2.1.1.-rasm. AQSHdagi biznes-inkubatorlar moliya manbalari
Manba: NBIA .Impact of Business Incubation in the US
Amerikadagi biznes-inkubator dasturlarni moliyalashtiruvchi manbalarning 6%igina foyda olish maqsadida tuzilgan tashkilotlar bo’lib, qolgan 94%i foyda olishni maqsad qilmay, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish va innovatsion rivojlanishni tashkil qilish maqsadida tuziladi.
Amerika innovatsion rivojlanish strategiyasida biznes inkubatorlarning o’rni juda ahamiyatlidir. AQSH prezidenti B.Obama ham o’z nutqida: “Innovatsiyalar Amerikada keng ommalashgan jarayondir. Yangi ish o’rinlari ham aynan start-up va kichik bizneslarda yaratilyapti”23, - deb o’z Innovatsion strategiyasi asosini kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishda ekanligini ta’kidlagan. “Startup America” dasturining asosiy maqsadlaridan biri ham aynan innovatsiyalarning iqtisodiy o’sishdagi ulushini oshirish hisoblanadi.
1980-yillarning o’rtalaridan Amerika Small Business Administration (SBA) kichik tadbirkorlik qo’llab-quvvatlash maqsadida biznes-inkubatorlar faoliyati rivojlanishiga yordam ko’rsatdi. Innovatsion start-up va yangi sanoatlarda tadqiqot va rivojlanishni ta’minlash maqsadida 148 mlrd. AQSH dollari miqdorida federal fond tomonidan moliyalashtirilishi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va sotuvini rag’batlantirish uchun hamdir. 24
Yuqorida ta’kidlaganimizdek Amerik o’z innovatsion rivojlanish tizimi kichik tadbirkorlik, universitetlar, ilmiy-amaliy tadqiqot institutlari faoliyati yaxshilash, yaratilgan innovatsiyalardan ishlab chiqarish va savdoda samarali foydalanishni ta’minlab kelmoqda. Ilm-fanda yaratilgan yangiliklarni amaliyotda foydalanish bo’yicha Amerika o’z yetakchiligini uzoq davrlar mobaynida qo’ldan bermay kelishi ham uning MITining uzoq strategiyalarga asoslanganligini tasdiqlaydi.
2.2. Germaniyada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning o’ziga xos jihatlari
Germaniya –ilg’or texnologiyalar, boy ilmiy an’analar va yuqori tadbirkorlik madaniyati bilan jahonda oldingilar qatorida tan olingan. “Made in Germany” belgisi ostida ishlab chiqariladigan nemis tovarlari jahon bozorlarida iste’molchilari oldida o’zining yuqori sifati va texnik xususiyatlari sababli shuhrat qozonib kelgan. Germaniya texnologik va innovatsion ishlanmalari bazasi uning iqtisodiy o’sishi va aholi hayot tarzining yaxshilanishining asosiy omilidir. Ilmiy-texnik, texnologik va intellektual salohiyat nemis jamiyatida mamlakatni jahonda ilm-fan sohalarida va ijtimoiy-iqtisodiy o’sishda liderlikka ega bo’lishiga zamin yaratadigan milliy boylik sifatida qarashadi.
Dunyoda ilmiy salohiyatli sohalarning keyingi rivojlanishida mamlakatning ijodiy potensialini yuksaltirish va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirokini ta’minlash uchun qulay shart – sharoitlar yaratish zaruriyati tug’iladi. Buni anglagan holda germaniyalik siyosat va ilm-fan namoyondalari oxirgi yillarda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ITTKI)ga sarflanayotgan davlat xarajatlarining yillar bo’yicha o’sib borishi buning yaqqol isboti bo’la oladi.
2.2.1.- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |