MA’naviyat insonning ulg’ayishi va kuch qudrati manbaidir



Download 75 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi75 Kb.
#18788
MA’NAVIYAT INSONNING ULG’AYISHI VA KUCH QUDRATI MANBAIDIR.
Inson shunday yaralganki, u tabiat va jamiyatda paydo bo'ladigan ko'pdan-ko'p rnuammolarga yoshligidanoq javob izlaydi, Hayotdagi turli voqea-hodisalarning mohiyatini tushunishga intiladi. Dunyoning sir-asrorini sodda va aniq qilib izohlab beradigan biiimlar, tasavvur va tushunchalarga qiziqadi. Shu tariqa u doimo haqiqatni bilishga intilib, nimanidir kashf qilib, yangiliklarni qidirib yashaydi. Odamzodning qadim-qadimdan o'z intilishlariga mos g'oya va mafkurani yaratish yo'lidagi urinishlari ham uning asl haqiqatni bilish, olg'a qarab intilish, o'zining orzulariga munosib bo'lib yashash zaruratidan kelib chiqqan, Chunki g'oya va mafkura maqsadni ravshanlash-tiradi, insonning, xalq va millatning ruhi va tafakkuriga mos tarzda ifodalab, bu yo'ldagi harakatlarni knchaytiradi. Maqsad aniq bo'lsa, oldinga qarab intilish ham, hayotning ma'nosini tushunish ham, haqiqatni anglash ham oson kechadi.
G'oya va mafkura harakat manbai bo'lib xizmat qiladi. Shu bois inson o'z orzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirish borasida dasturilamal bo'ladigan g'oya va mafkuraga doimo ehtiyoj sezadi. Bashariyatning ko'p asrlik tarixi, xalqimizning ko'hna tajribalari, mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo'Ii ham inson va jamiyat hech qachon g'oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko'rsatadi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo'shliq bo'lmagani kabi, inson qalbi va ongida ham bo'shliq bo'lmaydi. Agar bunday bo'shliqqa yo'1 qo'yilsa, odamlar o'z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyatlarga emas, balki soxta g'oya hamda mafkuralarga ishonib, to'g'ri yo'ldan adashishi, yaxshilik o'rniga yomonlik, ezgulik o'rniga yovuzlik ortidan ergashib ketishi mumkin. Chunki soxta g'oya va maf-kuralar tajovuzkor bo'ladi. Tajovuz birovning hayoti, haq-huquqiga hujum qilib, uiarni izdan chiqarish, egallab olishga bo'lgan urinishni bildiradi. Tajovuzkor kuch bo*sh joyni tez egallaydi, zaif odamlarni tez bo'ysundiradi. U buzg'unchilik va vayronkorlikning asosidir. Shuning uchun dunyodagi aksariyat vayronkor kuchlar tajovuzkor g'oya va mafkuralardan kuch oladi. XX asrning 30-yillarida Germaniyada hukmronlik qilgan rashizm, o'tgan yuzyillik oxiri va XXI asr boshida Afg'onistonda ildiz otgan «Tolibon» harakatining kirdikorlari bunga misol bo'la oladi.
Bunyodkor g'oya va mafkuralar esa o'z ta'sirini ma'rifat asosida yoyishga intiladi. Prezident Islom Karimov aytganidek, ular jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash olib boradi. Chunki bunday g'oya va mafkuralar o'z haq-huquqini chuqur anglab etgan millat yoki xalqning ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bunday g'oya va mafkuraga ega bo'lgan xalq hech qachon tajovuzkor kuchlar ta'siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi va ongida bo'shliq bo'lmaydi, u har qanday vaziyatda ham o'zini kuchli va g'olib his qiladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida sobiq kommunistik mafkura hukmronligi barham topib, bu hududdagi yosh mustaqil davlatlar mustaqil rivojlana boshlagach, odamlarda yangicha qadriyat, yangicha g'oya va mafkuraga ehtiyoj paydo bo'ldi. Chunki istiqloldan keyin vujudga kelgan yangicha hayot imkoniyatlari yangicha orzu-intilishlarni yuzaga chiqarayotgan edi. Bu orzu-intilishlarni xalqning rulii va tafakkuri, turmush tarziga mos g'oya va rnafkuralarda aks ettirish zarurati tug'ildi. Shu bois Prezident Islom Karimov yurtimizda yangi jamiyat barpo etishning yo'1-yo'riq va tamoyillarini, xalqimizning bu boradagi niaqsad va vazifalarini asoslab berdi. Yangi jamiyat qurishning ana shu dasturi asosida islohotlar strategiyasi belgilab olindi, milliy davlatchiligimiz asoslari, ko'hna qadriyatlarimiz tiklandi, ma'naviyatga, milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasini shakllantirishga, yosh avlodni ma'rifiy asosda tarbiyalashga e'tibor kuchaydi.
Har qanday o'tish davrida, jamiyat hayotida bo'lgani kabi, odamlarning qalbi va ongida ham yangilanish jarayoni yuz beradi. Ular o'z umrini o'tab bo'lgan eski qadriyatlar, g'oya va mafkuralardan voz kechib, taraqqiyot talabi bilan shakllana boshlagan yangi g'oya va mafkuralarga, hayotiy qadriyatlarga ishona boshlaydi. Mana shu jarayonda ayrim tajovuzkor mafkuralar ham chiroyli va go'zal g'oyalar bilan niqoblanib, odamlarning qalbiga yo'1 topmoqchi bo'ladi. Bizning mintaqamizda ildiz otishga urinib ko'rgan ayrim tajovuzkor g'oya va mafkuralar ham ana shu jarayondan foydalanib, odamlarning qalbi va ongiga o'rnashib olishga urindi. Ular ayniqsa hayotda yuz berayotgan ijtimoiy o'zgarishlarni hali yaxshi anglab etmagan ayrim yoshlarni o'z ta'siriga tushirishga harakat qildi.
Odamlarning qalbi va ongida bo'shliq paydo bo'lishi va ularning zararli, tajovuzkor g'oya va mafkuralar ta'siriga berilishiga yo'l qo'ymaslik, istiqlol yo'Iidagi maqsadlarimizni xalqimizga singdirish maqsadida yurtimizda milliy mafkurani shakllantirishga alohida e'tibor berildi. Bu mafkuraning asosiy tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlarida o'z aksini topgan. Shuning uchun yurtboshimizning asarlari asosida milliy istiqlol g'oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari ishlab chiqildi va risola holida chop etildi.
Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari shakllanib kelayotgan milliy mafkuramizning negizini tashkil etadi, uning ma'no-mazmunini ifodalaydi. Bu tushuncha va tamoyillar xalqimizning yangi jamiyat qurish borasidagi orzu-intilishlarini, istiqlol yillarida orttirilgan boy tajribalarni, milliy va urnumbashariy qadriyatlar uyg'unligi, g'oya va mafkuralar tarixi, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi bilan bog'liq bilim hamda tasawurlarni mujassam etadi.
Buni bilib oling. Milliy istiqlol g'oyasi bilan bog'iiq bilim va tasawurlarni bosqichma-bosqich o'rganib borish yoshlarda yuksak dunyoqarash, mustahkam e'tiqod va mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun mamlakatimizda «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» alohida fan sifatida o'qitilmoqda. U Prezidentimiz Islom Karimovning 2001-yiI 18-yanvardagi farmoyishiga asosan ta'lim tizimiga joriy etildi. Siz o'rganayotgan «MilIiy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» ham ana shu fanning tarkibiy qismidir.
Bu fan nimalarni o'rgatadi? V nega aynan «Miiliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» deb ataladi?
Bu fan milliy istiqlol g'oyasi bilan bog'liq bilim va tushunchalarni, xalqimizning boy ma'naviyatidagi bugungi zamonga mos eng zarur tamoyillar, urf-odat va an'analarni o'rgatadi.
Buni bilib oling. G'oya va ma'naviyat shaklianishi, ijtimoiy hayotdagi o'rni va vazifasi, tarbiyaviy ahamiyatiga ko'ra bir-biriga g'oyat yaqin. G'oya bilan bog'liq bilimlar ma'naviyat bilan bog'liq bilimlarni ham taqozo etadi. G'oya ham, ma'naviyat ham insonning qalbi va ongidagi o'zgarishlarni jamiyat hayotidagi voqealar bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Shularning barchasini inobatga olgan hoicia, bu fan «Milliy isliqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» deb ataladi.
Mazkur fanni o'rganishda yuqorida qayd etilgan «Milliy istiqlpl g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, Prezident Islom Karimovning milliy g'oya va mafkura, ma'naviyatga oid asarlari, ajdodlarimizning boy merosi, miHiy va umumbashariy qadriyatlar asosiy manba, metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Bu fanning asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot jarayonida insonning e'tiqodi, dunyoqarashi, tafakkuri, xarakteri va fazilatlarini shakllantiradigan, ularga ta'sir etadigan ma'naviy-mafkuraviy asoslarni o'rganish hamda yosh avlod ongiga singdirishdan iborat.
Milliy istiqlol g'oyasimng asosiy tushuncha va tamoyillari, mustaqillik yillarida orttirilgan bilim va tajriba, xaiqimizning ma'naviy boyliklari, milliy va umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy taraqqiyot yutuqlari bu ma'naviy-mafkuraviy asoslarni tashkil etadi.
Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyiliari deganda, biz mustaqillik yillarida yangi mafkurani shakllantirish borasida olib borilgan izlanishlar natijasida yuzaga keigan g'oyalar, qoida va taYiflar majmuini, tuyg'u va tushunchalar tizirnini tushunamiz.
«Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanining 9-sinf uchun mo'ljallangan bu o'quv qo'llanmasida komil inson va ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjiViatlik va dinlararo bag'rikenglik kabi, o'zbekiston -- yagona Vatan», «ona tili -- millat ruhi», «Jaholatga qarshi ma'rifat» singari tushuncha va tamoyiilar haqida keng ma'lumot beriladi. Shuningdek, uncla «ma'naviyat» tushunchasi haqida atrotlicha fikr yuritiladi, xalqi-mizning ma'naviy qiyofasini belgilaydigan ko'pdan-ko'p mil-liy urf-odatlarimiz, an'ana va qadriyatlarimizning shakllanish tarixi, mohiyati, ulaming sobiq mustabidchilik zamonida qanday taqiqSangani, istiqlol yillarida qayta tiklanib, yangicha ma'no-mazmun bilan to'ldirilgani hayotiy misollar asosida tushuntiriladi. Vatanga muhabbat oiladan boshlanishmi inobatga olib hamda sizning quyi sinflarda «Odobnoma», Watan tuyg'usi» hamda «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanlari bo'yicha olgan bilimlaringizni hayotiy asosda boyitishni nazarda tutib, ushbu qo'llanmada oila ma'naviyatiga doir tushuncha va tasavvurlarga ko'proq o'rin berilgan.
Bugungi milliy va umumbashariy taraqqiyot, inson ma'naviyati va tafakkurini kamol toptirish, unda mustahkam e'tiqod va dunyoqarash, mafkuraviy immunitet asoslarini shakllantirish bilan bog'liq bilimlarni ourgatuvchi bu fan ijtimoiy ianlarning deyarli barchasidan, ayniqsa, falsafa, tarix, adabiyotdan oziqlanadi, ularga suyanadi.
I. MILLIY ISTIQLOL G'OYASI
Ona Vatanimiz -- o'zbekiston mustaqillikka erishgach, o-'z xalqining orzu-intilishlari va manfaatSari asosida yangi jamiyat barpo etishga kirishdi.
Buni bilib oling. Jamiyat deb, odamlarning uyushib, jamoa va xa!q bo'lib yashashiga aytiladi.
Yangi jamiyat qurish deganda, xalqning asriy tnaqsad-nmddaolari va manfaatiariga javob beradigan, uning xohish-irodasiga mos zamonaviy ijtimoiy tuzumni shakllantirish jarayoni tushuniladi.
o'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning ma'no-mazmunini Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha ifodalab bergan: «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o'zgarmas bo'lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»1.
Xalqimizning yangi jamiyat barpo etish yo'lidagi orzu-intilishlari uning milliy g'oyasi va mafkurasini shakllantirishni hayotiy zaruratga aylantirdi. Yurtboshimiz bu zaruratni sharhlab, shunday degan edi: «Chunki milliy g'oya bo'lsa, maqsad oydinlashadi. Ezgu maqsad esa har bir kishini safarbarlikka da'vat etadi, jamiyatni yanada biriashtiradi. o'z milliy g'oyasi, milliy mafkurasiga ega bo'igan davlat mustahkam, qudratli va obod" bocladi»2.
o'zbekiston xalqi milliy istiqlol g'oyasi asosida yangi jamiyat barpo etmoqda.
Buni yodda tuting. Milliy istiqiol g'oyasi xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo'Hdagi maqsad-muddaolarini ifoda etadigan, uiarni amalga oshirish yo'lida barcha yurtdoshlarimizni uyushtirib, bunyodkorlik ishlariga safarbar qiiadigan, milliy istiqlol maikurasiga asos bo'ladigan g'oya va tushunchalar tizimidir.
Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari Prezident Islom Karimov asarlari asosida ishlab chiqilgan va «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan risola holida chop etilgan.
Buni bilib o/ing. Tushuncha deb, narsa-hodisaning asosiy qonuniyati, belgi-xususiyatlarini o'zida aks ettiradigan bilim va tasawurlarga aytiladi.
Tamoyil deganda narsa-hodisaning mohiyati va namoyon bo'lishiga xos ustuvor xususiyatlar tushuniladi. Demak, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari deganda milliy g'oyamizning asosiy qonuniyat hamda belgilarini o'zida aks ettiradigan bilim va tasawurlarni, uning mohiyati va namoyon bo'lishiga xos
_______________________________
1 Islom Karimov. «Ozod va obod Vatan. erkin va farovon hayot -- pirovard maqsadimiz». Toshkent, «O'zbekiston» nashriyoti, 2000-yi!, 331-
2 o'sha manba. 473-bct

ustuvor xususiyatlarni anglaymiz.


Miiliy istiqlol g'oyasi tizimida bosh g'oya va asosiy g'oyalar, ular oziqlanadigan manbalar, ularning amal qilish tamoyiliari rauhim o'rin tutadi. Bu tizim milliy istiqlol mafkurasini yaratishga asos bo'ladi. Ya'ni milliy istiqlol maflkurasi milliy istiqlol g'oyasi asosida vujudga keladi. Chunki mafkura g'oyani amalga oshirish jarayonida paydo bo'ladi. Shuning uchun u g'oyaga nisbatan kengroq tizimni shakllantiradi. Xalqimizning milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g'oyasining asosiiy tushuncha va tamoyillari asosida shakllanmoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g'oyasi tizimidagi bosh g'oya va asosiy g'oyalar haqida gapirar ekanmiz, ularni milliy istiqlolning bosh g'oyasi va asosiy g'oyalari deymiz.
Buni yodda tuting. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi -- ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalari quyidagilar: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik (tolerantlik).
Asosini xalqimiz asriy orzu-intilishlari va maqsad-muddaolari tashkil etuvchi milliy istiqlol mafkurasi o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan fikr erkinligi va qarashlar rang-barangligi tamoyillari asosida amal qiladi. Ya'ni, u hech qachon hukmron mafkura bo'lmaydi. Asosiy qonunimizning 12-moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan:
Buni yodda tuting. «O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilljgi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat maflkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas».
Milliy istiqlol mafkurasi partiya va sinflar mafkurasidan ustun turgani va qaysi ijtimoiy-siyosiy guruhlarga mansubligidan qat'i nazar, barcha yurtdoshlarimizga, butun xalqimizga tegishli bo'lgani uchun uni sotsial fenomen - - ijtimoiy hodisa deb ataymiz. Shuning uchun bu mafkurada biron-bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi.
Milliy istiqlol mafkurasi o'zbekiston xalqining quyidagi umumiy manfaatlarini ifodalaydi:

mamlakatning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlar daxlsizligi;

yurtning tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy, g'oyaviy, ekologik, informatsion tahdidlardan muhofaza etilishi;

mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlash;

har bir oila va butun xalqning farovonligi;

jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o'z-o'zini boshqarish tamoyillarining amal qilishi.


Milliy istiqlol mafkurasining ma'no-mohiyatini chuqur anglab yetish uchun bu manfaatlarning har biri haqida tasav-vurga ega bo'lish lozim. Bu manfaatlar, tili, dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning hayotiy intilishlarini aks ettiradi. Ularning har biri xalqimizning bosh maqsadi bo'lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g'oyasi bilan chambarchas bog'liq.
Masalan, bosh g'oyamiz tarkibidagi «ozod» so'zi musta-qillik ma'nosini ham ifoda etadi. jMustaqillik tufayli odamlar tinch mehnat va ijod bilan shug'ullanmoqda, o'z mehnat natijalariga o'zlari egalik qilmoqda. Mustaqillik sharofati bilan milliy boyliklarimiz faqat o'zimizning manfaatimiz uchun xizmat qilmoqda. Ongimiz, tafakkurimiz erkin rivojlanyapti. Yurtdoshlarimizga mutelik va qaramlik hissi begona. Yurtimiz mustaqil bo'lib, o'z tanlagan yo'lidan olg'a boraversa, uning qudrati, obro'-e'tibori yanada ortadi./ Buni bilib oling. Hududiy yaxlitlik deb, mamlakat hududi-ning xalq xohish-irodasi asosida yagona va bo'Iinmas ekanini ifoda etadigan tamoyi Mamlakatimiz hududining yaxlitligi tamoyili o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida belgilab qo'yilgan. Hududiy yaxlitlik yurtdoshlarimizning butun mamlakatimiz bo'ylab erkin harakat qilishi, yagona xalq bo'lib, umumiy maqsad sari intilib yashashini, mamlakat tinchligi va barqarorligini, hokimiyat idoralarining samarali faoliyat yuritishini ta'minlaydi, yurtimiz boyliklarining talon-toroj bo'lib ketishiga, boshboshdoqlikka yo'1 qo'ymaydi.
Buni bilib oling. Sarhadlar daxlsiziigi deganda, tarixan shakllangan, dunyo miqyosida tan olingan davlat chegaralari-ning qonun asosida muhofazalanishi tushuniladi.
Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi tamoyili o'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasida belgilab qo'yilgan. Sarhadlarimiz daxlsizligi ham davlatimiz mustaqilligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligining muhim shartlaridan biridir. Ota-bobolarirnizdan meros muqaddas zaminimizni g'arazli kuchlardan asrash, olijanob maqsadlarga erishish, dunyo ham-jamiyati bilan tinch-totuv yashashda sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash katta ahamiyatga ega.
«MilIiy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida birinchi o'rtnda qayd etilgan ana shu uch manfaat -- mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlar daxlsizligi milliy davlatchiligimizni rivojlantirish, erkin fuqarolik jamiyat barpo etishning eng muqaddas shartlaridandir. Ularni asrash har bir yurtdoshimizning muqaddas farzandlik burchidir. Shuning uchun ham milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirishda bu manfaatlar asosiy e'tiborda turadi.
Yurt tinchligi ham xalqimizning eng muqaddas manfaat-laridandir. Shu bois milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri ham yurt tinchligi deb ataladi. Bu g'oya haqida 8-sinfda berilgan ma'lumotlarni esga oling.
Davlatni harbiy tahdidlardan muhofaza etish vazifasini asosan mustaqii mamlakatimizning qurolli kuchlari amalga oshiradi. Shu bilan birga, yurtimizning har bir fuqarosi Vatan himoyasiga doimo shay bo'lib turishi, hamisha hushyor va ogoh yashashi zarur. Prezidentimiz o'zbekiston Qurolli kuchlarini davr talablariga mos holda isloh etish yo'llarini belgilab berdi. Bizning milliy armiyamiz ixcham, barcha zamonaviy qurol-yarog' va jangovar vositalar bilan ta'min-langan bo'lishi, har qanday sharoitda ham tezkor harakat qila olishi kerak. o'zbekiston armiyasi bugungi kunda ana shunday maqsadlar sari intilmoqda. Shu bcis mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilish shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.
Xo'sh, iqtisodiy, g'oyaviy, ekologik, informatsion tahdid-lardan muhofaza etilish yo'Ilari qanday? Hozirgi paytda dunyoda turli manfaatlar kurashi shu qadar murakkablashib ketganki, hech qaysi davlat o'z raqibiga harbiy yo'1 bilan to'g'ridan-to'g'ri bosqinchilik qilmaydi. Balki uni iqtisodiy, g'oyaviy, ekologik va informatsion kurash yo'llari bilan zaiflashtirishga harakat qiladi.
Buni bilib oling. Iqtisodiy tahdid deb, iqtisodiyotning bir maromda faoliyat yuritishi, mamlakatda ishiab chiqariladigan tovarlarning sotilishi, miJIiy valyuta barqarorligi, umuman, davlatning iqtisodiy manfaatiariga ziyon yetkazishga qaratilgan urinishlarga aytiladi.
Masalan, mamlakatimiz ichki bozorida kamyob bo'!gan tovarlar narxini jahon bozorida ayrim kuchlar tomonidan sun'iy ravishda oshirib yuborilishi yoki bizda ko'plab ishlab chiqariladigan mahsulotlarning narxini ataylab pasaytirib yuborish -- bular iqtisodiy tahdidga misol bo'la oladi.
G'oyaviy tahdidlar haqida 7 va 8-sinfda o'tilgan darslarda ma'lumot berilgan. G'oyaviy tahdid mamlakat xalqining qalbi va ongini egallash uchun qilinadigan g'oyaviy, mafkuraviy informatsion xurujlardir. Bunday xurujlar turli g'oyaviy poligonlar, mafkura markaziari, har xil diniy hamda dunyoviy oqimiar tomonidan amalga oshirilishi murnkin.
Buni bilib oling. -JCkologik tahdid deb, havo, suv va tuproq tarkibining buzilishiga,,, umuman, mamlakat hududidagi tabiiy muvozanatni izdan chiqarishga qaratilgan urinishlarga aytiladi.
Ekologik xavf bugungi kunda dunyoning hamma burchagida mavjud. Lekin u bizning mintaqamizda ayniqsa kuchli. Buning sababi -- sobiq sho'rolar davrida tabiatga qo'pol va takab-burlarcha munosabatda bo'lib kelinganidir. Buning oqibatida Orol dengizi quriy boshladi, erlar sho'rlandi, daryolar ifloslandi.
Buni bilib oling. Informatsion tahdid deb, mamlakat hayotidagi voqealarga noxolis yondashib, ularni dunyodagi ayrim kuchlarning manfaati nuqtai nazaridan yoritadigan, soxta tasawurlarni shakllantirish orqali ta'sir o'tkazishga qaratilgan urinishlarga aytiladi.
Masalan, Afg'oniston hududidagi xalqaro terrorizm markazlarini yo'q qilish harakatlari boshlangan paytda 0'zbekiston dunyo hamjamiyatining bu boradagi harakatlari-°i qo'llab-quvvatladi va bu boradagi pozitsiyasini ochiq bayon etdi. o'zbekistonning bunday mustaqil pozitsiyasi jahondagi ayrim kuchlarga yoqmadi. Ular Vatanimizning obro'-e'tibori °shib ketishini xohlamadi. Shu bois dunyodagi turli axborot vositalari orqali bizning mamlakatimizga ta'sir o'tkazishga urinib ko'rishdi. Ya'ni, ular «Tolibon» jangarilari o'zbekistonning Janubiy chegaralarini buzib o'tib, urush boslilashga tayyor turibdi» degan mazmundagi g'irt bo'hton gaplarni tarqatib vahima qo'zg'ashga urindi. Mamlakatimiz rahbariyati bunday tahdidlarga munosib javob berdi va o'z pozitsiyasini qat'iyat bilan amalga oshirdi.
fYurtimiz va mintaqamizga tahdid solib turgan xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish yo'llari haqida Islom Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida xavfsizlikka tahdid, bar-qarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida batafsil bayon etilgan.y
Milliy istiqlol mafkurasida o'z ifodasini topgan yana birl manfaat -- mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'min]ash to'g'risida «Ijtimoiy hamkorlik g'oyasi», «Millatlararo hamjihatlik g'oyasi» kabi mavzularda hikoya qilinadi.
i Har bir oila va butun xalqning farovonligi o'zaro chambarchas bog'liqdir. Yurtiinizdagi har bir oila farovon bo'lgandagina butun * xalqimiz ham o'zi orzu qilgan hayot darajasiga erishadi. Xalq farovonligi ajdodlarimizning azaliy orzusi, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan pirovard maqsaddir.f Shu bois milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri ham shu nom bilan ataladi. Bu haqda 8-sinf qo'llanmasida batafsil ma'lumot berilgan.
Xalqimizning rauhim manfaatlaridan yana biri jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o'z-o'zini boshqarish tamo-yillarining amal qilishidir.
Buni bilib oling. Adolat -- qonun ustuvorligida1.
Adolat ustuvorligi tamoyili qonun ustuvorligi orqali ta'minlanadi. Huquqiy demokratik jamiyatda bu tamoyil muhim ahamiyat kasb etadi. Taraqqiyotning o'zbek modeli mag'zini tashkiJ etuvchi mashhur besh tamoyilning biri qonun ustuvorligini nazarda tutadi. Bu esa mamlakatimizda bu masalaga katta e'tibor berilayotganini ko'rsatadi.
Buni bilib oling. Demokratiya so'zi yunoncha, ya'ni grekcha «demos» xalq, «kratos» hokimiyat degan ikki ma'noli tarkib-dan iborat bo'Iib, yaxlit holda xalq hokimiyati degan ma'noni bildiradi.
Demokratiya tamoyili mamlakatimizda barpo etilayotgan yangi jamiyatning ma'no-mazmunini tashkil etadi. Ya'ni, bu jamiyat xalq irodasi asosida barpo etiladi.
bilib oling. o'zini o'zi boshqarish tamoyili deb, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda uyushib, xohish-irodasini nanioyon etib, zarur tuzilmani tashkil etish orqali o'zini boshqarish usuliga aytiladi.
Mahalla va fuqarolar yig'inlari o'zini o'zi boshqarish tamoyili asosida tashkil etilgan boshqamv tizimlaridir. Ularni mahalliy yoki quy' boshqaruv idoralari ham deymiz.
o'zini o'zi boshqarishning milliy modeli bo'lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, urf-odatlari va an'analariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning ham-jihatligi misolida kishilar ongiga ezgulik g'oyalari singdirib boriladi.
Mahalla -- avvalo sog'lom ijtimoiy muhit maskanidir. Bu yerda kuchli ta'sirga ega bo'lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o'zaro munosabatlarini
_______________________
1 Islom Karimov. «Adolat -- qonun ustuvorligida». Toshkent, «O'zbekiston» nashrivoti. 2001-yil.

adolat va ma'naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma'noda mahallani demokratiya darsxonasi, deb ham atash mumkin.


Miliiy istiqlol mafkurasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish;

hur fikrli, mutelik va jur'atsizlikdan xoli bo'lgan, o'z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalash;

fuqarolar, ayniqsa yoshlarimizning irodasini baquvvat qilishga,- imon-e'tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma'naviy muhit yaratish;

vatandoshlarimiz tafakkurida o'zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab-avaylash, vatanparvarlik tuyg'usini kamol toptirish;

xalqimizga xos bo'lgan imon-e'tiqod, insof-diyonat, saxovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirish;


- mamlakatimizning ko'pmillatli xalqi qalbi va ongida «P'zbekiston -- yagona Vatan» degan tushunchani shakllantinsh va rivojlantirish.
Shunday qilib, milliy istiqlol g'oyasi ko'pmillatli U zbekiston xalqining ezgu maqsad -- ozod va obod Vatan, -rkin va farovon hayot barpo etish yo'lidagi asriy orzu-jntilishlari, hayotiy ideallarini o'zida aks ettiradigan, milliy istiqlol mafkurasiga asos bo'ladigan nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra tushuncha va tamoyillar tizimidaa iborat.
Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish