ularda 100 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari ochilishiga va yillik pul aylanmasini 17 mlrd. AQSH dollariga yetishiga erishgan.22
Quyidagi diagrammada inkubatorlar moliyalashtiruvchilarining ulushini ko’rishimiz mumkin.


Download 332,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish