pirohanidin, andin,bandadin, vafodin
kabi so‗zlar g‗azal
ohangini yanada mo‗jaz chiqishini ta‘minlagan.
Darhaqiqat,―Alisher Navoiy haqiqiy insoniy munosabatni sodda va jo‗shqin
tasvirlab yozgan she`rlari bilan jahon she`riyatini ancha boyitgan‖ [4, 94]. ―Alisher
Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o‗zining abadiyatga daxldor asarlari va benazir
dahosi bilan turkiy xalqlarning ma`naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida
tarannum etgan ezgu g‗oyalari bugungi kungacha o‗z ahamiyatini yo‗qotmay
kelayotgan so‗z san`atkoridir‖ [2, 3]. Shuningdek, ijodkor so‗z san`atkori
bo‗libgina qolmay, qofiya ilmi bo‗yicha ham yetuk salohiyatga ega olim ham
hisoblanadi. E`tiborli jihati shundaki, ijodkor badiiy mahorati qofiyani turlantirish
bilan birgalikda tasvir mazmundorligini ham betakror tashbehlarda berishga
intiladi:
Jonim andoq to„ldi jonondinki, bo„lmas fahmkim,
Jon erur jonon emas, yo jon emas, jonon erur.
Lirik qahramon ma‘shuqaga shu qadar mastona va telbalarcha oshiq
bo‗lganki, uning o‗y-orzusi bilan o‗shal mashuqaning joni oshiq jonining o‗ziga
aylangandek go‗yo. Ammo bu jon bo‗lib jonon emas yohud jonon bo‗lib jon
emasligini lirik qahramon farqlab fahmiga etolmayotgandek ekan go‗yo. ―Sajjojiy
―jon‖ning tasavvufiy ma`nolarini bunday bayon etadi:
1) insonning ruhi
2) nafasi rahmoniy, ya`ni ilohiy nafas;
3) Haqning tajalliyoti. Shu uch ma`no Navoiy qo‗llagan ―jon‖ so‗ziga etarli
ta‘rifdir‖ [ 1, 75].
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, Alisher Navoiy g‗azaliyotida xushohanglikni
ta‘minlash bilan birgalikda teranlik, ko‗pma`nolilik, ta`sirchanlik va
mazmundorlikni oshirishga xizmat qiladigan qofiya tizimi, uning qo‗llanilishi
o‗ziga xos tarzda o‗quvchini maftun qiladi, shu bilan birgalikda, shoir badiiy
nafosatining takrorlanmas qirralaridan bahramand etadi. Qofiya ilmidagi
qo‗shqofiya va ichki qofiya kabi yangidan yangi mahorat chizgilari bilan she`riyat
qudratining yuksak jabhalaridan kishini voqif etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jumaxo‗ja N. Navoiy g‗azaliyoti talqinlari. – T.: O‗zbekiston, 2018.
514
2.
Sirojiddinov Sh.,Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – T.:
Tamaddun, 2018.
3.
Ishoqov Yo. Navoiy poetikasi. – T.: Fan, 1983.
4.
Komilov N. Ma`nolar olamiga safar. – T.: Tamaddun, 2012.
5.
Olimov M. Risolayi aruz. – T.: Yozuvchi, 2002.
6.
Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati. – T.: Fan, 2006.
7.
Hasanov S. Navoiyning 7 tuhfasi, – T.: Adabiyot va san`at, 1991.
8.
Asallayev A., Rahmonov V., Musurmonqulov F. Badiiy san`atlar. – T.:
Tafakkur, 2015.
9.
Xoksor M. R. Alisher Navoiy asarlari lug‗ati. Muntaxab ul-lug‗ot. Zubd ul-
lug‗ot. – T.: Akademnashr, 2017.
10.
Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – T.: Adabiyot va san`at, 1979.
11.
Hojiahmedov A. She`riy san`atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, – T.:
1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |