ERKIN VOHIDOV SHE`RLARIDA VATAN MADHI
Shohsanam QARSHIYEVA,
magistrant (GulDU)
Erkin Vohidov yurtsevar ijodkor. Uning she`riyatida vatanparvarlik,
xalqchillik, milliy g‗urur va iftixor ruhi balqib turadi. Shoir uchun vatan o‗zini
o‗rab turgan tog‗-u tosh, dov-daraxtdan iborat moddiylik emas, balki qalbda
qo‗nim topgan ma`naviy-ruhiy mohiyatdir. Shoir har qanday davrda Vatan va
millat oldidagi burch va ma‘suliyatidan og‗ishmay ijod qilgan. Xatto sho‗ro
davrining suronli yillarida ham yuragidan sizib chiqqan elparvarlik, xalqsevarlik
hislaridan tonmagan. She`r yozganda yurak so‗zidan Boshqa so‗zni uqqan
emasman. Nozirlarning qattol ko‗zidan g‗azabidan qo‗rqqan emasman‖ degan
shoir ‖O‗zbegim qasidasini mahorat va jasorat bilan bitgan. O‗sha davr uchun
ulkan ma`naviy jasorat timsoli bo‗lgan ―O‗zbegim‖ qasidasi nafaqat, o‗zbek
she`riyati osmonida, balki jahon she`riyati osmonida ham porlagan otashin quyosh
yanglig‗ charaqlab chiqdi:
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon o‗zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‗zbegim.
Qasidada ―Ko‗hna tarix shodasida bitta marjon‖ bo‗lgan o‗zbek xalqining
shon-u shavkati bilan bir qatorda ―Ilm-u she`rda shoh-u sulton, Lek taqdiriga qul‖,
o‗z elida g‗urbat chekkan ―zor-u nolon‖ xalqning kechmish-u kechinmalari aks
etgan. Xalqimizning buyuklar ichra buyuk daholari, millatga xos bo‗lgan tantilik,
ko‗ksi osmonlik tuyg‗ulari tarannum etilgan. Shoir ona zaminni bog‗ga o‗zbek
millatini esa gulga, Vatanni ko‗zga, millatni mujgonga mengzaydi. Eng qimmatlisi,
shoir asarda o‗zbek ekanligi bilan faxrlanadi, boshidagi do‗ppisi bilan qayga
bormasin g‗oz yurib iftixor etadi. ‖O‗zbegim‖ qasidasi ijodkor uchun ―Olam uzra
nomi ketgan‖ O‗zbekiston, xalq va millatning ―oq sut-u tuz hurmati‖ bitilgan
515
bo‗lsa, millat uchun bu asar dilnoma, iftixornoma bo‗lib buyuk ahamiyat kasb etdi.
Chinakam inson o‗z elidan, tilidan, millatidan faxrlanishni kanda qilmaydi.
Shoirning ―O‗zbek bo‗lish oson emasdir‖ she`rida juda jo‗n, sodda satrlar bilan
kashf etilgan buyuk iftixor tuyg‗usi inson qalbida dilbar titroq uyg‗otadi:
Yaponchilik demaydi yapon,
Nemischilik demaydi olmon,
O‗zbekchilik bor bo‗lsin omon,
O‗zbek bo‗lish oson emasdir.
Erkin Vohidov Vatan mavzusidagi she`rlari bilan yurt tushunchasini
ma`naviy qadriyatga aylantira olgan. U vatanni el, xalq, millat bilan bir butun,
chambarchas tasavvur qiladi. Shu ma`noda ijodkor haqiyqiy millatparvar shoir
sifatida shon-sharaf sohibidir:
Tojik-yuksak Pomirim,
Turkman-tutash tomirim,
Qirg‗iz, qozoq, bovirim –
Turkiston bir, Vatan bir.
Shoir she`rlarini vatanning ruhiy manzaralari deyish mumkin. Ijodkor ona
yurtni kishilar ruhiyatiga ko‗chira olgani uchun ham uning bitiklari yuksak
ahamiyatlidir. Badiiy qiymati beqiyos bo‗lgan ushbu satrlar shunchaki yaltiroq
dabdaba, suronli chaqiriq emas, ohorli tuyg‗ular zamzamasidir:
Bog‗laringni sayr etganimda
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bog‗ husniga she`r bitganimda
Uni dastlab senga atadim
Minglab tilda madhingni so‗zlar
Bunda o‗sgan har bitta daraxt.
Nur emadi millionlab ko‗zlar
Ko‗kdan sening husningga qarab.
Shoir tuyg‗ulari konkret voqea-hodisadan jonlanadi va o‗qirmanni hayratga
solar darajada badiiy ifoda bilan jilolanadi. Shoirning ―Bir nihol‖ deb nomlangan
hajman kichikkina she`ri yurtdoshni bir hihol ekishga undash bilan boshlanadi.
Ekilgan niholning ―Yaxshilik‖ deb, nihol yoniga gul ekib gulning ismini ―Go‗zallik‖
deb qo‗yilishini istagan shoir qalbida ulkan yaratuvchanlik, obodlik, ezgulik kabi
tuyg‗ular silsilasini kuzatsak, gul va niholga hayot baxsh etish uchun ―Mehr‖ otliq
suv quyishga da‘vat etayotgan mohir ruhiyat rassomining ko‗ngil odami ekanligi,
mehr va muhabbat kuychisi, samimiyat sohibkori, xushfe‘l va xushsiyratligiga
ishonch hosil qilamiz. Lekin asosiysi bu emas, shoirning asl maqsadi she`rning
oxirgi baytida namoyon bo‗ladi:
Sendan farzandingga bog‗ qolsin, ey do‗st,
Bog‗ing Vatan degan nom olsin, ey do‗st.
Shoir jonidan ortiq ko‗rgan yurtining manzaralarini tasvirlashda ham
mahorat ustasi. Bu jihatdan ―Manzara‖, ―Tong lavhasi‖, ―O‗lka‖ kabi she`rlari
ahamiyatlidir. Ayniqsa, shoirning ―Daryo oqshomi‖ she`ri ijodkorning nazari o‗tkir,
sinchkov shoir ekanligini isbotlaydi:
516
Yelkalarni tebratib asta
Ona daryo
Alla ayatadi.
So‗zni rozg‗or buyumidek ishlatadigan, she`riy qatorlaridagina Vatan uchun
jonini tutgan ―shoir‖larning son-sanog‗i yo‗q. Faqat va faqat tildagina Vatanga
iddaolar qiladigan kishi vatan sevgisidan mosuvo bo‗ladi. Yurt tushunchasi
tilidagina bo‗lib qolmay, ko‗ngliga ko‗chib ruhini butkul egallagan ijodkor nima
haqida yozsa ham, vatanni tasvirlayotgan bo‗lib chiqaveradi. Aslida u o‗z ichki
olamini ifoda etadi. Bu ichki olam tanho vatan surati va siyratidan iborat bo‗ladi.
Shoirning ―Bahor‖ she`ri aslida tabiat manzarasiga atalgan asar. She`rda
bahorning barqut kiyib bezangan bog‗lari, qizg‗aldoqning sahro ko‗ksiga taqilishi,
quyoshning oq bulutdan etak bog‗lab o‗rik shoxlarida bodroq qovirishi, barglarning
chapak chalib shodon uyg‗onishi, butoqqa qo‗nib gul kitobini varaqlayotgan
bulbulning g‗azalxonligi, g‗unchaning gul bo‗lish tashvishida gul ochishi,
haydalgan daladan xas ortmoqlab chumolining yugurishi-yu, tabib irmoqlarining yer
tomiriga qon quyish uchun shoshilib chopishi-bari-bari borib ona tuproqqa
tutashadi. Bahorning shu kabi sifatlari yo‗g‗rilgan she`r ona tuproqning kuz
tashvishida ―Yuksak xirmonlarga siynasi yuklik‖ bo‗lishi, sokingina tin olishida
―Onalarga xos bir buyuklik‖ ifodasi bilan yakunlanadi. Vatan va ona buyukligi
tenglashiladi.
She`r qadrini biladigan haqiyqiy she`riyat shaydolari chinakam ijtimoiy
bitikka ehtiyojmand, tashna bo‗ladi. Buyuk shoir Erkin Vohidovning ―Vatan, to
tanda jonim bor‖ she`rida ijodkorni vatan bilan bir butunlikda, yakdillikda ko‗ramiz:
Agar shodliklaring ozdir,
Meningdirsan, meningdirsan.
Magarkim g‗amlarim bisyor,
Seningdirman, seningdirman.
Shuningdek shoir ―Vatan qadri‖, ―O‗zbekiston ―, ‖Yurtim bolasi‖, ―Vatan
sog‗inchi‖, ―Sen davlatsan, aziz Vatandosh!‖ kabi she`rlari bilan chinakam Vatan
farzandi sifatida ijod qildi, el-yurt dardini kuylab yashadi. ―Shoir uchun el nazaridan
qolish – eng oliy jazo. Qolganini iztirob demasa ham bo‗ladi, deb yozgandi
muhtaram adibimiz. Ustoz so‗z san`atkori Erkin Vohidov hamisha yurtini, xalqini
sevib ardoqladi va ona vatan ham o‗z navbatida yurtsevar farzandini suyib, siylab
keldi. Shoir butun umr qutlug‗ saodatni his qilib yashadi hamisha – el nazarida,
ehtiromida bo‗ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E.Vohidov. Tanlangan asarlar. Sharq, –
T.: 2016.
1.Y.Ishoqov. So‗z san`ati so‗zligi. O‗zbekiston, – T.: 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |