Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


-2020-yillar uchun O’zbekiston innovatsion iqtisodiyoti rivojlanishiga yo’naltirilgan maqsadlari



Download 332,17 Kb.
bet23/29
Sana26.04.2022
Hajmi332,17 Kb.
#584562
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Esemuratova A 0-1a-11

2012-2020-yillar uchun O’zbekiston innovatsion iqtisodiyoti rivojlanishiga yo’naltirilgan maqsadlari

Ko’rsatkichlar

2010-yil (hisobi)

Prognoz ko’rsatkichlar

2012-2015yy.

2015-2020yy.

YaIMga nisbatan ITTKIga xarajatlar ulushi, %

0,2

1,0

3,0

Yuqori texnologiyali sohalar ulushi (umumiy YaIMga nisbatan,%)*

11,3

15,0

31,0

Innovatsion mahsulotlar ulushi (umumiy YaIMga nisbatan,%)**

2,9

15,0

22,0

Innovatsion faoliyatga xarajatlar ulushi (umumiy YaIMga nisbatan,%)

0,4

2,8

5,0

Umumiy eksportda innovatsion mahsulotlar eksport ulushi, %

5,76

15,0

28,0

Tabiiy ilmlar va injenerlik ta’lim yo’nalishiga talabalar qabul qilish ulushi, %

28,7

40,0

45,0

Xorijiy Patentlash boshqarmalarida O’zbekiston rezidentlarining patentlarini ro’yxatdan o’tkazishi, birlik

8***

1000

1300

Manba: O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanishi dasturi BMT Rivojlanish Dasturining (ПРООН) “Innovatsion siyosat va texnologiyalar transferida ko’mak” loyihasi . T-2012.
Qaydlar:*) BMT ning jahonda qabul qilgan klassifikatsiyasi bo’yicha(“ Yuqori texnologiyali tarmoq klassifikatori”), unga ko’ra 20dan ortiq ilmiy sohalar kiritilgan.
**) faqat yangi mahsulotlarni hisobga olganda,2009-yilda ular 2,9%ni tashkil etgan bo’lsa, undan 2,8%i sanoat mahsulotlaridir.
***) 2008-yil ma’lumoti

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishning innovatsion yo’liga o’tishda oldida turgan vazifalardan eng muhimi, yetakchi ilmiy taqdqiqotlar, ishlanmalar olib borish, yangi texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va universitetlarda ta’limning yangi texnikalaridan foydalangan holda, innovatsion iqtisodiyot uchun zaruriy kadrlarni tayyorlab berishdan iboratdir. Dunyo mamlakatalari universitetlari innovatsion o’sishni yaratish zonalari bo’lish bilan birgalikda iqtisodiyot uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash markazlari hamdir.


AQSHning “Uchtalik spiral” modeli ostida faoliyat olib borayotgan universitetlari tadbirkorlar va Davlat bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini aynan yirik universitetlarning, misol uchun Garvard, Massachusets universitetlari, tadqiqot markazlarida olib borishi, ularning innovatsion iqtisodiyot o’sishidagi o’rnini aniq ko’rsatib beradi. O’zbekistonda ham ta’lim tiziminining rivojlantirilishi hukumat tomonidan doimiy e’tiborga olinadigan sohadir. Bunday hayotiy zarur sohani yuksaltirishga qaratilgan reformalar respublikadagi o’quv muassasalarini endilikda faqatgina yuksak salohiyatli mutaxassislar tayyorlovchi omil emas, balki yangi innovatsion texnologiyalar yaratish va ular ustida tadqiqotlar olib borish, maxsus laboratoriyalar va innovatsion klasterlar tashkil qilish markazlarini rivojlantiradigan maskanlarga aylantirishga yo’nalgan.
Innovatsion tizimning yana bir muhim elementlaridan biri texnologik parklar va inkubatorlar bo’lishi lozim. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bunday institutlarni qo’llab-quvvatlash vazifalari davlat oldiga qo’ygan maqsadlaridan biriga aylanib ulgurgan. Bir nechta rivojlangan mamalakatlarda hukumat doirasida ilmiy-texnologik parklarni yaratish va ilmiy texnologiyalarni qo’llab quvvatlash maqsadida maxsus agentliklar tuzilgan. Amerikadagi biznes - inkubatorlar, Germaniyadagi biznes - angellar innovatsion g’oyalarga ega kichik tadbirkorlarni qo’llab - quvvatlashda va uzoq muddatli biznes faoliyat olib boruvchi kompaniyalarni tuzishda muhim omil bo’lib kelmoqda. Bunday milliy ilmiy-texnologik parklarni rivojlantirishning aniq yo’nalishlarini belgilash borasidagi ishlar, ularni texnologik ta’minlab borish ishlari ham aniq bir tashkilot tomonidan olib borilsa, ushbu milliy va regional texnoparklarning keyingi rivojlanishi va faoliyatining samarali olib borilishi bilan bir qatorda ulardan manfaatdor boshqa tashkilotlar uchun ham qulayliklar yaratadi.
“Ma'lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo'yicha o'z oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo'lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo'lida oxirgi yillarda biz ko'pgina tajribalarga ega bo'lmoqdamiz”,43 - deb Prezidentimiz I.A.Karimov EIIZ va MIZlarni tashkil etish asosiy maqsadlaridan biri innovatsiyalarni iqtisodiyotimizdagi o’rnini oshirish ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Prezidentimiz Islom Karimovning qarorlari bilan tashkil qilingan “Navoiy” Erkin Industrial-Iqtisodiy Zonasi va “Angren” Maxsus Industrial zonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, unda innovatsion korxonalarning katta kooperatsiyasi texnologik zanjiri tuzilishiga zamin yaratilmoqda. Bunday zonalarda soliq, bojxona imtiyozlari yirik investorlarga berilgan bo’lib, bu yerdagi korxonalarda yetarli darajada texnologik o’sishi, innovatsiyalardan foydalanishi uchun ko’pgina yangiliklarga erishishiga yordam beradi. Ularning keyingi kelajagini texnoparklar timsolida ko’radigan bo’lsak, avvalombor innovatsion rivojlanishning ushbu yo’nalishlariga qaratilgan siyosat tizimini yaratish vazifasi hukumat tomonidan ko’rib chiqiladigan asosiy masala hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Milliy Innovatsion Tizimini yaratar ekan, unda jahon tajribalarining eng samarali tomonlaridan o’rgangan holda o’z Innovatsion rivojlanish modelini tuzishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, mamlakataning ilmiy salohiyati va tadqiqot ishlanmalarini olib borishdagi imkoniyatlari o’ziga xos va xususiyatlarga egadir.


Download 332,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish