Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 332,17 Kb.
bet10/29
Sana26.04.2022
Hajmi332,17 Kb.
#584562
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Esemuratova A 0-1a-11

Sharqiy Osiyo mamlakatlarining o’ziga xos innovatsion rivojlanish modeli “an’anaviy” modeldan jiddiy farq qiladi. Ushbu modeldan Sharqiy Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong kabi rivojlangan va yangi industrial mamlakatlari foydalanishadi. Ushbu model asosida tuzilgan MITlarda fundamental ( qisman, amaliy ilmlardan ham) ilmlar komponentiga e’tibor kamligi tufayli rivojlangan mamlakatlardan orqada qolmoqda.
Ushbu model asosida tuzilgan innovatsion tizimning klassik misoli Yaponiya MITi hisoblanadi. Bu tizim asosan texnik innovatsia va yangi texnologiyalar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Yaponiyada MIT tashkil topishi xorijiy zamonaviy texnologiyalarni va nou-xoularni import qilgan holda ularni o’z milliy tadqiqot markazlarida qayta ishlab, rivojlantirib amaliyotda qo’llanishi bilan tashkil topgan. Yaponiyaning ITTKIga xarajatlarining asosiy qismi xususiy sektorga to’g’ri keladi. Aynan shu tarmoqqa e’tibor Yaponiyaga ommaviy talabga ega iste’mol tovarlari ishlab chiqarish sohasidagi texnik rivojlanishini ta’minladi.12 Bundan tashqari regiondagi kichik va o’rta tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 70% yapon texnoparklari tashkil etilgan bo’lib, ularning 58%i yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan.13
Innovatsion rivojlanishning muqobil modelidan ko’pincha qishloq xo’jaligiga asoslangan, sezilarli fundamental va amaliy ilm salohiyatiga va boy qazilma xom-ashyosiga , milliy raqobatbardoshlikni saqlab turuvchi qayta ishlash texnologiyalariga ega bo’lmagan mamlakatlar foydalanishadi. Fundamental va amaliy ilmlar rivojlanmaganligi sababli ham bu model qo’llanuvchilari yangi texnologiyalar yaratishda yaxshi natijalarga erishish ahvolida emas. Shuning uchun ham ular o’zlarining innovatsion siyosatida iqtisodiyot, moliya, menejment, sotsiologiya va psixologiya sohalarida kadrlar tayyorlash, yengil sanoatning alohida yo’nalishlarini, kreativ sanoat va rekreatsion (sog’liqni tiklash) tarmoqlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Eng katta e’tibor TMKlarning mahalliy vakolatxonalari, xalqaro banklar, xalqaro siyosiy tuzilmalar uchun menejerlar yetkazib berishga qaratilgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bunday high-tech innovatsion rivojlanish yo’lidan high-hume yo’liga o’tish hammavaqt ham iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini bera olmaydi. Innovatsion tizimning muqobil modelidan Tailand, Chili, Turkiya, Iordaniya va Portugaliya kabi mamlakatlar foydalanishadi. 14
Tailandda 2003-yilda innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash asosiy vazifalari bo’lgan Milliy Innovatsion Agentlik tuzilgan. Bundan tashqari asosiy faoliyat sohasi yangi nanomateriallar, nanobiotexnologiya va nanoelektronika sohalarni rivojlantirish bo’lgan, xorijiy olimlarini jalb qilgan holda mahalliy universitet, davlat va xususiy Ilmiy-Tadqiqot Institutlari xodimlari bilan birgalikda yuqoritexnologik parklar tashkil qilish yo’lga qo’yildi. Chilida esa innovatsion siyosati asosan qishloq xo’jaligini, turizm, innovatsion menejment va telekommunikatsiya va aloqa texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Fundamental bilimlarning rivojlanishini esa davlat tomonidan yordam ko’rsatilayotgan milliy universitetlarda( Chili va Santyago de Chili Universitetlari, Federiko Santa Mariya Texnika Universitetlari shular jumlasidandir) ta’minlashmoqda.15
Uchtalik spiral” modeli faqatgina oxirgi o’n yilliklarda Evroatlantika modeli negizida rivojlanayotgan yangi modeldir. U yuqorida sanab o’tilgan modellardan MIT tuzilmasi jihati bilangina emas balki, ularning alohida elementlarining o’zaro aloqasi mexanizmi bilan ham ajralib turadi. Uning tugallangan ko’rinishi hali aniq bir mamlakatda kuzatilmaydi. Hozirgi kunda ushbu modelning ko’proq rivojlangan ko’rinishi AQSHda, ayrim elementlari G’arbiy Yevropa va Yaponiyada rivojlanib kelmoqda.
Innovatsion rivojlanishning “Uchtalik spiral” modeliga innovatsion mahsulot ishlab chiqarishda uchta institut (ilm-fan – davlat – biznes ) orasidagi o’zaro munosabatlar xos. Ushbu tashkilotlararo bog’liqlikni ta’minlovchi dinamik model iqtisodiyot va jamiyatning evolyutsiyasi davrida paydo bo’lgan. Uning asosiy elementlari : 1)ilmiy bilimga asoslangan jamiyatda universitetlarning roli sanoat va hukumat bilan munosabatlarda oshishi; 2) uchta institut (ilm-fan – davlat – biznes ) ham o’zaro hamkorlik qilishga harakat qilib, bunda davlat asosiy inisiator bo’lib qolmaydi; 3) har bir institut o’zining an’anaviy funksiyalaridan tashqari boshqalarining ham vazifalarini innovatsiyalar yordamida bajaradi.
AQSHdagi Silikon vodiysi tashkil topilishi “Uchtalik model” innovatsion rivojlanish yo’liga asoslangan misoldir. 30-yillardagi inqirozdan chiqib ketish uchun Massachusets hukumati tomonidan tuzilgan ushbu vodiy, dastlab ikki tomonloma munosabatlarga “universitet-korxona” va “davlat-universitet” o’zaro aloqlariga asoslangan edi. 1980-yillardagi patent va Tovar markalari haqidagi qonunga kiritilgan o’zgartirishlar uchtalik munosabatlar rivojlanishiga zamin yaratdi. Endilikda universitetlarga intellektual mulkka mualliflik huquqi davlat tomonidan moliyalashtirilgan ishlanmalarga nisbatan ham berila boshlandi. 16 Hozirgi kunda AQSH MITi uning 150dan ortiq universitetlari, shu jumladan jahonda oldingilar qatoridagi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stendford kabi universitetlarida o’tkaziladigan fundamental va ma’lum darajada amaliy tadqiqotlarga asoslangan.
Milliy innovatsion tizimlarning xorijiy tajribalari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda ko’plab mamlakatlar o’zlarining iqtisodiy o’sish yo’llarini innovatsion iqtisodiyot bilan, o’z imkoniyatlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda MIT modelini tanlash bilan bog’lamoqda. Model tanlash iqtisodiyotda mavjud iqtisodiyot , ta’lim va ilm-fan rivojlanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.

Download 332,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish