ki
, qon to„kmakkadur
yaksar
,
Qiyo boqmoqlari po
ki
, itik mujgonlari
nishtar
.
Yuzidin kim xijil
durgul
– parishon har taraf
kokul
Sochib gul barg uza
sunbul
, to„kub kofur uza
anbar
[1.239]
.
Baytda qo‗llanilgan
yaksar
,
nishtar, anbar
kabi qofiyadosh so‗zlar g‗azalning
asosiy qofiyalari bo‗lib kelgan va bunda ―r‖ – raviy vazifasini bajargani ko‗rinib
turibdi. Ammo g‗azalning ichki qofiyalariga e`tibor qiladigan bo‗lsak, unda
musajja [2, 441], ya`ni qo‗shqofiyani ko‗rishimiz mumkin: agar biz bayt ruknlarini
to‗rt bo‗lakda taqsimlaydigan bo‗lsak, u holda shu baytning dastabki uch
bo‗lagining o‗zida qofiyadosh so‗zlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, ikkinchi
baytda
gul, kokul, sunbul
kabi so‗zlar qofiyadosh bo‗lib kelgan, oxirgi rukndagi
qofiya so‗z esa baytlar aro qofiyaning vujudga kelishiga xizmat qilgan. Bu kabi
qofiyalash tartibi keyingi baytlarda ham o‗z kuchini yo‗qotmaydi:
Chul a‟bas bobini
tuzdi
, salomat rishtasin
uzdi
,
Qamardek hola
ko„rguzdi
, uzori davridin
chambar
.
Libosi nozi
chaspondur
, gahe tuz qaddi
chavgondur
,
Zamone go„yi
g„altondur
, zihe chobuk, zihe
dilbar
.
Boshig„a siym o„lub
parron
, tushib girdig„a
anjumson
,
Tulu‟ etkan kibi
haryon
qamar atrofida
axtar
.
To„kub qon neshi g„am
birla
, ochib maydon sitam
birla
,
Olib tablu alam
birla
ko„ngullar kishvarin
yaksar
.
Bu yerda
chambar, dilbar, axtar
, yaksar kabi so‗zlar asosiy qofiyadosh
so‗zlar bo‗lsa, baytlardagi
tuzdi, uzdi, ko„rguzdi
,
chaspondur, chavgondur,
g„altondur
,
parron, anjumson, har yon
,
birla, birla, birla
kabi ichki qofiyalar
musajjaning yuzaga kelishiga asos bo‗lgan.
Shoirning yana bir g‗azali ham borki, bunda qofiyaning har ikki turi: o‗zak va
qo‗shimcha tarkibidagi qofiyalarning turli xil ko‗rinishlari mahorat bilan tizimga
solingan:
Ko„kragimdur subhning
pirohanidin chokrok
,
Kiprikim shabnam to„kulgan
sabzadin namnokrok
.
Bu ko„ngul g„amnokidin to shodmon ko„rdum seni,
Istaram har damki, bo„lg„ay xotirim
g„amnokrok
.
Layli andin quydi Majnun ko„ngli daraxti g„amin
Kim, yo„q erdi manzil ul vodiyda
andin pokrok
.
513
O„yla mujgon xanjarig„a
yopishibdur
duri ashk
Kim, magar andin yatime
yo„qdurur bebokrok
.
Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yo„q
bandadin cholokrok
.
Odamiyliktu frog„in bersa fanoeliga charx,
Ohkim, yo„qtur kishi ahli
vafodin xokrok
.
G‗azalda asosiy qofiyadosh so‗zlar:
chokrok, namnokrok, g„amnokrok,
pokrok, bebokrok, cholokrok, xokrok
kabilarda o‗zakdagi ―k‖ – raviy, undan
oldingi cho‗ziq unli ―o‖ – ridfi asliy, qo‗shimcha tarkibidagi qofiyadoshlar esa ―-
rok‖ qo‗shimchasida mujassamlashgan. ―r‖ – vasl, ―o‖ – xuruj, ―k‖ – mazid bo‗lib
kelgan. Shoirning mahorati bu bilan cheklanib qolmay qo‗shqofiyani ham
baytlararo joylashtirgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |