517
Xalq tarixini chuqur o‗rganish, ma`naviy qadiryatlarni tiklash, yoshlarni
madaniy merosga hurmat, milliy an`analarga e`tiqod, ona Vatanga ongli muhabbat
ruhida tarbiyalash bizning mamlakatimizda – O‗zbekistonda jamiyatni buyuk
istiqbolga eltuvchi ishonchli yo‗l, zamini mustahkam ijtimoiy omillardan, deb
e`tirof etiladi.
Buyuk tariximizni, tarixiy qahramonlarimizning murakkab hayot yo‗llarini
va kurashini o‗rganish, badiiy tadqiq etish, ularning muborak nomlarini kelajak
avlodlarga yetkazish, ayniqsa, bugun so‗z san`atkorlari oldida turgan dolzarb
masalalardan biridir.
O‗tmish manzarasini, bosib o‗tilgan mashaqqatli va zafarli yo‗lni badiiy
gavdalantirishning ahamiyati shundaki, o‗tmish va kechmishni ko‗rish, ko‗rsatish
orqali bugungi kunimiz qadr-u qimmatiga etamiz, shuningdek, ertangi kunimiz
haqida qayg‗urishimizga imkon tug‗iladi.
Darhaqiqat, ajdodlarimiz jasorati bugungi avlod uchun beqiyos qahramonlik
maktabi, bizning boy ma`naviy poydevorimizdir. Mustaqillikning totli mevasini
ko‗rayotgan bugungi avlod bu istiqlolga qanday qonli va shonli yo‗llar bilan
kelganimizni, bu kurashning boshida kimlar turganini, shu mustaqillik deb jon
olib, jon bergan fidoyi ajdodlarimiz qahramonliklarini bilishlari shart. Shuning
uchun ham xalq qasoskorlari To‗maris, Shiroq, Alp Tegen, Spitamen, Arab
bosqinchilariga qarshi qo‗zg‗olgan Muqanna, mo‗g‗il istilochilariga zarba bergan
Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslar kurashi haqida hikoya
qiluvchi asarlar bugun har qachongidan ham ko‗proq dolzarblik kasb etmoqda.
Mirkarim Osimning ―O‗tror‖ ―Iskandar va Spitamen‖, ―Temur Malik‖,
―Mahmud Tarobiy‖, ―Shiroq‖, Sh Isaxonovning ―Intiqom‖, A.Ibodinovning
―Quyosh ham olov‖, Isfandiyorning ―Qasamyod‖ kabi tarixiy qahramonlik
mavzusidagi qissalari ana shunday asarlar jumlasidandir. Bu asarlarda
ajdodlarimizning
vatanparvarligi,
milliy
mustaqillik
uchun
ko‗rsatgan
qahramonligi, mardligi aks ettirilgan.
―O‗tror‖ qissasida Movaraunnahr va Turkistonni birlashtiruvchi O‗tiror
qal‘asida xalqning mo‗g‗ul-tatar bosqinchilariga qarshi mardona kurashi
tasvirlangan. Butun O‗rta Osiyoni ikki yilda bosib oishga ulgurgan Chingizxon
qo‗shinlari bu qal‘ani egallash uchun olti oy kurashishiga to‗g‗ri kelgan. Asarda
dushmanga qarshi qattiq janglar olib borgan yurtdoshlarimizning jasorati, ularga
boshchilik qilgan Inolchiq obrazi o‗quvchida faxr tuyg‗usini uyg‗otadi. Chingizxon
Inolchiqning qahramonligiga qoyil qolib o‗z qo‗shiniga katta mansabga tatklif
etadi, biroq Inolchiq buni o‗z Vataniga nisbatan xiyonat deb biladi va taklifni rad
etadi. U dushman qo‗lida vahshiyona o‗lim topsa-da, ko‗rsatgan matonati qalblarni
larzaga solib, unda vatanga muhabbat tuyg‗ularini alagalatadi.
Adibning ―Temur Malik‖ va ―Mahmud Torobiy‖ kabi tarixiy qissalarida
ham o‗tmish ajdodlarimizning Chingizxonga qarshi olib borgan omonsiz
kurashlari, yurt himoyasi yo‗lida ko‗rsatgan qahramonliklari tasvirlanadi. Adib
mana shunday buyuk ishlarni bajarishga barcha burchli ekanligi, tanasida joni bor
inson bu yo‗lda harakat qilmog‗i lozimligini badiiy obrazlar timsolida ko‗rsatib
beradi. Shuningdek, yozuvchi qahramonlarini harakatga, fidoyilikka undagan ichki
518
sabablarini chuqur tadqiq qiladi, ularni o‗rab turgan real tarixiy sharoit va muhit
ichida ko‗rsatadi. Shu bilan o‗tmish haqiqatini bugungi avlodga etkazish muhim
ma`naviy vazifa bo‗lib xizmat qilishini uqtiradi.
―Iskandar va Spitamen‖ qissasida ham yurtimizni vayron qilgan
Makedonskiyga qarshi kurashgan Spitamen boshliq vatandoshlarimizning midlliy
ozodlik uchun olib borgan kurashi qiziqarli badiiy lavhalarda tasvirlanadiki,
o‗quvchi bundan hayajonga tushadi, ona-yurt uchun qanday xizmat qilmoq va
kurashmoq kerakligini tushunib etadi. Asar yakunida Spitamen o‗z xotini qo‗lida
fojeali o‗lim topsada, u xalqimiz qalbida abadiy barhayot bo‗lib qoladi.
Yozuvchi Isfandiyorning ―Qasamyod‖ qissasida ham yuqorida fikr
yuritganimiz – Spitamenning qahramonligi yoritiladi. O‗tmish xaqidagi
manbalarga jon baxsh etib, qahramon hayoti bilan bog‗liq tafsilotlar shunday
tasvirlanadiki, buning bugungi kunimiz, kelajak avlod uchun tarbiyaviy va marifiy
ahamiyati beqiyosdir.
O‗zining vatanparvarligi jasurligi bilan millatimiz shanini yuksaklarga
ko‗targan Jaloliddin Manguberdi hayot yo‗liga bag‗ishlab yozilgan ―Intiqom‖
qissasi ham yuksak badiiy saviyasi bilan alohida ajralib turadi. Uning qalbi vatanni
oyoq osti qilayotgan dushmanlarga bo‗lgan nafrat bilan yonadi. O‗z jonini vatan
himoyasi yo‗lida qurbon qilishga ham tayyorligi asarda uning nutqi orqali berilishi
vatandoshlarimizni, xususan yosh avlodni sergaklikka undaydi.
O‗z ona tuprog‗ini, xalqini tashqi dushmanlardan himoya qilsh uchun
kurashgan jasur yurt o‗g‗lonlarining murakkab hayot yo‗llari yoritib berilgan
―Quyosh ham olov‖, ―Beorom to‗lqinlar‖ va ―Buxorodagi birinchi namoz‖ tarixiy
qissalari ham tarbiyaviy ahamiyati bilan diqqatga sazovordir. Bu asarlar bugungi
avlodni uzoq o‗tmish bilan yaqindan tanishtirishga yordam berishi bilan birga
milliy g‗ururni shakllantirishga ham ko‗maklashadi.
Alp Teginning Vatan himoyasi uchun odam tasavvuriga sig‗dira olmaydigan
harakatlar qilishi, Muqannaning afsonaviy jasoratlari o‗quvchi qalbini faxr
tuyg‗usiga to‗ldiradi. Bu asarda voqealarni obyektiv ko‗rsatishga harakat qilingan
bo‗lib, xalq hayotidagi ijobiylik ham, ayni paytda, fojiaviy tomonlar ham mazkur
obrazlar orqali ishonarli lavhalarda tasvirlab berilgan. Bu tarixiy mazmunni
ifodalashda katta yutuq hisoblanadi.
Xalqimiz o‗tmishini jonli badiiy lavhalarda, real tarixiy shaxslar obrazi
vositasida qayta tiklovchi tarixiy-badiiy asarlar mustaqilligimiz mustahkamlanib
borayotgan bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etadi. Qachonki yosh avlod o‗z
o‗tmishini mukammal bilgan va buyuk ajdodlarimiz, milliy qahramonlarimizning
hayot yo‗llarini batafsil o‗rgangan taqdirdagina bugungi milliy mustaqilligimizga
to‗la ma`noda o‗z hissasini qo‗sha oladi, deb o‗ylaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirkarim Osim. Ajdodlarimiz fojeasi. – T.: 2011.
2.
Rahimjonov N., Q. Ko‗bayev. Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi. – T.: 2005.
3.
Yo‗ldoshev Q.Yoniq so‗z. Yangi asr avlodi – T.: 2006.
4.
Yo‗ldoshev. So‗z yolqini. G‗.G‗ulom nomidagi NMIU. – T.: 2017.