BOSHLANG„ICH SINFLARDA BADIIY ASAR TAHLIL QILISHNING
TA`LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI
Bahriniso YARIYEVA,
17-maktab
o„qituvchisi (Guliston)
Bugun ta`limda yangi bilimlar, ma`naviy sifatlarning kashf etilishi
o‗quvchilar ishtirokida o‗qituvchi tomonidan emas, balki o‗quvchilarning o‗zlari
tomonidan o‗qituvchi rahbarligida amalga oshirishini talab qilinmoqda. Bunday
qayta kashfiyotlar asar ustida ishlash davomida o‗qituvchi va o‗quvchining jonli
muloqotida oshadi. Darsda yaxshi tashkil etilgan suhbatning ahamiyati shundaki, u
yosh kitobxonning o‗qiganlari haqida gaplashish, unga o‗z munosabatini bildirish,
o‗z fikrlari bilan o‗rtoqlashish kabi ehtiyojlarini qondiradi.
Badiiy asarning har kim o‗z xoliga o‗z darajasida qabul qiladi. Suhbatda
ishtirok etgan o‗quvchi o‗z fikrlarini muhokama qiladi. Uni so‗zlar bilan
shakllantiradi. Bu fikrining aniqligi va tiniqligini ta‘minlashga olib boradi. Suhbat
jarayonida o‗quvchida o‗z fikrini aytish, uning to‗g‗riligiga hamsuhbatlarini
ishontirish ehtiyoji tug‗uladi. Fikrini asoslash uchun asar matnida dalillar topa
bilish, misollar keltirish ko‗nikmasi shakllanadi. Bola qochirimlar qilishga va
e‘tirozlar bildirishga odatlanadi. Suhbat hamsuhbatni eshitishni, munozarada
ishtirok etishini o‗rgatadi. O‗quvchida o‗z bilimini chuqurlashtirishga extiyoj
tug‗diradi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi.
Adabiy asoslarni o‗rganish darslarida tashkil qilingan suhbatlar
o‗quvchilarni nafaqat ma`lum bilimlar doirasi bilan boyitadi, tarbiyalaydi, balki
aqliy faoliyat asoslarini ham o‗rgatadi. Badiiy asarlarini o‗rganishning barcha
bosqichlarida suhbat keng sig‗imli o‗zida ko‗p narsani qamrab oladigan metod
hisoblanadi. Chunki u xotirani, kuzatuvchanlikni, bilim jarayonini, tasavvur va
hissiyotni faollashtirishga imkon beradi. Suhbat davomida har bir o‗quvchining
individual ishlash sur‘ati shakllanadi. O‗qish darslarida to‗g‗ri tashkil etilgan
suhbatlarda bitta masala bo‗yicha bir nechta o‗quvchi, ba‘zan butun sinf fikr
aytadi. Bu usulda bolaning oldiga muammo qo‗yilmaydi. O‗qituvchi tomonidan
bitta murakkabroq bolalarni o‗ylashga, munosabat bildirashga undaydigan mavzu
o‗rtaga tashlanadi va shu masala ustida birgalikda ishlanadi.
O‗qituvchi sinfning faoliyatini kuzata borib, uni yo‗naltiradi, shu bilan
barcha o‗quvchilarnin o‗zlari ishlashlari uchun sharoit yaratiladi.
Suhbatning vazifasini belgilab, unga tayyorlanish davomida o‗qituvchi
o‗quvchilar oldiga vazifa qo‗yib, masalani mustaqil ravishda, to‗g‗ri hal etishga
yordam beradigan savollar tuzadi. Savol usuli adabiy ta`limning barcha
bosqichlarida: kirish darslarida ham, badiiy asarni o‗zlashtirishda ham, uning
tahlili mobaynida ham, yakunlovchi bosqichida ham qo‗l keladi. O‗quvchi
tafakkuri mustaqilligini ta‘minlashga qaratilgan suhbatning asosiy talablaridan biri-
savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo‗lishi.
O‗quvchiga bir narsa bilan uzoq shug‗ullanish qaqshatqich tarzda salbiy ta`sir
qiladi. O‗quvchini o‗zlashtiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga
undaydigan
savollarni
tayyorlayotganda
o‗qituvchi
sinfdagi
barcha
520
o‗quvchilarning rivojlanganlik, ijodkorlik darajasini nazarda tutishi lozim.
Shundan kelib chiqib, suhbat uchun tuzilgan savollar o‗quvchi ruhiy faoliyatining
xilma-xilligini ta‘minlashi kerak. O‗quvchi savolga javob berish uchun mustaqil
ravishda o‗ylanishi, tasavvur qilishi, izlanishi lozim. Suhbat uchun tuzilgan
savollar aniq mantiqni talab qilgani holda, ular orasida ham o‗zaro mantiqiy aloqa
bo‗lishi kerak. Savol ko‗magida asardan o‗quvchi tomonidan kashf qilingan
mantiq bilan asar muallifi fikrlari murakkab mantiqiy yaxlitlikni tashkil etadi.
O‗qituvchi shu narsaga jiddiy e`tibor qaratishi lozim.
Bunday asar o‗quvchi uchun hayotni, odamni bilish, shu asosda o‗zligini
anglash va baholash o‗lchovi bo‗lganda chinakamiga qadrli bo‗ladi.
O‗quvchilarning suhbatlar jarayonida hayot bilan uzviy aloqasini ta‘minlash uchun
asar ustida ishlash jarayoniga o‗qituvchi bolalarning kitobxonlik va hayotiy
tajribasi bilan bog‗liq: «Shunday hodisa ifodalangan boshqa bir asarni eslay
olasizmi? Ularning bir-biridan farqi yoki o‗xshashligi nimada deb o‗ylaysiz? Siz
shunday vaziyatda nima qilgan bo‗lardingiz?» va h.k. savollarni ham tashlashi
lozim. Bunday savollar nafaqat asar matni, balki o‗quvchi xarakteri va qiziqishlari
bilan ham aniqlanadi. Suhbatlar o‗quvchilarning intellekti va madaniyati
tarbiyalanashida ham katta samara beradi.
Suhbat davomida o‗quvchi asardagi yoki u haqidagi faktlarni aniq
bilgandagina o‗z qarashlarini, ular haqida mulohazalarini aytishi mumkin. Lekin
ko‗pincha, bunday vaziyatlarda boshlang‗ich, dalilning o‗zi kamlik qiladi.
O‗quvchi ularni mustaqil ravishda tahlil qila bilishi, o‗ylashi, xulosalar chiqara
olishlari kerak bo‗ladi. Asar matni yuzasidan tuzilib, izlanishga undaydigan
savollar ham shunga qaratilishi kerak. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli,
o‗ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, asarda kashfiyotlar qiladigan,
tasavvur uyg‗otadigan bo‗ladi.
Jaloliddin Rumiy hazratlari: ―yaxshi savol yarim bilimdir‖, – deb bejiz
aytmaganlar. Asar matni bo‗yicha o‗qituvchining o‗quvchilar oldiga qo‗yadigan
savollar, topshiriqlari bolalarning qiziqishlari, ularning umumiy psixologik va
intellektual o‗ziga xosliklariga mos bo‗lishi zarur. Shuningdek, ularda zamonaviy
o‗qish ilmi darajasi ham aks etishi lozim. Asarning dastlabki mutoolasidan so‗ng
uning
qanday
tushunilganligi
bilan
tahlildan
so‗ng
qay
darajada
o‗zlashtirilganligini tekshirish uchun tuzilgan savollar ham adabiy ta`lim
amaliyotida katta o‗rin tutadi. Bunday savollar jonli suhbatlarda o‗quvchi
tafakkurini mustaqilligini ta‘minlashda katta samara olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Jumaboyev M. O‗zbek bolalar adabiyoti. – T.: O‗zbekiston, 2002.
2. Jumaboyev M. O‗zbek va chet bolalar adabiyoti. – T.: O‗zbekiston. 2002.
3. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‗qitish metodikasi. – T.: Noshir
Do'stlaringiz bilan baham: |