Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


III Bob. O’zbekiston sharoitida iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo’liga o’tish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish istiqbollari



Download 332,17 Kb.
bet18/29
Sana26.04.2022
Hajmi332,17 Kb.
#584562
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Esemuratova A 0-1a-11

III Bob. O’zbekiston sharoitida iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo’liga o’tish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish istiqbollari.

3.1. O’zbekiston iqtisodiyotida innovatsiyalardan foydalanish shart-sharoitlari va muammolari

Ushbu bobda, O’zbekiston iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishdagi mavjud shart-sharoit va imkoniyatlari,davlat innovatsion rivojlanish dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar, jahon tajribalaridan samarali foydalanish uchun mamlakat salohiyatini o’rganish bilan birga, uning keyingi rivojlanish istiqbollari va yo’nalishlari va mutaxassislarning prognozlari berilgan.


Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida innovatsiyalarning ahamiyati, innovatsion faoliyat natijalarini ro'yobga chiqarish, ya’ni ulardan samarali foydalanish, ularni rivojlantirishning yo'nalishlari va mexanizmlari o'zgarib bormoqda. Hurmatli yurtboshimizning bu borada 2008-yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g’risida”gi PQ-916 sonli qarori mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy poydevori bo'ldi (qarorning to’liq matni 4-ilovada berilgan).
Qarorning asosiy maqsadi:

  • Respublikamizning barcha sohalarida ichki bozorni innovatsion mahsulot bilan to'ldirishni, texnologik va ilmiy-tadqiqot bazasini rivojlantirishni hamda intellektual kapitalizatsiya o'sishini ta'minlaydigan milliy innovatsion tizimni yaratish va rivojlantirish;

  • Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni joriy qilish;

  • Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o'rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iboratdir.

Ushbu qaror bo’yicha innovatsion faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxona-muassasa sub’ektlari ko’pgina soliq va bojxona imtiyozlari berilgan edi36:

  • 2013-yilning 1-yanvarigacha bo'lgan davrda o'quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig’i, yagona soliq to'lovi, qo’shilgan qiymat solig’i va davlatning maqsadli jamg’armalariga majburiy to'lovlar (yagona ijtimoiy to'lovdan tashqari) to'lashdan ozod etiladi;

  • Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va to'liq jihozlash uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro'yxatlar bo'yicha modernizatsiya qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) ozod etiladi.

Ushbu qarorga muvofiq, har yili Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublik yarmarkasi o’tkaziladi. Yarmarkaning bosh maqsadi ilmiy hajmdor, yuqori texnologik ishlab chiqarishning o'sishi, shu jumladan kichik innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish; respublikaning ilmiy salohiyatidan mamlakatning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda samarali foydalanish; korxonalarning investitsiya va innovatsiya faolligini rag’batlantirish, innovatsiya faoliyatini kengaytirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga ko'maklashishdan iborat. Yarmarkada ichlanmalar asosan 5 yo’nalish bo’yicha oylashtiriladi:

  • Sanoat: energetika, asbobsozlik va mashinasozlik, tog’ kon tarmog’I, yangi material va zamonaviy texnologiyalar;

  • Qishloq xo’jaligi:genom texnologiyalari, seleksiya va urug’chilik, agrotexnika va agrokimyo, o’simliklarni himoya qilish va atrof muhit muhofazasi;

  • Sog’liqni saqlash va farmasevtika: import o’rnini bosuvchi yangi dori-darmonlar;

  • Informatsion texnologiyalar: axborot xavfsizligi, axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishning raqamli texnologiyalari;

  • Fan va ta’lim: fan va ta’lim tizimida zamonaviy usullar va texnologiyalar.

IV Yarmarkada ilk bor taqdim etilgan ishlanmalarning 195 tasi sanoat sohasida, 110 tasi qishloq xo'jaligi yo'nalishida, 87 ishlanma tibbiyot va farmakologiya sohasida, 51 tasi informatsion texnologiyalar sohasida va 28 tasi fan va ta'lim sohasidagi ishlanmalardir. Mazkur Yarmarkada qatnashgan ishlanmalarning 50 tasi kichik biznes va tadbirkorlik bo'limida alohida namoyish etildi. Ularning 19 tasi sanoat sohasida, 31 tasi qishloq xo'jalik yo'nalishida. 2008-2011-yillar mobaynida o’tkazilgan I,II,III va IV innovatsion g’oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi doirasida umumiy qiymati 51,6 mlrd. so’mga teng 1584 ta kelishuv imzolangan.37
3.1.1.-jadval

Download 332,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish