Xulosa va takliflar
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni kechmoqda ekan, endilikda uning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa asosiy sohalarida o’sishini oldingi rejim va modellar bialn tasavvur qilib bo’lmaydi. Har bir sohaning rivojlanishi va bu rivojlanishni mustahkam ushlab turish uchun mamlakatlar innovatsion rivojlanish yo’liga o’tishlari zaruriy bo’lib bormoqda. Har bir mamlakat o’z imkoniyatlari vas hart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’z Milliy Innovatsion Tizimini tashkil etishi, innovatsion rivojlanishning modelini tanlashi uning keyingi davrda qay y’sinda rivojlanishini olib bormoqchi ekanligini ko’rsatadi.
O’zbekistonda ham o’z ilmiy va texnik, bundan tashqari resurslar salohiyatiga muvofiq o’z Innovatsion rivojlanishi modelini qurishi, ichki elementlari bir-biri blan uzviy bog’langan MITini tashkil etishi jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonida asosiy maqsadlaridan biridir. Jahon tajribalarini o’rgangan holda o’z modelimizni qurish boshqa mamlakatlar ta’siriga tushmay, iqtisodiy erkinligimizni saqlab qolishimizga yordam beradi.
Ammo, mustaqilligimizga endigina 22 yil to’lganligi boisdan ham bizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va mavjud sharoitlarni yaxshilashda ko’pgina muammolarga egamiz. Yangi sohalarni rivojlantirish bo’yicha, ularni moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash, huquqiy-normativ bazasini yetarli darajada mukammallashtirish, xorijiy hamkorlikni oshirish va boshqa chora-tadbirlar bilan innovatsion iqtisodiy rivojlanishimizni ta’minlay olamiz.
Xususan, quyidagi takliflarni ushbu kurs ishining xulosaviy natijalari sifatida qarasak bo’ladi.
1). Avvalambor, MIT strukturasini uch bosqichli tizimda olib borish. Boshqaruv, ya’ni yuqori tizimda huquqiy-normativ asoslarini Oliy Majlis va yuqori qonunchilik organlari tomonidan boshqarilishi; ijroviy bo’limda Vazirliklarning innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatini ta’minlash; innovatsion iqtisodiyot infrastrukturasini yaxshilash;
2). Mavjud ilmiy salohiyatimizdan foydalangan holda oliy ta’lim muassasalarini ilmiy-tadqiqot markazlari, biznes va davlat bilan hamkorligini ta’minlash, ularni endilikda faqat kadrlar tayyorlash emas balki, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar tajribalari olib boradigan o’ringa aylantirish;
3). Novator kichik tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, biznes-inkubatorlar tashkil qilish, ularning moliyalashtirilishini nafaqat davlat balki xususiy investorlar tomonidan olib borilishi uchun “biznes-angel” kabi loyihalarni amalga oshsirish;
4). Mavjud EIIZ va MIZlarda innovastion iqtisodiyotni rivojlantirish uchun xorijiy investorlarga imtiyozlar, periferiyalar berish, ularda yangi turdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarilishini ta’minlash;
5). Eng asosiysi, mamlakatda va xorijda ishlanib chiqilayotgan innovatsion texnika va texnologiyalardan, ta’lim, meditsina, sanoat sohalaridagi yangiliklardan samarali foydalanishni ta’minlsh, ishlb chiqarishda yangi texnik-texnologiya va metodlardan foydalanishni joriy etish lozim.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, rivojlanishning innovatsion yo’ligina mamalkatning keyingi iqtisodiy o’sishini ta’minlab uni postindustrial rivojlanish bosqichiga olib o’tadi. Aholi turmush darajasi va yashash tarzini yaxshilash imkoniyatiga ham ushbu sohani rivojlantirish orqali erishishimiz mumkin. Chunki, barcha rivojlanish va taraqqiyot insonlarning yaxshi yashashiga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |